Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Fumigan Tabs 500 mg/50 mg No 100 tab.
Fumigan Tabs 500 mg/50 mg No 100 tab.
Ishlab chiqaruvchi: OM Biomedic Pvt. Ltd
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari fumigan tabs 500 mg/50 mg no 100 tab.
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada: faol moddalari: diklofenak natriy - 50 mg, paratsetamol - 500 mg; yordamchi moddalari: makkajo‘xori kraxmali, mikrotozalangan makkajo‘xori, povidon-30, natriy benzoat, tozalangan suv, tozalangan talk, magniy stearati, natriy kraxmalglikolyat, suvdan holi kolloid kremniy dioksidi, natriy laurilsulfat.
  • Qo'llanilishi
    Yengil va o‘rtacha og‘riq sindromi quyidagi kasalliklarda: LOR a’zolari (faringit, tonzillit, otit); o‘t yo‘llari (o‘t kolikasi); siydik yo‘llari (buyrak kolikasi); bosh miya tomirlari (migren); ayollar jinsiy a’zolari (algodismenoreya, adneksit); tayanch-harakat apparati (revmatik artrit, psoriazik, yuvenil artrit, ankilozlovchi spondilit, podagrik artrit, osteoartroz, osteoxondroz); bo‘g‘imdan tashqari to‘qimalar (tendovaginit, bursit); nevralgiya, mialgiya; jarohatdan keyingi va operatsiyadan keyingi og‘riqlar; tish og‘rig‘i; isitma sindromi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; tarixda bronxospazm, eshakemi, o'tkir rinit yoki boshqa allergiya simptomlari, diklofenak, paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa YOKVQ (NPVS) qabul qilish natijasida; eroziv-yarali oshqozon-ichak trakti shikastlanishlari zo‘rayish bosqichida (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, noaniq yarali kolit); homiladorlik, laktatsiya; yosh 12 yoshgacha; qon hosil bo‘lishi funksiyasining buzilishi, surunkali obstruktiv nafas yo‘llari kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi; buyrak va jigar funksiyasining og‘ir buzilishlari; rangli ko‘rishning buzilishi; tug‘ma glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi.
  • Qo'llash usuli
    Og‘iz orqali. Tabletkalarni butun holda, chaynalmay, yetarli miqdorda suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Dozani shifokor har bir bemor uchun alohida, bemorning yoshi, kasallikning xususiyati va kechishi, individual o‘zlashtirish va preparatning terapevtik samaradorligiga qarab belgilaydi. Preparatni eng past samarali dozada va eng qisqa muddatda, har bir bemor uchun davolash maqsadlarini hisobga olgan holda qo‘llash kerak. Davolash boshida kattalar va 12 yoshdan katta tana vazni 60 kg dan ortiq bo‘lgan o‘smirlarga kuniga 2-3 tabletka Fumigan buyurish tavsiya etiladi. Preparatni ovqatdan oldin qabul qilish afzal. Oshqozon sezuvchanligi yuqori bo‘lsa, preparat ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kasallik simptomlari o‘rtacha bo‘lsa, shuningdek uzoq muddatli davolashda, odatda kuniga 2 tabletka - ertalab va kechqurun bittadan tabletka qabul qilish yetarli. Maksimal bir martalik doza - 2 tabletka. Preparatni qo‘llash muddati 5-7 kun. 12 yoshdan katta, tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga 1/2 tabletkadan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Har bir navbatdagi qabul oralig‘i kamida 4 soat bo‘lishi kerak. Kattalarda davolashning maksimal davomiyligi - 7 kun, bolalarda - 3 kun.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, noqulaylik hissi (epigastriy sohasida og‘riq va spazmlar), meteorizm, ishtahaning pasayishi. Kamdan-kam hollarda: ovqat hazm qilish tizimining eroziya-yarali shikastlanishlari, qon ketish, perforatsiya bilan asoratlanishi, aftoz stomatit, ezofagit. Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlikning oshishi. Kamdan-kam hollarda: sezgi buzilishlari (xiralashgan ko‘rish, diplopiya), quloqda shovqin, asabiylashish, tutqanoq, uyqu buzilishi, depressiya, xavotir hissi, psixik buzilishlar. Dermatologik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, pufakchali toshmalar, ekzema, eritrodermiya, soch to‘kilishi, fotosensibilizatsiya. Jigar funksiyasi tomonidan: jigar funksiyasi buzilishi, jumladan gepatit (sariqlik bilan yoki sariqliksiz). Qon hosil qilish tizimi tomonidan: ayrim hollarda: trombotsitopeniya, leykopeiya, agranulositoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ayrim hollarda - taxikardiya, ko‘krak sohasida og‘riq, arterial gipertenziya, dimiqishli yurak yetishmovchiligi. Allergik va immunopatologik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda: bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaksiyalar. Agar biron-bir noodatiy reaksiyalar yuzaga kelsa, preparatni keyingi qo‘llash bo‘yicha shifokor bilan albatta maslahatlashing.