-
Tarkibi
Faol modda: gentamitsin sulfat (gentamitsinga hisoblaganda) — g. Yordamchi moddalari: qattiq neft parafini, vazelin.
-
Qo'llanilishi
Sezgir mikroflora tomonidan chaqirilgan teri va yumshoq to'qimalarning bakterial infeksiyalari - piodermiya (jumladan, gangrenoz), yuzaki follikulit, furunkulyoz, sikoz, paronixiya.
Infeksiyalangan: dermatitlar (jumladan, kontakt, seborey va ekzematoz), yaralar (jumladan, varikoz), jarohatlar (jumladan, jarrohlik, sekin bituvchi), kuyishlar (jumladan, o'simliklar bilan), hasharot chaqishlari, teri abstsesslari va kistalari, "vulgar" akne; teri zamburug'li va virusli infeksiyalarida ikkilamchi bakterial infeksiyalanish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik (shu jumladan, anamnezda boshqa aminoglikozidlarga).
-
Qo'llash usuli
Tashqi qo‘llash uchun!
Mazni yupqa qatlamda shikastlangan joyga kuniga 3-4 marta surtadilar. Davolash kursi 7-14 kun. Davolash davomiyligini shifokor belgilaydi. Maz quruq teri infeksiyalarini davolash uchun qo‘llaniladi (shu jumladan, ekzema yoki psoriaz fonida)
Zarur bo‘lsa bog‘lov qo‘yiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar: mahalliy - teri toshmasi, qichishish, teri giperemiyasi, kuydiruvchi his; kamdan-kam hollarda umumiy - isitma, angionevrotik shish, eozinofiliya.
Keng yuzalardan so‘rilganda tizimli ta’sirlar rivojlanishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta’sir doirasiga ega bakterisid antibiotik. 30S ribosoma subbirligiga bog‘lanadi va oqsil sintezini buzadi, transport va informatsion ribonuklein kislota kompleksi hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, bunda genetik kod noto‘g‘ri o‘qiladi va nofunktsional oqsillar hosil bo‘ladi; poliribosomalar parchalanadi va oqsil sintez qilish qobiliyatini yo‘qotadi (bakteriostaz). Boshqa antibiotiklardan farqli o‘laroq, aminoglikozidlar bakterisid ta’sirga ega – yuqori konsentratsiyalarda hujayra membranalari to‘siq funksiyalarini pasaytiradi va mikroorganizmlarning o‘limiga olib keladi.
Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Proteus vulgaris, Escherichia coli, Pseudomonas aeriginosa, Enterobacter aerogenes tomonidan chaqirilgan terining bakterial infeksiyalariga nisbatan yuqori samarali.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolash preparatning antibiotikogrammasi nazorati ostida o‘tkaziladi, chunki uzoq muddat qo‘llashda rezistentlik rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda davolashni to‘xtatish va mos terapiyani boshlash zarur.
Teri katta yuzalariga surtilganda, ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, rezorbtiv ta’sir ehtimolini hisobga olish kerak.
Agar 1 hafta davomida terapevtik ta’sir bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Preparatni shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha, kutilayotgan davolovchi ta’sir mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfidan ustun bo‘lsa, qo‘llash mumkin.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparatni qo‘llash davrida transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish va yuqori diqqat hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish mumkin.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Bir vaqtda yoki Gentamitsin davolash kursi tugagach darhol (kattaroq yuzalarda va/yoki uzoq vaqt davomida qo'llanilganda) mikroblarga qarshi va boshqa otonefrotoksik ta'sir ko'rsatadigan preparatlarni buyurmaslik kerak.