Maxsus ko'rsatmalar
Terining infeksion shikastlanishlarini oldini olish uchun Gidrokortizon, tashqi qo‘llash uchun malham 1%, antibakterial va zamburug‘larga qarshi vositalar bilan birga buyurilishi tavsiya etiladi. Uzoq muddatli davolash va/yoki katta yuzalarga surtishda Na+ ni cheklash va K+ ni ko‘paytirish bilan dieta buyurish tavsiya etiladi; organizmga yetarli miqdorda oqsil kiritish kerak. Qon bosimi, glyukoza va kortizol darajasi, qonni ivish darajasi, diurez, bemorning tana vaznini nazorat qilish zarur. Preparatning ko‘z shilliq qavatiga tushishidan saqlanish kerak. Bolalar yoshida qo‘llash Preparat bolalarda, yuz sohasiga yoki okluzion bog‘lam ostiga qo‘llanganda, davolash kursining davomiyligini qisqartirish zarur. Bolalar yoshida buyrak usti bezlari po‘stlog‘i funksiyasining susayishi tezroq rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, o‘sish gormoni ajralishining kamayishi kuzatilishi mumkin. Preparat uzoq muddat qo‘llanganda tana vazni, o‘sish, qon plazmasidagi kortizol darajasini nazorat qilish zarur. Homiladorlik va laktatsiya Glyukokortikoidlar platsenta orqali o‘tadi.
Homiladorlik
Homilador ayollarda gidrokortizon qo‘llanishi bo‘yicha nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlik davrida glyukokortikoidlar bilan uzoq muddatli davolash bola ichki bachadon rivojlanishining kechikishiga olib kelishi mumkin. Doklinik tadqiqotlarda glyukokortikoidlar tanglay yoriqlari paydo bo‘lishiga olib kelgani aniqlangan. Homiladorlikning birinchi trimestrida glyukokortikoidlar bilan davolashda og‘iz bo‘shlig‘i yoriqlari rivojlanish xavfi yuqoriligi haqida ma’lumotlar mavjud. Epidemiologik tadqiqotlar va doklinik ma’lumotlarga ko‘ra, homiladorlik davrida glyukokortikoidlar bilan davolash kattalarda metabolik va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kortikosteroidlar platsenta orqali o‘tadi. Hatto mahalliy oftalmologik qo‘llashdan keyin ham tizimli ta’sirni to‘liq istisno qilib bo‘lmagani sababli, homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas, faqat muqobil davolash usullari bo‘lmaganda qo‘llash mumkin. Zarur bo‘lsa, davolash kursi imkon qadar qisqa va minimal dozalarda bo‘lishi kerak.
Agar glyukokortikoidlar homiladorlikning uchinchi trimestrida buyurilsa, homilada buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining atrofiyasi xavfi mavjud. Shuning uchun homiladorlik davrida gidrokortizon olgan onalarning bolalari buyrak usti bezlari yetishmovchiligi belgilariga nisbatan diqqat bilan kuzatilishi kerak. Zarur bo‘lsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa o‘rinbosar terapiya o‘tkazilishi mumkin.
Emizish davri
Glyukokortikoidlar ona sutiga o‘tadi. Gidrokortizonni homilador va emizikli ayollarda faqat davolovchi shifokor buyurganida, onaga kutilayotgan davolovchi ta’sir homila yoki bolaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa, qo‘llash mumkin.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Agar preparat qo‘llangandan so‘ng bemorlarda vaqtincha ko‘rish ravshanligi pasaysa, u tiklanmaguncha transport vositalarini boshqarmaslik va yuqori e’tibor talab qiladigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanmaslik tavsiya etiladi.