Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Glyukoza 10% 250 ml
Glyukoza 10% 250 ml
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    Ruxsat

Mavjud
6 600 so'm
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari glyukoza 10% 250 ml
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    faol modda: glyukoza suvdan xoli hisobda – 100, 250 yoki 400 g; yordamchi moddalari: natriy xloridi - 0,26, xlorid kislota eritmasi 0,1 M pH 3,0 - 4,1 gacha; in'ektsiya uchun suv 1000 ml gacha.
  • Qo'llanilishi
    Glyukoza eritmasi (10%) gipoglikemiya va jigar kasalliklarida (gepatitlar, sirrozlar, jigar komasi), osmotherapiya maqsadida diurez yetishmovchiligida, kollaps va shokda, og'ir infeksion kasalliklarda, yurak faoliyatining dekompensatsiyasida, turli intoksikatsiyalarda (narkotiklar, sianidlar, uglerod oksidi va boshqalar bilan zaharlanish), gemorragik diatezlarda, parenteral oziqlantirish uchun qo'llaniladi. Glyukoza eritmalari mustaqil ravishda yoki ko'rsatmalarga ko'ra boshqa dori vositalari (natriy xlorid, kaliy xlorid, NaEDTA va boshqalar) bilan birga, shuningdek, dori vositalarini suyultirish uchun ishlatilishi mumkin. 25%, 40% glyukoza eritmalari gipoglikemiya va jigar kasalliklarida (gepatitlar, sirrozlar, jigar komasi), osmotherapiya maqsadida diurez yetishmovchiligida, kollaps va shokda, og'ir infeksion kasalliklarda, yurak faoliyatining dekompensatsiyasida, turli intoksikatsiyalarda (narkotiklar, sianidlar, uglerod oksidi va boshqalar bilan zaharlanish), gemorragik diatezlarda qo'llaniladi. To'liq yoki qisman parenteral oziqlantirish. Glyukoza eritmalari mustaqil ravishda yoki ko'rsatmalarga ko'ra boshqa dori vositalari (natriy xlorid, kaliy xlorid, NaEDTA va boshqalar) bilan birga, shuningdek, dori vositalarini suyultirish uchun ishlatilishi mumkin.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Nisbiy qarshi ko'rsatma qandli diabetda giperglikemiyadir.
  • Qo'llash usuli
    Gipertonik glyukoza eritmasi (10%) faqat vena ichiga 10-50 ml bir martalik yoki tomchilab kuniga 300 ml gacha yuboriladi. Zaruriyat tug‘ilganda gipertonik glyukoza eritmasining katta hajmlarini yuborishga ruxsat etiladi. Katta miqdorda yuborilayotgan glyukozaning to‘liqroq o‘zlashtirilishi uchun bir vaqtda insulin buyuriladi: 1 birlik insulin 4-5 g glyukozaga. Diabet bilan kasallangan bemorlarga glyukoza ehtiyotkorlik bilan, qonda va siydikda shakar miqdorini nazorat qilgan holda yuboriladi. Gipertonik glyukoza eritmasi (25% va 40%) faqat vena ichiga 10-50 ml bir martalik yoki tomchilab kuniga 300 ml gacha yuboriladi. Zaruriyat tug‘ilganda gipertonik glyukoza eritmasining katta hajmlarini yuborishga ruxsat etiladi. Katta miqdorda yuborilayotgan glyukozaning to‘liqroq o‘zlashtirilishi uchun bir vaqtda insulin buyuriladi: 1 birlik insulin 4-5 g glyukozaga. Diabet bilan kasallangan bemorlarga glyukoza ehtiyotkorlik bilan, qonda va siydikda shakar miqdorini nazorat qilgan holda yuboriladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaksiyalar: allergik reaksiyalar (gipertermiya, terida toshmalar, angionevrotik shish (Kvincke shishi), shok). Markaziy asab tizimi tomonidan: juda kam hollarda ongning chalkashishi yoki yo‘qolishi, tutqanoq holatlar tiamin yetishmovchiligida alkogoliklarda (Vernike sindromida). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi. Endokrin tizimi va metabolizm tomonidan: giperglikemiya, gipokaliemiya, gipofosfatemiya, gipomagneziya. Siydik ajratish tizimi tomonidan: poliuriya, glikozuriya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: polidipsiya, ko‘ngil aynishi. Organizmning umumiy reaksiyalari: gipervolemiya, isitma, toshqinlik hissi va terining qizarishi. Mahalliy reaksiyalar: yuborilgan joyda og‘riq va kuydiruvchi hissi, giperfermiya, flebit.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Glyukoza organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini kuchaytiradi, jigarni antitoksik funksiyasini yaxshilaydi, yurak mushaklarining qisqaruvchan faoliyatini kuchaytiradi, bir qator patologik holatlarda organizm zaxiralari hisobidan ketadigan energiya sarfini qoplaydi. Glyukoza eritmasi suv tanqisligini tezda to'ldiradi. Konsentrlangan glyukoza eritmasi (10%) aniq osmoyik ta'sir ko'rsatadi, natijada qonni osmoyik bosimi oshadi, to'qimalardan qonga suyuqlik oqimi kuchayadi, tomirlar kengayadi, diurez kuchayadi. Vena ichiga gipertonik eritmalar (25%, 40%) yuborilganda qonni osmoyik bosimi oshadi, to'qimalardan qonga suyuqlik oqimi kuchayadi, moddalar almashinuvi jarayonlari kuchayadi, jigarni antitoksik funksiyasi yaxshilanadi, yurak mushaklarining qisqaruvchan faoliyati kuchayadi, tomirlar kengayadi, diurez oshadi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     Preparat tarkibiga xlorid kislotasi kiradi. Shuning uchun, preparat kislotali pH da beqaror boʻlgan preparatlar uchun erituvchi boʻla olmaydi. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Giperglikemiya va gipergidratatsiya rivojlanishi mumkin. Bunda bemorlarda teri va shilliq qavatlarning qurishi, ko‘z olmasining zo‘riqishi pasayishi, tez-tez yuzaki nafas olish, atseton hidi bo‘lmagan, taxikardiya, aritmiya, hushdan ketish, tana haroratining ko‘tarilishi mumkin.

    Davolash: preparatni bekor qilish va simptomatik davolash, oddiy insulin preparatlarini 0,1 ED/kg dozada mushak ichiga yoki tomir ichiga yuborish.

    Glyukoza gipertonik eritmalari bilan dozani oshirib yuborishda giperglikemiya rivojlanishi mumkin. Uni tuzatish uchun insulin qo‘llaniladi, shuningdek, simptomatik terapiya o‘tkaziladi. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Zuhra
    ico ico ico ico ico
    Глюкоза отлично помогла в восстановлении после физических нагрузок. Спасибо Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт! Быстрая доставка и хорошее качество.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico