-
Tarkibi
5 ml siropda Paratsetamol 125 mg Xlorfeniramin maleat 2 mg mavjud
-
Qo'llanilishi
1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda shamollash va gripp simptomlarini davolash: burun oqishi, aksirish, shilliq qavat yallig‘lanishi, ko‘zdan yosh oqishi, tomoq og‘rig‘i, harorat, bosh va mushaklardagi og‘riqlar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga individual yuqori sezuvchanlik; jigar va/yoki buyrak funksiyasining buzilishi; 1 yoshgacha bo‘lgan yosh. Preparat diabet kasalligi, jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.
-
Qo'llash usuli
1 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda shamollash va gripp simptomlarini davolash: burun oqishi, aksirish, shilliq qavatning yallig'lanishi, ko'zdan yosh oqishi, tomoq og'rig'i, harorat, bosh va mushak og'rig'i.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat odatda bemorlar tomonidan yaxshi qabul qilinadi, ammo ba'zi hollarda quyidagi nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi qayd etilgan. Oshqozon-ichak tizimidan qayt qilish, qusish, epigastriyadagi og'riq, og'iz shilliq qavatining quruqligi. Qon hosil qilish tizimidan trombotsitopeniya, pancitopeniya, leykopeeniya, agranulotsitoz. Allergik reaksiyalar teri toshmasi, qichish, urtikariya, Kvinke shishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat, kompleks ta'sir ko'rsatadi. Paratsetamol analgetik, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi, asosan markaziy asab tizimida prostaglandinlar sintezini inhibe qilish hisobiga. Xlorfeniramin maleat antigistamin vosita, H1-retseptorlar antagonisti hisoblanadi. Gistamin ta'siri bilan bog'liq allergik reaksiyalar og'irligini kamaytiradi, kapillyarlarning o'tkazuvchanligini kamaytiradi, tomirlarni toraytiradi, burun bo'shlig'i, burun-halqum va burun yondosh bo'shliqlari shilliq qavatining shishishi va giperemiyasini bartaraf etadi. Mahalliy ekssudativ namoyonlarni kamaytiradi, o'rtacha bronxolitik ta'sir ko'rsatadi, ko'z va burundagi qichishish, yosh oqishini bartaraf etadi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparatni kodein, askorbin kislotasi, skopolamin, propifenazon va kofein bilan birga qo'llanganda paratsetamolning terapevtik ta'siri kuchayadi. Barbituratlar, etanol va tritsiklik antidepressantlar Flukold preparati bilan bir vaqtda qo'llanganda paratsetamolning yarim chiqarilish davrini oshiradi. Birga qo'llanganda preparat markaziy asab tizimini susaytiruvchi dori vositalarining, shu jumladan barbituratlar, etanol, sedativ dori vositalari va benzodiazepin qatoridagi trankvilizatorlarning ta'sirini kuchaytiradi. Flukold preparatini boshqa paratsetamol saqlovchi dori vositalari bilan birga qo'llash mumkin emas.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Agar yuqori harorat yoki og'riq 3 kun davomida o'tmasa, shifokorga murojaat qilish zarur. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning yuqori dozalari qo'llanilganda bemorlarda ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og'riq, qo'llar titrashi, taxikardiya, bosh og'rig'i, uyqu buzilishi kuzatiladi. Doza yanada oshirilganda buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Davolash: oshqozonni yuvish, enterosorbentlar qabul qilish va simptomatik terapiya o'tkazish. Paratsetamol bilan zaharlanganda N-atsetilsistein yuborish va metioninni peroral qabul qilish buyuriladi. Preparatning dozasi oshib ketganida davolash shifokor nazorati ostida statsionar sharoitda o'tkazilishi kerak.