Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Lyoton 1000 50 g
Lyoton 1000 50 g
Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG/Германия
Yaroqlilik muddati: 5 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud
100 521 so'm 124 100 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari lyoton 1000 50 g
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Gel - 100 g.: Faol modda: geparin natriy - 100 000 ME; Yordamchi modda: karbomer, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, etanol 96%, neroliy moyi, lavanda moyi, trolamin (trietanolamin), tozalangan suv. 30 g, 50 g yoki 100 g preparat alyuminiy tubalarda, ichki tomoni epoksid smolasi bilan qoplangan, burama perferator qopqog'i (polietilen/polipropilen) bilan. 1 tuba va preparatni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma karton qutida.
  • Qo'llanilishi
    Yuzaki venalar kasalliklari: varikoz kengayishi, surunkali venoz yetishmovchilik va unga bog'liq asoratlar (yuzaki tromboflebit, yuzaki periflebit); jiddiy jarohatlar va yumshoq to'qimalarning ko'karishlari; teri osti gematomalari (shu jumladan, flebektomiya so'nggi gematomalar); joylashgan infiltratlar va yumshoq to'qimalarning shishishi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Geparin natriyga nisbatan oshkora sezgirlik, dori vositasini qo'llash joylarida terining yarali-nekrotik o'zgarishlari, jarohatlangan teri qoplamalarining butunligini buzilishi, qon ketishiga yuqori moyillik, trombotsitopeniya, 18 yoshgacha bo'lgan yosh.
  • Qo'llash usuli
    Tashqi. Geparin natriy tegishli dori shaklida teriga surtiladi. Kuniga 1-3 marta qo'llaniladi, yallig'lanish belgilarining yo'qolishigacha, o'rtacha 3 dan 7 kungacha.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ayniqsa ba'zi hollarda: faol modda va dori vositasining tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalar bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan oshkora sezgirlik reaksiyalari - terining qizarishi, teri qichishi, odatda dori vositasini qo'llashni to'xtatgandan so'ng o'tadi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    To'g'ridan-to'g'ri tashqi qo'llash uchun antikoagulyant. Tashqi qo'llashda mahalliy antitrombotik, anti-ekssudativ, o'rtacha yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Trombin hosil bo'lishini to'sadi, gialuronidaza faoliyatini bostiradi, qonning fibrinolitik xususiyatlarini faollashtiradi. Teridan o'tib ketadigan geparin yallig'lanish jarayonini kamaytiradi va antitrombotik ta'sir ko'rsatadi, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi va to'qimalar almashinuvidan faollashtiradi, shuning uchun gematomalar va tromblarni erish jarayonlarini tezlashtiradi va to'qimalarning shishishini kamaytiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Qon ketishlarida, mahalliy yallig'lanish jarayonlari mavjud bo'lganda, shuningdek, ochiq yaralarga, shilliq qavatlarga surtilishi tavsiya etilmaydi.

    Tomirlarning yuqori o'tkazuvchanligi bo'lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.

    Chuqun venalar trombozida tavsiya etilmaydi.
    Dori vositasini keng teri maydonlarida uzoq muddat qo'llaganda va bir vaqtning o'zida to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiluvchi antikoagulyantlar (shu jumladan, varfarin, acenokumarol) qo'llaganda, protrombin vaqti va qonning qotish vaqti nazorat qilinishi kerak. 

    Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish vaqtida reaktsiya tezligiga ta'sir ko'rsatish qobiliyati.
    Dori vositasi transportni boshqarish yoki mexanizmlarni xizmat ko'rsatishga ta'sir qilmaydi. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     Geparin qo'llanilishi peroral antikoagulyantlar qo'llayotgan bemorlarda protrombin vaqtini uzayishiga yordam berishi mumkin. Preparatni mahalliy qo'llaniladigan dori-darmonlar, masalan, tetratsiklin, gidrokortizon, salitsil kislotasi, antikoagulyantlar bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Bahrom
    ico ico ico ico ico
    Хороший эффект после использования, рекомендую всем, кто сталкивается с отечностью и болями в ногах.
    05 August 2024
    0
    0
  • Nigora
    ico ico ico ico ico
    Отличный гель, помог мне снять боль и отечность после тяжелого тренировки.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico