Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Glyukoza-Jurabek 40% 10ml No 10
Glyukoza-Jurabek 40% 10ml No 10
Yaroqlilik muddati: 5 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    Ruxsat

Mavjud
7 398 so'm 8 800 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari glyukoza-jurabek 40% 10ml no 10
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    faol modda: glyukoza monogidrat (suvsiz modda hisobiga) - 100 g, 250 g yoki 400 g;
    yordamchi modda: natriy xlorid, xlorid kislotaning 0,1 M eritmasi; in'ektsiya uchun suv.
  • Qo'llanilishi
    Glyukoza eritmasi (10%) gipoglikemiya va jigar kasalliklarida (gepatitlar, sirrozlar, jigar komasi), osmotik terapiya maqsadida diurez yetishmovchiligida, kollaps va shokda, og‘ir infeksion kasalliklarda, yurak faoliyati dekompensatsiyasida, turli intoksikatsiyalarda (narkotiklar, sianidlar, uglerod oksidi va boshqalar bilan zaharlanish), gemorragik diatezlarda, parenteral oziqlantirish uchun qo‘llaniladi.

    Glyukoza eritmalari mustaqil ravishda yoki ko‘rsatmalarga ko‘ra boshqa dori vositalari (natriy xlorid, kaliy xlorid, Na EDTA va boshqalar) bilan birga, shuningdek, dori vositalarini suyultirish uchun ishlatilishi mumkin.

    25%, 40% glyukoza eritmalari gipoglikemiya va jigar kasalliklarida (gepatitlar, sirrozlar, jigar komasi), osmotik terapiya maqsadida diurez yetishmovchiligida, kollaps va shokda, og‘ir infeksion kasalliklarda, yurak faoliyati dekompensatsiyasida, turli intoksikatsiyalarda (narkotiklar, sianidlar, uglerod oksidi va boshqalar bilan zaharlanish), gemorragik diatezlarda qo‘llaniladi.

    To‘liq yoki qisman parenteral oziqlantirish. Glyukoza eritmalari mustaqil ravishda yoki ko‘rsatmalarga ko‘ra boshqa dori vositalari (natriy xlorid, kaliy xlorid, Na EDTA va boshqalar) bilan birga, shuningdek, dori vositalarini suyultirish uchun ishlatilishi mumkin.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Nisbiy qarshi ko‘rsatma – qandli diabetda giperglikemiya.
  • Qo'llash usuli
    Gipertonik glyukoza eritmasi (10%) faqat vena ichiga 10-50 ml bir martalik yoki tomchilab sutkada 300 ml gacha yuboriladi.

    Zarurat tug‘ilganda gipertonik glyukoza eritmasining katta hajmlarini yuborishga ruxsat etiladi. Katta miqdorda yuborilayotgan glyukozaning to‘liqroq o‘zlashtirilishi uchun bir vaqtda insulin buyuriladi: 1 birlik insulin 4-5 g glyukozaga. Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga glyukoza ehtiyotkorlik bilan, qonda va siydikda shakar miqdorini nazorat qilib yuboriladi.

    Gipertonik glyukoza eritmasi (25% va 40%) faqat vena ichiga 10-50 ml bir martalik yoki tomchilab sutkada 300 ml gacha yuboriladi.

    Zarurat tug‘ilganda gipertonik glyukoza eritmasining katta hajmlarini yuborishga ruxsat etiladi. Katta miqdorda yuborilayotgan glyukozaning to‘liqroq o‘zlashtirilishi uchun bir vaqtda insulin buyuriladi: 1 birlik insulin 4-5 g glyukozaga. Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga glyukoza ehtiyotkorlik bilan, qonda va siydikda shakar miqdorini nazorat qilib yuboriladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar

    Allergik reaksiyalar: allergik reaksiyalar (gipertermiya, teri toshmalari, angionevrotik shish (Kvincke shishi), shok).

    Markaziy asab tizimi tomonidan: juda kam hollarda ong chalkashligi yoki yo‘qolishi, tiamin yetishmovchiligi bo‘lgan alkogoliklarda (Vernike sindromida) tutqanoq.

    Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi.

    Endokrin tizimi va metabolizm tomonidan: giperglikemiya, gipokaliemiya, gipofosfatemiya, gipomagniemiya.

    Siydik ajratish tizimi tomonidan: poliuriya, glikozuriya.

    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: polidipsiya, ko‘ngil aynishi.

    Organizmning umumiy reaksiyalari: gipervolemiya, isitma, toshqinlik hissi va terining qizarishi.

    Mahalliy reaksiyalar: yuborilgan joyda og‘riq va kuydiruvchi hissi, gipertermiya, flebit.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Glyukoza organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini kuchaytiradi, jigarni antitoksik funksiyasini yaxshilaydi, yurak mushaklarining qisqaruvchan faoliyatini kuchaytiradi, bir qator patologik holatlarda organizm zaxiralari hisobidan ketadigan energiya sarfining bir qismini qoplaydi.

    Glyukoza eritmasi suv tanqisligini tezda to‘ldiradi.
    Glyukozaning konsentrlangan eritmasi (10%) aniq osmotik effektga ega, buning natijasida qondagi osmotik bosim oshadi, to‘qimalardan qonga suyuqlik oqimi kuchayadi, tomirlar kengayadi, diurez kuchayadi.

    Gipertonik eritmalar (25%, 40%) vena ichiga yuborilganda qondagi osmotik bosim oshadi, to‘qimalardan qonga suyuqlik oqimi kuchayadi, almashinuv jarayonlari kuchayadi, jigarni antitoksik funksiyasi yaxshilanadi, yurak mushaklarining qisqaruvchan faoliyati kuchayadi, tomirlar kengayadi, diurez oshadi.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Ravshan
    ico ico ico ico ico
    Эффективное лекарство, рекомендую всем! Спасибо за сервис, Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
  • Gulnora
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка! Спасибо, Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico