Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-FIX PRICE FIX PRICE
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Glyukofleks+Glyukozamin № 30
Glyukofleks+Glyukozamin № 30
Ishlab chiqaruvchi: Windmill Health Products
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
362 100 so'mdan
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari glyukofleks+glyukozamin № 30
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    2 ta kaplet (bir marotabalik doza):
    C vitamini (askorbin kislotasi) - 60 mg 
    D vitamini (xolekaltsiferol) - 200 XB 
    K vitamini (filloxinon) - 20 mkg 
    Kaltsiy (kaltsiy karbonati ko‘rinishida va Citrimal® ** (kaltsiy sitrat-malat-glitsenati)) - 800 mg 
    Magniy (magniy oksidi va magniy glitsinati ko‘rinishida) - 300 mg 
    Rux (rux glitsinati ko‘rinishida) - 12 mg 
    Mis (mis glitsinati ko‘rinishida) - 1,5 mg 
    Marganets (marganets glitsinati ko‘rinishida) - 4 mg 
    Glyukozamin gidroxloridi - 1500 mg 
    Xondroitin sulfati - 1200 mg 
    Bor (bor xelati ko‘rinishida) - 1,5 mg 
    O‘simlikdan olingan So-omil aralashmasi: 
    Sitrus bioflavonoidlar, bosvel qatroni (Boswellia serrata), ukrop urug‘i Foeniculum vulgare), qizil uzum po‘sti ekstrakti (Vitisvinifera) va kurkuma ildizpoyasi (Curcuma longa) - 500 mg 

     
    Boshqa ingrediyentlar: mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, stearin kislotasi (o‘simlikdan olingan), kremniy dioksidi, magniy stearati (o‘simlikdan olingan), riboflavin kukuni (qobiq tarkibida) va farmatsevtik qiyom. 
  • Qo'llanilishi
    Biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi – glyukozamin va xondroitinsulfatning qo‘shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi. Glyukozamin va xondroitin kompleksi bo‘g‘imlarning va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklarini (osteoartrit, osteoxondroz) da'volash va oldini olish uchun ishlatilishi mumkin. 
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Glyukofleks xondroitin, glyukozamin va preparatning yordamchi komponentlariga ma'lum o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun qo‘llanilmaydi.
  • Qo'llash usuli
    Oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatida kuniga 1 marta 2 kapletdan buyuriladi. Davolashning umumiy o‘rtacha davomiyligi 4 oydan 6 oygacha.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Glyukofleks odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, ayrim hollarda patsiyentlarda bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya va ich kelishini buzilishi, allergik reaktsiyalar kuzatilgan.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Glyukofleks tog‘ay to‘qimasini tiklanishi va bo‘g‘imlarning harakatchanligini yaxshilanishiga yordam beradi, bo‘g‘imlarning degenerativ-distrofik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda og‘riq sindromini yaqqolligini kamaytiradi. Xondroitin glyukozamin bilan majmuada degenerativ jarayonlarni sekinlashtiradi va tog‘ay to‘qimasini parchalanishini oldini oladi. Bundan tashqari, endogen glyukozaminni qabul qilish tog‘ay matriksini ishlab chiqarilishini normallashishi va biriktiruvchi to‘qimaga glyukokortikosteroidlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning salbiy ta'sirini kamaytirishga yordam beradi. Xondroitin tog‘ay matriksini shakllantirish uchun qo‘shimcha substratdir, shuning uchun endogen xondroitinni qabul qilish tog‘ayning regeneratsiya jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Kaltsiy skelet tizimi uchun asosiy qurilish materiali bo‘lib, mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi. D3 vitamini suyak to‘qimalarining minerallashuviga hissa qo‘shadi, kaltsiy va fosfor almashinuvini ta'rtibga solishda ishtirok etadi. Proteoglikanlar va II tip kollagen hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, shuningdek tog‘ay matriksini fermentativ parchalanishi (gialuronidaza faolligini susaytirish orqali) va erkin radikallarning shikastlovchi ta'siridan himoya qiladi; sinovial suyuqlik qovushqoqligini tutib turadi, tog‘ay reparatsiyasi mexanizmlarini rag‘batlantiradi va tog‘ayni parchalovchi fermentlar (elastaza, gialuronidaza) faolligini susaytiradi. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Homiladorlik: Glyukofleksni homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha klinik ma'lumotlar yo‘q.

    Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri:  Glyukofleks birgalikda qo‘llanilishi antikoagulyant, antiagregant va fibrinolitik dorilarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. 

    Glyukofleks tetratsiklin so‘rilishini yaxshilaydi, yarim sintetik penitsillinlar va xloramfenikol ta'sirini kamaytiradi. Glyukofleks preparati nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va glyukokortikosteroidlar bilan mutanosib.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Glyukofleks dozasini oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Glyukofleks tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada to‘satdan qabul qilinganda me'dani yuvish va enterosorbent vositalarni qabul qilish kerak. Zarurati bo‘lganida shifokor simptomatik davolashni buyuradi.
  • Chiqarish shakli
    30 ta kaplet flakonda
  • Saqlash shartlari
    15°C dan 30°C gacha haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Azizbek
    ico ico ico ico ico
    Быстрая доставка и качественный товар, рекомендую этот магазин и продукт.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, улучшил мое состояние суставов за короткий срок.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все