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Fumigan - bu og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi kombinatsiyalangan preparat. Ta'sir mexanizmi uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning farmakologik xususiyatlari bilan bog'liq. Diklofenak natriy nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita hisoblanadi. Siklooksigenazani (SOF1 va SOF2) neselektiv tarzda tormozlab, araxidon kislotasi almashinuvini buzadi va yallig'lanish o'chog'ida prostaglandinlar miqdorini kamaytiradi. Yallig'lanish xarakterli og'riqlarda eng samarali. Yallig'lanishga qarshi, analgezik va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi, trombotsitlar agregatsiyasiga to'sqinlik qiladi. Uzoq muddatli qo'llanganda desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi. Paratsetamol og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Og'riq qoldiruvchi ta'sir mexanizmi asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibitsiyalash bilan bog'liq.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Preparatni buyurishda oshqozon-ichak trakti eroziya-yara shikastlanishlari tarixi bo‘lgan bemorlarga, shuningdek, jigar, buyrak, gemopoez organlari funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Yuqori dozalarda preparat trombotsitlar agregatsiyasini bostirishi mumkin, shuning uchun gemostaz buzilishi bo‘lgan bemorlarni diqqat bilan kuzatish zarur. Preparatni keksalar yoshida, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniya, porfiriya bo‘lgan bemorlarda, shuningdek, jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng darhol ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparat bilan davolash vaqtida jigar, buyrak funksiyasi va periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur. Homiladorlik va laktatsiya davri Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash o‘rganilmagan. Diklofenak va paratsetamol ona sutiga o‘tadi, shuning uchun preparatni laktatsiya davrida buyurish zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak. Bolalar Preparat 12 yoshdan katta bolalarda qo‘llaniladi. Avtomobil haydash va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparatni qo‘llash vaqtida bosh aylanishi yoki ko‘rish buzilishi sezgan bemorlar avtomobil haydamasliklari yoki potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlamasliklari kerak.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Simptomlar: o‘ziga xos simptomlar yo‘q. Buyrak funksiyasining buzilishi yoki yuz, halqumning tezda shishishi, nafas qisishi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Davolash: me’da yuvish ko‘rsatilgan, SH-guruh donorlarini yuborish tavsiya etiladi. Vena ichiga kalsiy glyukonat yoki kalsiy xlorid yuborish, zarur bo‘lsa vena ichiga glyukokortikoidlar yuborish, faollashtirilgan ko‘mir tayinlash, shuningdek simptomatik terapiya o‘tkazish. Preparat tarkibida paratsetamol borligini hisobga olish kerak. 6 g dan ortiq paratsetamolni og‘iz orqali qabul qilish jigar og‘ir shikastlanishiga, hatto jigar komasiga olib kelishi mumkin. Intoksikatsiya belgilari (ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, jigar kattalashuvi, sariqlik) paydo bo‘lsa, darhol shifokor chaqirish va me’dani yuvish kerak. Noo‘rin reaksiya paydo bo‘lsa, preparatni keyingi qo‘llash bo‘yicha albatta shifokor bilan maslahatlashing.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Agar Siz boshqa biron-bir dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokorga xabar bering. Preparatni kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda buyurilganda qonda kaliy darajasi oshishi mumkin. Bunday dori vositalari birga qo‘llanilganda kaliy darajasini nazorat qilish zarur. Noposredstven antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganda qon ketishi rivojlanishi mumkin. Preparat qonda litiy, digoksin va siklosporin konsentratsiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ularni birga qo‘llashda oxirgi dorilarning dozasini tuzatish zarur. Preparatni metotreksat qabul qilishdan 24 soat oldin yoki keyin buyurishda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki bunday hollarda metotreksatning qondagi konsentratsiyasi oshishi va uning toksik ta’siri kuchayishi mumkin. Fenotiazinlar bilan birga qo‘llanganda haddan tashqari gipotermiya rivojlanishi mumkin, azidotimidin bilan esa neytropeniya yuzaga kelishi mumkin. Preparat xloramfenikolning toksikligini kuchaytiradi, noposredstven antikoagulyantlar, difenin, og‘iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik preparatlar ta’sirini kuchaytirishi, tiazidli diuretiklarning diuretik va natriyuretik effektini susaytirishi mumkin. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shuningdek, glyukokortikoidlar bilan birga qo‘llanganda nojo‘ya ta’sirlar tez-tez va kuchliroq namoyon bo‘ladi.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Elena
    ico ico ico ico ico
    Фумиган Табс 500 мг/50 мг №100 таблетки - настоящее спасение от гриппа. Рекомендую!
    06 August 2024
    0
    0
  • Diana
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, эффективно помог при борьбе с кашлем и заложенностью. Быстрая доставка от Oxymed.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico