-
Tarkibi
1 tabletka tarkibida:
Faol modda:
folat kislotasi - 0,0004 g.
Yordamchi moddalari:
laktoza monogidrat - 0,0936 g,
kremniy dioksid kolloid - 0,0005 g,
kopovidon - 0,0050 g,
magniy stearat - 0,0005 g.
-
Qo'llanilishi
Folat kislotasi yetishmovchiligi. Homiladorlikning I trimestrida homilada nerv naychasi nuqsonlarining rivojlanishini oldini olish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik; pernisioz anemiya, yomon sifatli o'smalar, kobalamin yetishmovchiligi, bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Ovqatdan keyin og'iz orqali qo'llaniladi. Folat kislotasi yetishmovchiligida - kuniga 400 mkg (1 tabletka).
Homiladorlikning I trimestrida homilada nerv naychasi nuqsonlarining rivojlanishini oldini olish uchun - 400 mkg - 800 mkg (1 - 2 tabletka).
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar (terida toshma, qichishish, bronxospazm, eritema, gipetermiya); me'da-ichak trakti tomonidan: ko'ngil aynishi, qorin dam bo'lishi, og'izda achchiqlik, anoreksiya.
Uzoq muddat qo'llanganda B12 gipovitaminozi rivojlanishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
V guruhi vitamini (vitamin V9, vitamin Vs), ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanishi mumkin. Organizmda tetrahidrofoliy kislotasigacha tiklanadi, u koenzim bo'lib, turli metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Megaloblastlarning normal yetilishi va normoblastlarning hosil bo'lishi uchun zarur. Eritropoezni stimulyatsiya qiladi, aminokislotalar (shu jumladan glitsin, metionin), nuklein kislotalar, pirimidinlar, purinlar, gistidin va xolin almashinuvining sintezida ishtirok etadi.
Farmakokinetikasi
Foliy kislotasi me'da-ichak traktida, asosan, o'n ikki barmoq ichakning yuqori bo'limlarida yaxshi va to'liq so'riladi. Deyarli to'liq plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Jigar hujayralarida dihidrofolatreduktaza fermenti ta'sirida faollashadi va tetrahidrofoliy kislotaga aylanadi. Qon plazmasida maksimal konsentratsiya (Smax) 30 - 60 daqiqada erishiladi.
Gematoensefalik va platsentar to'siqlardan o'tadi, ko'krak sutiga o'tadi. Asosan metabolitlar ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi; agar qabul qilingan doza foliy kislotasining sutkalik ehtiyojidan ancha oshsa, o'zgarmagan holda chiqariladi. Gemodializ yordamida chiqariladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Fenitoin samaradorligini pasaytiradi (uning dozasini oshirish talab qilinadi). Analgetiklar (uzoq muddatli davolash), tutqanoqka qarshi preparatlar (shu jumladan Fenitoin va karbamazepin). Estrogenlar, og'iz orqali qabul qilinadigan kontratseptivlar foliy kislotasiga ehtiyojni oshiradi. Antatsidlar, kolestiramin, sulfonamidler (shu jumladan sulfasalazin) foliy kislotasining so'rilishini pasaytiradi.
Metotreksat, pirimetamin, triamteren, trimetoprim dihidrofolatreduktazani ingibitsiya qiladi va foliy kislotasi ta'sirini pasaytiradi (bu preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarga foliy kislotasi o'rniga kalsiy folinat buyurilishi kerak). Xloramfenikol, neomitsin, polimiksinlar, tetratsiklinlar bilan bir vaqtda qo'llanganda foliy kislotasining so'rilishi pasayadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Gipovitaminozni oldini olish uchun eng maqbul usul muvozanatli ovqatlanishdir. Foliy kislotasiga boy mahsulotlar — yashil sabzavotlar (salat, ismaloq, pomidor, sabzi), yangi jigar, dukkaklilar, lavlagi, tuxum, pishloq, yong‘oqlar, don mahsulotlari.
Foliy kislotasi B12-etishmovchilik (pernitsioz), normotsitar va aplastik anemiyani, shuningdek, terapiyaga refrakter anemiyani davolash uchun qo‘llanilmaydi. Pernitsioz (B12-etishmovchilik) anemiyada foliy kislotasi gematologik ko‘rsatkichlarni yaxshilab, nevrologik asoratlarni yashiradi. Pernitsioz anemiya istisno qilinmaguncha, foliy kislotasini 100 mkg/kun dan ortiq dozalarda buyurish tavsiya etilmaydi (istisno — homiladorlik va laktatsiya davri).
Shuni yodda tutish kerakki, gemodializda bo‘lgan bemorlar foliy kislotasining ko‘proq miqdoriga muhtoj.
Davolash vaqtida antatsidlarni foliy kislotasi qabul qilingandan 2 soat o‘tib, kolestiramin esa foliy kislotasi qabulidan 4–6 soat oldin yoki 1 soat o‘tgach qabul qilish kerak. Shuni yodda tutish kerakki, antibiotiklar foliy kislotasi plazma va eritrotsitlardagi konsentratsiyasining mikrobiologik baholash natijalarini buzishi (atayin past ko‘rsatkichlar berishi) mumkin. Katta dozalarda foliy kislotasi qo‘llanganda, shuningdek, uzoq muddatli terapiyada, B12 vitamini konsentratsiyasi kamayishi mumkin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Uzoq muddat (1–2 oydan ko‘proq) davomida kuniga 1000 mkg dan ortiq dozalarda foliy kislotasi qo‘llanganda va vitamin-mineral komplekslari bilan birga qo‘llanganda yuzaga kelishi mumkin.