Qo'llash usuli
Intravaginal.
Davolash 1 aplikator (taxminan 5 g) tarkibini bir marta qo‘llashdan iborat bo‘lib, uni istalgan vaqtda vagina ichiga kiritish kerak.
Agar kasallik alomatlari davom etsa, mikologik tekshiruvni takrorlash kerak.
Aplikatorni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar:
1. Qadoqdan folga olib tashlang va aplikatorni chiqarib oling. Aplikator ustida joylashgan maxsus qopqoqni olib tashlamang. Aplikatorni bir qo‘l bilan mahkam ushlab, ikkinchi qo‘l bilan halqadan tortib, aplikator ichidan pistonni oxirigacha chiqarib oling.
2. Aplikator bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Agar qopqoq olib tashlangan bo‘lsa, aplikatorni ishlatish mumkin emas. Aplikatorni qo‘llashdan oldin isitish mumkin emas.
3. Aplikatorni iloji boricha chuqurroq vagina ichiga ehtiyotkorlik bilan kiritish kerak.
4. Pistonni sekin bosib, aplikator ichidan kremni siqib chiqarish kerak.
5. Bo‘sh aplikatorni vagina ichidan olib tashlang va uni tashlang.