-
Tarkibi
1 tab. aminodigidroftalazindion natriy 25 mg
Yordamchi moddalar: sorbitol - 0,315 g, kraxmal - 0,14 g, laktоза - 0,1 g, kalsiy stearat - 0,005 g, talk - 0,015 g, rase-mentol (mentol) - 0,0001 g.
-
Qo'llanilishi
Kattalar va 12 yoshdan katta o‘smirlarda (shu jumladan, ikkilamchi immun yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda) immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida kompleks davolash tarkibida:
o‘tkir respirator infeksiyalar, nafas yo‘llari va LOR a’zolari kasalliklari (shu jumladan, tez-tez qaytalanuvchi) bakterial va virusli etiologiyali (ORVI, gripp, bronxit, pnevmoniya, tonzillitlar, otitlar, adenoiditlar) va ularning profilaktikasi;
tomoq va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishli kasalliklari, parodont kasalliklari;
gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar;
jismoniy ish qobiliyatining pasayishi (shu jumladan, sportchilarda).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Individual toqat qilmaslik.
-
Qo'llash usuli
Til ostiga 1 tadan tabletkani kuniga 4 martagacha yoki 2 tadan tabletkani kuniga 2 marta:
O‘tkir respirator infeksiyalar, gripp, bronxit, pnevmoniya, tonzillit, otit, adenoiditda davolash uchun: 1 tadan tabletkani kuniga 4 marta. Kurs 5 kun.
Surunkali va tez-tez qaytalanuvchi kechishda 1 tadan tabletkani kuniga 4 marta bir kunda bir marta navbat bilan 15 kungacha davom ettirish.
Profilaktika uchun: 1 tadan tabletkani kuniga 2 marta. Kurs 5-10 kun.
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavati yallig‘lanish kasalliklarida, parodont kasalliklarida: 1 tadan tabletkani kuniga 4 marta 5 kun davomida. So‘ngra 1 tadan tabletkani kuniga 4 marta 3 sutkadan keyin 3 haftagacha kurs bilan.
Gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklarda: 1 tadan tabletkani kuniga 4 marta 10 kun davomida. So‘ngra 1 tadan tabletkani kuniga 4 marta bir kunda bir marta 10 kun davomida.
Jismoniy ish qobiliyatini oshirish uchun:
1 tadan tabletkani kuniga 4 marta bir kunda bir marta 10 kun davomida, so‘ngra 1 tadan tabletkani kuniga 4 marta 3 sutkadan keyin 3 haftagacha kurs bilan.
Galavit bilan davolashni kasallikning istalgan bosqichida boshlash mumkin.
Preparatni faqat ko‘rsatmalarga, qo‘llash usuliga va dozalariga muvofiq ravishda qo‘llang.
Agar ko‘rsatilgan davolash kurslaridan so‘ng yaxshilanish bo‘lmasa yoki simptomlar kuchaysa, yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaktsiyalar mumkin - kamdan-kam.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha Galavit preparati bilan dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan.
Maxsus ko'rsatmalar
-
Maxsus ko'rsatmalar
Ko‘rsatilgan doza va davolash kursining davomiyligini davolovchi shifokor bilan maslahatlashmasdan oshirmaslik kerak.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:
Galavit® rektal supozitoriylari 50 mg preparatini qo‘llash transport vositalarini boshqarish, mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa ish turlariga ta’sir qilmaydi.
-
Saqlash shartlari
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda
-
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning ta'sir mexanizmi uning tug‘ma va adaptiv immunitet hujayralarining (monotsitlar, makrofaglar, neyrofillar, tabiiy killerlar va boshqalar) funksional-metabolik faolligini tartibga solish qobiliyati bilan bog‘liq.
Galavit monotsitlar/makrofaglarning fagotsitar faolligini, neyrofillarning bakteritsid faolligini va NK-hujayralarning sitotoksik faolligini normallashtiradi.
Shu bilan birga, tug‘ma va adaptiv immunitet hujayralarining pasaygan faolligini tiklab, preparat organizmning infeksion kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
Bundan tashqari, Galavit antitelolar hosil bo‘lishini normallashtiradi, antitelolarning funksional faolligini (affinitetini) oshiradi.
Yallig‘lanish kasalliklarida preparat gipergiperaktivlangan makrofaglar tomonidan o‘simta nekrozi omili-α, interleykin-1, interleykin-6 va boshqa proyallig‘lanish sitokinlarining ortiqcha sintezini 6-8 soatga qaytariladigan tarzda ingibitsiya qiladi, ularning darajasi yallig‘lanish reaksiyalari darajasini, ularning tsiklikligini, shuningdek, organizm intoksikatsiyasi og‘irligini belgilaydi.
Galavit gipergiperaktivlangan makrofaglar tomonidan faol kislorod shakllarining ishlab chiqarilishini kamaytiradi, shu bilan oksidant stress darajasini pasaytiradi va to‘qimalar hamda organlarni radikallarning vayron qiluvchi ta’siridan himoya qiladi.
Fagotsitar hujayralarning ortiqcha oshgan funksional faolligini normallashtirish ularning antigen taqdim etuvchi va tartibga soluvchi funksiyasini tiklanishiga, autoagressiya darajasining pasayishiga olib keladi.
Preparat allergiziruvchi, mutagen, embriotoksik, teratogen va karsinogen ta’sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetika: Organizmda asosan buyraklar orqali chiqariladi. Rektal qo‘llashdan so‘ng yarim chiqarilish davri 40-60 daqiqa. Asosiy farmakologik effektlar 72 soat davomida kuzatiladi. Rektal qo‘llanganda, supozitoriylardagi aminodigidroftalazindion natriy yuqori biokirishuvchanlikka ega, shu sababli mahalliy hamda aniq ifodalangan tizimli ta’sirga erishiladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanilganda antibiotiklarning kurs dozalari kamayishi mumkin. Galavit antibiotikoterapiya samaradorligini oshirish va uning nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirishga imkon beradi. Boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari qayd etilmagan.