Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Gepalid, 250 mg/5 ml, 5 ml, amp. № 5
Gepalid, 250 mg/5 ml, 5 ml, amp. № 5
Ishlab chiqaruvchi: Лекфарм 58
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari gepalid, 250 mg/5 ml, 5 ml, amp. № 5
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Ampulalar
  • Dozalash
    250 mg / 5 ml
  • Qadoqdagi soni
    5 ml 5 ampuladan
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Bitta ampula tarkibi: Faol modda: essensial fosfolipidlar (fosfatidilxolingacha hisobda) – 250,0 mg. Yordamchi moddalari: natriy dezoksixolat, etanol, α-tokoferilatsetat, riboflavin (natriy riboflavin fosfati ko‘rinishida), benzil spirti, natriy xlorid, 1M natriy gidroksid eritmasi yoki 1M xlorid kislotasi eritmasi, in’eksiya uchun suv.
  • Qo'llanilishi
    Gepalid turli xil alimentaro-toksik jigar shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda ishtahaning yo‘qolishi va/yoki o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik hissi kabi simptomlarni kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Quyidagi kasalliklarda ko‘rsatilgan: yog‘li jigar degeneratsiyasi (shu jumladan qandli diabetda); o‘tkir va surunkali gepatitlar; tsirrozlar; toksik jigar shikastlanishlari, shu jumladan alkogolli jigar kasalligi, dori vositalari bilan bog‘liq jigar shikastlanishlari; xolestaz.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Dori vositasi tarkibida benzil spirti mavjudligi sababli, yangi tug‘ilgan va muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarni davolash uchun qo‘llanilmaydi. Klinik ma’lumotlarning yetarli emasligi sababli, dori vositasini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
  • Qo'llash usuli
    12 yoshdan boshlab bolalar va kattalarga sekin vena ichiga 1-2 ampula yuboriladi, og‘ir holatlarda – kuniga 2-4 ampula. Ikki ampulaning tarkibi bir vaqtda yuborilishi mumkin. Boshqa dori vositalari bilan bir shpritsda aralashtirmang. Agar dori vositasini suyultirish zarur bo‘lsa, faqat 5% yoki 10% dekstroza eritmasi infuzion yuborish uchun ishlatiladi, va suyultirilgan dori vositasi eritmasi butun yuborish davomida shaffof bo‘lib qolishi kerak. Dori vositasi Esfolipni elektrolit eritmalari (izotonik eritma, Ringer eritmasi) bilan suyultirish mumkin emas.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Nojo‘ya ta’sirlar uchrashish tezligiga qarab quyidagi tasnif ishlatiladi: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (≥1/100 -<1/10), kamroq (≥1/1 000 - <1/100), kam (≥1/10 000 - <1/1 000), juda kam (<1/10 000), noma’lum tezlikda (mavjud ma’lumotlarga ko‘ra uchrashish tezligini aniqlash mumkin emas). Immun tizimi tomonidan Kam hollarda dori vositasi tarkibida benzil spirti bo‘lgani sababli yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi mumkin. Juda kam hollarda teri allergik reaksiyalari (to‘shma, ekzantema yoki qichima) mumkin. Noma’lum tezlikda: qichishish.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Essensial fosfolipidlar hujayra va hujayra organellalari qobig‘ining asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Jigar kasalliklarida hujayra va hujayra organellalari qobig‘ining shikastlanishi membranaga bog‘liq fermentlar va retseptor tizimlari faolligining buzilishiga, funksional faollikning yomonlashishiga va jigar hujayralarining regeneratsiya qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Esfolip dori vositasi tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha endogen fosfolipidlarga mos keladi, shu bilan birga ular poliyeto‘yinmagan (essensial) yog‘ kislotalari miqdori bo‘yicha ustunlik qiladi. Ushbu yuqori energiyali molekulalarning hujayra membranalarining shikastlangan joylariga qo‘shilishi shikastlangan jigar to‘qimasining regeneratsiyasiga yordam beradi. Ularning poliyeto‘yinmagan kislotalaridagi ikki bog‘li tsis-zanjirlar membrana fosfolipidlarining uglevodorod zanjirlarining parallel joylashishini oldini oladi, natijada fosfolipid strukturalarining zichligi kamayadi, bu esa ularning suyuqligi va elastikligini oshiradi, modda almashinuvini yaxshilaydi. Hosil bo‘ladigan funksional birliklar membranaga bog‘liq fermentlar faolligini oshiradi va muhim metabolik jarayonlarning normal, fiziologik yo‘nalishda kechishiga yordam beradi. Esfolip dori vositasi tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar buzilgan lipoproteidlar almashinuvini tartibga soladi, neytral yog‘lar va xolesterinni tashiladigan shakllarga o‘tkazadi (asosan yuqori zichlikdagi lipoproteidlarning xolesterin bilan bog‘lanish qobiliyatini oshirish hisobiga), va shu tariqa ular oksidlanishga uchrashi mumkin. Esfolip lipidlar va oqsillar almashinuviga, jigar detoksikatsiya funksiyasiga, jigar hujayra tuzilmasi va fosfolipidga bog‘liq ferment tizimlarini tiklash va saqlashga normallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, jigar to‘qimasida biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘lishining oldini oladi. Fosfolipidlarning o‘tga chiqarilishi jarayonida litogen indeks pasayadi va o‘t barqarorlashadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash Tarkibida platsentar to‘siqdan o‘ta oladigan benzil spirti mavjudligi sababli, dori vositasini homiladorlik va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziza
    ico ico ico ico ico
    Очень удобные ампулы, помогли быстро восстановиться. Спасибо за качественный товар!
    06 August 2024
    0
    0
  • Elena
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество Гепалида, быстрая доставка, всегда заказываю у Oxymed.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico