-
Tarkibi
bitta kapsula tarkibida:
Faol moddalari: Lipoid S 100 fosfatidilxolingacha hisoblaganda - 50,0 mg, silymaringa hisoblaganda itburun mevalari quruq ekstrakti - 45,0 mg, quruq vitamin E-atsetat 50 % DC α-tokoferilatsetatga hisoblaganda - 30,0 mg, selenometionin, premiks 0,5 % selenga hisoblaganda - 0,012 mg.
Yordamchi moddalari: kalsiy stearat, kollidon 30 (povidon), kremniy dioksid kolloidli suvdan holi (aerosil-300), maltodekstrin, kalsiy gidroforfat digidrat.
Jelatin kapsula qobig'i tarkibi:
Jelatin, titana dioksid E171, xinolin sariq E104, azorubin E122, punsoviy 4R E124, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
Preparat jigar surunkali toksik shikastlanishlarini kompleks davolashda; surunkali yallig'lanish kasalliklari yoki jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda qo'llab-quvvatlovchi davolash uchun, quyidagi jigar kasalliklarida ishtahani pasayishi va/yoki o'ng qovurg'a ostida og'irlik simptomatik bartaraf etishda qo'llaniladi:
jigar yog'li degeneratsiyasi (shuningdek, diabetda);
turli tabiatli gepatitlar, o'tkir va surunkali;
sirrozlar;
toksik jigar shikastlanishlari, dori vositalari bilan jigar shikastlanishlari;
alkogolli jigar kasalligi,
xolestaz.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (etarli dalillar yo‘qligi sababli).
-
Qo'llash usuli
Bolalar (12 yoshdan) va kattalar uchun standart davolash sxemasi: boshlang‘ich doza – kuniga 3 marta 2 kapsuladan kamida 3 oy davomida, qo‘llab-quvvatlovchi doza – kuniga 3 marta 1 kapsuladan kamida 4 hafta davomida.
Kapsulalarni ovqat vaqtida, chaynalmay, oz miqdorda suv bilan ichish kerak.
Davolovchi shifokor bemorning holati va kasallik kechishiga qarab boshqa dozalash va davolash davomiyligini tavsiya qilishi mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Dori vositasi yaxshi o‘zlashtiriladi. Kamdan-kam hollarda quyidagi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin:
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, dispepsiya, diareya.
Teri va teri qo‘shimchalari tomonidan: ayrim hollarda teri allergik reaksiyalari – qichishish, toshma kuzatilishi mumkin.
Boshqalar: kamdan-kam hollarda mavjud vestibulyar buzilishlarning kuchayishi kuzatilishi mumkin.
Nojo‘ya ta’sirlar o‘tkinchi bo‘lib, dori vositasini qabul qilish to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qoladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat. Membranostabilizatsiyalovchi, gepatoprotektorlik, antioksidant ta'sir ko'rsatadi.
Fosfatidilxolin hujayra va ichki hujayra membranalarining strukturaviy elementi bo'lib, ularning tuzilmasi va funksiyalarini shikastlanganda tiklashga qodir, tsitoprotektorlik ta'sir ko'rsatadi. Oqsil va lipid almashinuvini normallashtiradi, gepatotsitlar tomonidan fermentlar va boshqa faol moddalarning yo'qolishini oldini oladi, jigar detoksikatsiya funksiyasini tiklaydi, biriktiruvchi to'qima hosil bo'lishini ingibitsiya qiladi, jigar fibroz va sirrozi rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Silymarin gepatoprotektorlik ta'sirga ega, chunki u gepatotsit membranasidagi mos toksinlar retseptorlari bilan raqobatbardosh o'zaro ta'sir qiladi va shu tarzda membranostabilizatsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi, shikastlangan gepatotsitlarda oqsillar (strukturaviy va funksional) va fosfolipidlar sintezini rag'batlantiradi, shu bilan regeneratsion jarayonlarni tezlashtiradi. Silymarin kiruvchi flavonoidlarning ta'siri, shuningdek, ularning antioksidant xususiyatlari va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi effektlari bilan bog'liq.
E vitamini hujayra ko'payishi, to'qima almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, eritrotsitlar gemolizini oldini oladi, kapillyarlarning o'tkazuvchanligi va mo'rtligini oshishiga to'sqinlik qiladi. Preparat erkin radikal reaksiyalarni sekinlashtiradi, hujayra va subhujayra membranalarini shikastlovchi peroksidlar hosil bo'lishini oldini oladi. To'qima nafasini yaxshilaydi, oqsillar (kollagen, fermentativ, strukturaviy va qisqaruvchi skelet va silliq mushaklar, miokard oqsillari) sintezini rag'batlantiradi, A vitaminini oksidlanishdan himoya qiladi, xolesterin sintezini ingibitsiya qiladi. To'yinmagan yog' kislotalari va selen (mikrosomal elektron tashish tizimi komponenti) oksidlanishini sekinlashtiradi.
Selen – hayot uchun muhim organ va tizimlarning normal faoliyatida muhim rol o'ynaydigan zarur mikroelementlardan biri. Selen ksenobiotiklar bilan o'tkir va surunkali intoksikatsiyalarda himoya ta'sir ko'rsatadi. Selen hujayra darajasida samarali antioksidant hisoblanadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatning tavsiya etilgan dozasidan oshirmaslik kerak.
Preparat bilan davolash jigar shikastlanishlarida (masalan, spirtli ichimliklardan) dieta yoki biror narsadan voz kechishni almashtira olmaydi.
Gormonal buzilishlari bo'lgan bemorlarda (endometrioz, bachadon miomasi, sut bezi, tuxumdon va bachadon karsinomasi, prostata bezi karsinomasi) silymarinning ehtimoliy estrogeno'xshash ta'siri tufayli ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Allergik reaksiyalar yuzaga kelganda preparat bilan davolashni to'xtatish kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Silymarin mavjudligi bilan bog'liq boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri:
Silymarin peroral kontratseptiv vositalar va gormonal o'rnini bosuvchi davolash uchun dori vositalari bilan birga qo'llanganda ularning ta'siri kamayishi mumkin.
Silymarin diazepam, alprazolam, ketokonazol, lovastatin, vinblastin kabi dori vositalarining ta'sirini kuchaytirishi mumkin, chunki u sitoxrom R 450 tizimiga tormozlovchi ta'sir ko'rsatadi.
Vitamin E mavjudligi bilan bog'liq boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri:
Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda, qonda lipidlarning peroksidlanish mahsulotlari yuqori bo'lgan hollarda, antikonvulsant vositalarning samaradorligini oshiradi. Steroid va nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar, antioksidantlarning ta'sirini kuchaytiradi. Yurak glikozidlari, shuningdek, A va D vitaminlarining samaradorligini oshiradi va toksikligini kamaytiradi. Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar alfa-tokoferilatsetatning so'rilishini kamaytiradi. Yuqori dozalarda temir organizmda oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, bu esa vitamin E ga ehtiyojni oshiradi. Alfa-tokoferilatsetat siklosporin bilan birga qo'llanganda, oxirgisining so'rilishi oshadi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasining dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumot yo'q.
Tasodifan yuqori doza qabul qilinganda qusish chaqiriladi, oshqozon yuviladi, faollashtirilgan ko'mir qo'llaniladi va zarurat tug'ilganda simptomatik davolash o'tkaziladi.