Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Geparinli malham 25 g
Geparinli malham 25 g
Ishlab chiqaruvchi: Зеленая дубрава
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    1 yoshdan

Mavjud
12 106 so'm 14 500 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari geparinli malham 25 g
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Malham
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    25 g
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi
    Yuzaki venalarning tromboflebiti, yuzaki periflebiti; teri osti gematomasi; in'ektsiyadan va infuziyadan keyingi flebit; yuzaki mastit; lokalizatsiyalangan infiltratlar va shishlar, jarohatlar va lat yeyishlar (shu jumladan mushak to‘qimalari, paylar, bo‘g‘imlar); tashqi gemorroy, tug‘ruqdan keyingi gemorroy tugunlarining yallig‘lanishi; limfedema (fil kasalligi), limfangit.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; shikastlangan sohada teri butunligining buzilishi (ochiq infeksiyalangan yaralar, ayniqsa yara-nekrotik jarayonlar); 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi. Ehtiyotkorlik bilan Qon ivish tizimi buzilishlari, trombotsitopeniya.
  • Qo'llash usuli
    Tashqaridan. Mazni zararlangan soha yuzasiga yupqa qatlamda surtib (0,5-1 g (2-4 sm maz) 3-5 sm diametrli soha uchun) ehtiyotkorlik bilan teriga ishqalab yuboriladi. Maz kuniga 2-3 marta har kuni yallig‘lanish belgilari yo‘qolguncha, o‘rtacha 3 dan 7 kungacha qo‘llaniladi. Davolash kursini uzoqroq davom ettirish imkoniyati shifokor tomonidan belgilanadi. Tashqi gemorroy tugunlarining trombozida rektal tamponlar qo‘llaniladi, maz biaz yoki matodan tayyorlangan prokladkaga surtiladi, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri tromblangan tugunlarga qo‘yiladi va mahkamlanadi. Maz bilan shimdirilgan tampon to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Maz har kuni, simptomlar yo‘qolguncha, o‘rtacha 3-14 kun davomida qo‘llanilishi kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Preparatni uzoq muddat qo‘llashda qo‘llash joyida teri giperemiyasi, sezuvchanlikning pasayishi, allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish) ko‘rinishida mahalliy reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan preparat, uning ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning xossalari bilan belgilanadi. Geparin — to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi antikoagulyant, o‘rtacha molekulyar geparinlar guruhiga kiradi. Tashqi qo‘llanganda mahalliy antikoagulyant, antiekssudativ, o‘rtacha yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Trombin hosil bo‘lishini bloklaydi. Geparin yallig‘lanish jarayonini kamaytiradi va antikoagulyant ta’sir ko‘rsatadi, bilvosita mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, bu esa gematomalar va tromblarning so‘rilish jarayoniga va to‘qimalarning shishishini kamayishiga yordam beradi. Benzilnikotinat periferik vazodilatatsiyalovchi vosita bo‘lib, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilashga yordam beradi. Geparinning o‘tishini yaxshilash uchun ad’yuvant sifatida qo‘llaniladi. Benzokain mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Natriy ionlari uchun hujayra membranasining o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, membrananing ichki yuzasida joylashgan retseptorlardan kalsiy ionlarini siqib chiqaradi, nerv impulslarini o‘tkazilishini bloklaydi. Og‘riq impulslarining sezuvchi nervlarning uchlarida paydo bo‘lishiga va ularning nerv tolalari bo‘ylab o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Geparinli mazni uzoq muddat qo‘llashda keng sohalarga va bir vaqtning o‘zida qon ivish tizimiga va/yoki gemopoezga ta’sir qiluvchi og‘iz orqali qabul qilinadigan dori vositalarini qabul qilishda ivish vaqtini va protrombin vaqtini nazorat qilish kerak. Davolashning uzoq muddatli kursi va homilador ayollarda hamda 65 yoshdan katta ayollarda keng zararlangan sohalar mavjud bo‘lsa, shunga o‘xshash nazorat tavsiya etiladi. Ochiq yaralarga, yiringli jarayonlar mavjud bo‘lsa, surtish tavsiya etilmaydi. Mazni chuqur venoz trombozda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Geparin platsentar to‘siqdan o‘tmaydi va ko‘krak suti bilan ajralmaydi. Preparatning boshqa komponentlarining ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma’lumot yo‘q. Geparinli maz homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida faqat onaga kutilayotgan foyda homila yoki bolaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llaniladi. Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaydi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Sistemali so‘rilishning ahamiyatsizligi sababli dozani oshirib yuborish ehtimoli past.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziz
    ico ico ico ico ico
    Гепариновая мазь 25 г - лучший выбор для лечения варикоза. Эффективно и недорого. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilfuza
    ico ico ico ico ico
    Отличная мазь! Помогает с синяками и отеками. Спасибо за быструю доставку Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico