-
Tarkibi
Faol modda: glibenklamid (mikronizatsiyalangan) 1,75 mg, 3,5 mg yoki 5 mg.
Yordamchi modda: makkajo‘xori kraxmali, laktosa monogidrat, kolloid kremniy anhidrid, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati.
-
Qo'llanilishi
Insulinga bog‘liq bo‘lmagan qandli diabet (II tur) kattalarda dietoterapiya samarasiz bo‘lganda
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Insulinga bog‘liq qandli diabet (I tip), ketoatsidoz, diabetik prekom va koma, mikrotsirkulyatsiyaning og‘ir buzilishlari, infeksion kasalliklar, buyrak va/yoki jigar funksiyasining og‘ir buzilishlari. Sul’fonilmochevina hosilalari va sul’fanilamid preparatlariga yuqori sezuvchanlik. Jiddiy jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilayotganda qo‘llanilmaydi. Homiladorlik va laktatsiya Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali, ertalab va kechqurun, ovqatdan oldin. Doza kasallik og‘irligiga qarab individual belgilanadi. Boshlang‘ich doza - 1/2 tabletka, o‘rtacha - kuniga 2 tabletka, maksimal - kuniga 3-4 tabletka. Uchta dori dozalari 20 ta mumkin bo‘lgan dozalash sxemalaridan foydalanishga imkon beradi. Har bir bemor uchun mos doza tanlash zarur. Doza bosqichma-bosqich, dastlab ertalab, so‘ngra kechqurun 1/2 tabletka oraliqda tanlanadi. Har bir dozaning maksimal effekti odatda kuniga 3 tabletka qabul qilinganda rivojlanadi. Dozani ikki marta qabul qilishda 4 tabletkagacha oshirish mumkin. Tabletkalar ovqatdan 5-10 daqiqa oldin qabul qilinadi. Yangi aniqlangan 2-tur qandli diabet, glikemiya past bo‘lgan, gipoglikemiyaga moyil, keksalarda preparatni 1,75 mg dozada buyurish maqsadga muvofiq.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Endokrin tizimi tomonidan: gipoglikemiya, hatto komagacha rivojlanishi mumkin (dozalash tartibi buzilganda va noto‘g‘ri dieta saqlanganda rivojlanish ehtimoli oshadi).
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, fotosensibilizatsiya bo‘lishi mumkin.
Hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, epigastral sohada og‘irlik hissi bo‘lishi mumkin; kamdan-kam hollarda – jigar funksiyasi buzilishi, xolestaz.
Markaziy asab tizimi va periferik asab tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - parezlar, sezuvchanlik buzilishi, bosh og‘rig‘i, charchoq, holsizlik, bosh aylanishi.
Qon yaratuvchi tizim tomonidan: kamdan-kam hollarda – qon yaratilishining buzilishi, hatto panstsitopeniyagacha rivojlanishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Og‘iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik vosita, II avlod sul’fonilmochevina hosilasi. Oshqozon osti bezining beta-hujayralari tomonidan insulin sekretsiyasini rag‘batlantiradi, insulinning ajralishini oshiradi. Asosan insulinning sekretsiyasining ikkinchi bosqichida ta’sir qiladi. Periferik to‘qimalarning insulinga sezuvchanligini va uning nishon-hujayralar bilan bog‘lanish darajasini oshiradi. Gipoglikemik ta’sir ko‘rsatadi, qonni trombogen xususiyatlarini kamaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Jigar va buyrak patologiyasi (shu jumladan anamnezda), shuningdek, buyrak usti bezlari, qalqonsimon bez funksiyasining buzilishlari, isitma holatlari, surunkali alkogolizmda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Davolash davomida qonda glyukoza va sutkalik siydikda glyukoza miqdorini muntazam nazorat qilish zarur. Gipoglikemiya rivojlanganida, agar bemor hushyor bo‘lsa, glyukoza (yoki shakar eritmasi) og‘iz orqali buyuriladi. Hushini yo‘qotganda glyukoza v/i yoki glyukagon p/k, m/i yoki v/i yuboriladi. Hush tiklangandan so‘ng, bemorga qayta gipoglikemiya rivojlanishining oldini olish uchun uglevodlarga boy ovqat berish zarur. Gliklomid qabul qilayotgan bemorlar alkogol qabul qilishdan tiyilishlari kerak. Alkogol qabul qilinganda disulfiram reaksiyalari, shuningdek, og‘ir gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Gipoglikemiziruvchi ta'sirning kuchayishi bir vaqtda beta-adrenoblokatorlar, anabolik vositalar, allopurinol, tsimetidin, klofibrat, tsiklofosfamid, izobarin, MAO ingibitorlari, uzoq ta'sirli sulfonamidlar, salitsilatlar, xloramfenikol, tetratsiklinlar, etanol saqlovchi preparatlar bilan qo'llanganda mumkin. Gipoglikemiziruvchi ta'sirning susayishi, hatto giperglikemiya rivojlanishigacha, barbituratlar, xlorpromazin, fenotiazinlar, fenitoin, diazoksid, atsetazolamid, glyukokortikoidlar, simpatomimetik vositalar, glyukagon, indometatsin, yuqori dozalarda nikotinatlar, og'iz orqali qabul qilinadigan kontratseptivlar va estrogenlar, salyuretiklar, qalqonsimon bez gormonlari, litiy tuzlari, yuqori dozalarda ich ketkazuvchi vositalar bilan birga qo'llanganda mumkin. Histamin H2 retseptorlari blokatorlari, klonidin va rezerpin bilan birga qo'llanganda preparatning qand miqdorini pasaytiruvchi ta'siri kuchayishi yoki susayishi mumkin. Bir vaqtda qo'llanganda preparat bilvosita antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.