-
Tarkibi
faol modda: glyukoza suvdan xoli hisobda – 100, 250 yoki 400 g; yordamchi modda: natriy xloridi - 0,26, xlorid kislota eritmasi 0,1 M pH 3,0 - 4,1 gacha; in'ektsiya uchun suv 1000 ml gacha.
-
Qo'llanilishi
Glyukoza eritmasi (10%) gipoglikemiya va jigar kasalliklarida (gepatitlar, sirrozlar, jigar komasi), osmotik terapiya maqsadida diurez yetishmovchiligida, kollaps va shokda, og‘ir infeksion kasalliklarda, yurak faoliyatining dekompensatsiyasida, turli intoksikatsiyalarda (narkotiklar, sianidlar, uglerod oksidi va boshqalar bilan zaharlanishda), gemorragik diatezlarda, parenteral oziqlantirish uchun qo‘llaniladi. Glyukoza eritmalari mustaqil ravishda yoki ko‘rsatmalarga ko‘ra boshqa dori vositalari (natriy xlorid, kaliy xlorid, NaEDTA va boshqalar) bilan birga, shuningdek, dori vositalarini suyultirish uchun ishlatilishi mumkin.
25%, 40% glyukoza eritmalari gipoglikemiya va jigar kasalliklarida (gepatitlar, sirrozlar, jigar komasi), osmotik terapiya maqsadida diurez yetishmovchiligida, kollaps va shokda, og‘ir infeksion kasalliklarda, yurak faoliyatining dekompensatsiyasida, turli intoksikatsiyalarda (narkotiklar, sianidlar, uglerod oksidi va boshqalar bilan zaharlanishda), gemorragik diatezlarda qo‘llaniladi. To‘liq yoki qisman parenteral oziqlantirish. Glyukoza eritmalari mustaqil ravishda yoki ko‘rsatmalarga ko‘ra boshqa dori vositalari (natriy xlorid, kaliy xlorid, NaEDTA va boshqalar) bilan birga, shuningdek, dori vositalarini suyultirish uchun ishlatilishi mumkin.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Nisbiy qarshi ko‘rsatma – qandli diabetda giperglikemiya.
-
Qo'llash usuli
Gipertonik glyukoza eritmasi (10%) faqat vena ichiga 10-50 ml bir martalik yoki tomchilab sutkada 300 ml gacha yuboriladi. Zarurat tug‘ilganda gipertonik glyukoza eritmasining katta hajmlarini yuborishga ruxsat etiladi. Katta miqdorda yuborilayotgan glyukozaning to‘liqroq o‘zlashtirilishi uchun bir vaqtda insulin buyuriladi: 1 birlik insulin 4-5 g glyukozaga. Diabet kasalligiga chalingan bemorlarga glyukoza ehtiyotkorlik bilan, qonda va siydikda shakar miqdorini nazorat qilgan holda yuboriladi.
Gipertonik glyukoza eritmasi (25% va 40%) faqat vena ichiga 10-50 ml bir martalik yoki tomchilab sutkada 300 ml gacha yuboriladi. Zarurat tug‘ilganda gipertonik glyukoza eritmasining katta hajmlarini yuborishga ruxsat etiladi. Katta miqdorda yuborilayotgan glyukozaning to‘liqroq o‘zlashtirilishi uchun bir vaqtda insulin buyuriladi: 1 birlik insulin 4-5 g glyukozaga. Diabet kasalligiga chalingan bemorlarga glyukoza ehtiyotkorlik bilan, qonda va siydikda shakar miqdorini nazorat qilgan holda yuboriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar: allergik reaksiyalar (gipertermiya, teri toshmalari, angionevrotik shish (Kvinke shishi), shok).
Markaziy asab tizimi tomonidan: juda kam hollarda ongning chalkashishi yoki yo‘qolishi, tutqanoq tutishi tiamin yetishmovchiligidagi alkogoliklarda (Vernike sindromida).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi.
Endokrin tizimi va metabolizm tomonidan: giperglikemiya, gipokalemiya, gipofosfatemiya, gipomagniemiya.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: poliuriya, glyukozuriya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: polidipsiya, ko‘ngil aynishi.
Organizmning umumiy reaksiyalari: gipervolemiya, isitma, toshqinlik hissi va terining qizarishi.
Mahalliy reaksiyalar: yuborish joyida og‘riq va kuydiruvchi hissi, giperfermiya, flebit.
-
Farmakologik xususiyatlari
Glyukoza organizmda oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini kuchaytiradi, jigarni antitoksik funksiyasini yaxshilaydi, yurak mushaklarining qisqaruvchan faoliyatini kuchaytiradi, bir qator patologik holatlarda organizm zaxiralari hisobidan ketadigan energiya sarfini qisman qoplaydi. Glyukoza eritmasi suv tanqisligini tezda to‘ldiradi. Konsentrlangan glyukoza eritmasi (10%) aniq osmoy effektga ega, natijada qonda osmotik bosim oshadi, to‘qimalardan qonga suyuqlik oqimi kuchayadi, tomirlar kengayadi, diurez kuchayadi.
Venaga gipertonik eritmalar (25%, 40%) yuborilganda qonda osmotik bosim oshadi, to‘qimalardan qonga suyuqlik oqimi kuchayadi, moddalar almashinuvi jarayonlari kuchayadi, jigarni antitoksik funksiyasi yaxshilanadi, yurak mushaklarining qisqaruvchan faoliyati kuchayadi, tomirlar kengayadi, diurez oshadi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparat tarkibiga xlorid kislotasi kiradi. Shuning uchun preparat kislotali pH da beqaror bo‘ladigan preparatlar uchun erituvchi bo‘la olmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Giperglikemiya va gipergidratatsiya rivojlanishi mumkin. Bunda bemorlarda teri va shilliq qavatlarning qurishi, ko‘z olmasining zo‘riqishi pasayishi, tez-tez yuzaki nafas olish, atseton hidi bo‘lmagan, taxikardiya, aritmiya, hushdan ketish, tana haroratining ko‘tarilishi mumkin.
Davolash: preparatni bekor qilish va simptomatik davolash, oddiy insulin preparatlarini 0,1 ED/kg dozada mushak ichiga yoki tomir ichiga yuborish.
Glyukoza gipertonik eritmalari bilan dozani oshirib yuborishda giperglikemiya rivojlanishi mumkin. Uni tuzatish uchun insulin qo‘llaniladi, shuningdek, simptomatik terapiya o‘tkaziladi.