Dorilarning o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng ruxsat etiladi. GEPIRID® preparatini insulin yoki boshqa og‘iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik preparatlar, metformin, angiotenzin aylanishini o‘zgartiruvchi ferment (APF) ingibitorlari, anabolik steroidlar va erkak jinsiy gormonlari, xloramfenikol, kumarin hosilalari, siklofosfamid, trofosfamid, ifosfamid, dizopiramid, fenfluramin, feniramidol, fibratlar, fluoksetin, simpatolitiklar (guanetidin), ifosfamid, monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, mikonazol, flukonazol, paraaminosalisil kislotasi, pentoksifillin (yuqori dozalarda parenteral yuborilganda), fenilbutazon, azapropazon, oksifenbutazon, probenesid, allopurinol, salitsilatlar, sulfinpirazon, sulfanilamid antibiotiklari, xinolonlar, tetratsiklinlar, klaritromitsin, tritokvalin, trofosfamid bilan bir vaqtda qo‘llanganda gipoglikemik ta’sirning kuchayishi va shu bilan bog‘liq gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.
GEPIRID® preparatini atsetazolamid, barbituratlar, glyukokortikosteroidlar, diazoksid, saluretiklar va tiazid diuretiklar, adrenalin va boshqa simpatomimetik vositalar, glyukagon, ich suruvchi vositalar (uzoq muddatli qo‘llanganda), nikotin kislotasi (yuqori dozalarda) va nikotin kislotasi hosilalari, estrogenlar va progestagenlar, fenotiazinlar, xlorpromazin, fenitoin, rifampitsin, qalqonsimon bez gormonlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda gipoglikemik ta’sirning susayishi va shu bilan bog‘liq qonda glyukoza konsentratsiyasining oshishi kuzatilishi mumkin.
H2-retseptor blokatorlari, beta-blokatorlar, klonidin va rezerpin GEPIRID® preparatining gipoglikemik ta’sirini ham kuchaytirishi, ham susaytirishi mumkin.
Beta-blokatorlar, klonidin, guanetidin va rezerpin kabi simpatolitik preparatlar ta’sirida gipoglikemiyaga javoban adrenargik kontrregulyatsiya belgilarining pasayishi yoki yo‘qligi mumkin. Spirtli ichimliklarni bir martalik yoki surunkali iste’mol qilish GEPIRID® preparatining gipoglikemik ta’sirini oldindan aytib bo‘lmaydigan tarzda kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.
Glimepirid kumarin hosilalarining ta’sirini ham kuchaytirishi, ham susaytirishi mumkin. Kolessevelam glimepirid bilan bog‘lanadi va glimepiridning me’da-ichak traktidan so‘rilishini kamaytiradi. Shuning uchun GEPIRID® preparatini kolessevelamni qabul qilishdan kamida 4 soat oldin qabul qilish kerak.
Glimepirid sitoxrom P450 2C9 (CYP2C9) ishtirokida metabolizatsiyalanadi. Bu holat glimepiridni CYP2C9 induktorlari (masalan, rifampitsin) yoki ingibitorlari (masalan, flukonazol) bilan bir vaqtda qabul qilganda hisobga olinishi kerak.
Ma’lumki, flukonazol glimepirid konsentratsiyasining vaqtga bog‘liq egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) qiymatini taxminan 2 barobar oshiradi.
Glimepiridning boshqa dori vositalari bilan farmakokinetik o‘zaro ta’siri tavsiflanmagan.