-
Qo'llanilishi
Flukosol quyidagi kasalliklarni davolash uchun qo'llaniladi:
- Kriptokokkoz: kriptokokk meningiti, kriptokokk infeksiyalari o'pka va terida; OIV bilan kasallangan bemorlarda, organ ko'chirib o'tkazilgan yoki boshqa immunodefitsit holatlarida kriptokokkozning qaytalanishini oldini olish.
- Generalizatsiyalashgan kandidoz: kandidemiya, dissemine kandidoz va boshqa invaziv kandidoz infeksiyalari shakllari (qorin bo'shlig'i, endokard, ko'z, nafas va siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari). Shilliq qavatlarning kandidozi: og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach va invaziv bo'lmagan bronx-o'pka infeksiyalari, kandiduriya.
- Vaginal kandidoz - o'tkir yoki surunkali qaytalanuvchi shaklda.
- Sitostatiklar yoki nurlanish terapiyasi natijasida bunday infeksiyalarga moyil bo'lgan yomon sifatli o'smalari bo'lgan bemorlarda zamburug'li infeksiyalar profilaktikasi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Flukosolni qo'llash preparatga yoki tuzilishi jihatidan yaqin bo'lgan azol birikmalariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarga mumkin emas.
Terfenadin, astemizol va tsizapridni bir vaqtda qo'llash mumkin emas.
Laktatsiya davrida mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan:
Jigar yetishmovchiligi, Flukosol qo'llanilganda yuzaki zamburug'li infeksiya va invaziv/sistemali zamburug'li infeksiyali bemorlarda toshma paydo bo'lishi, aritmiyani chaqiruvchi potentsial holatlar (yurakning organik kasalliklari, elektrolit muvozanatining buzilishi, aritmiya chaqiruvchi dori vositalarini birga qabul qilish) bo'lgan bemorlarda, homiladorlik.
-
Qo'llash usuli
Flukosol in'ektsiya uchun eritma ko‘pi bilan 20 mg (10 ml) daqiqada tezlikda tomchilab vena ichiga yuboriladi. Vena ichiga yuborishdan kapsulani qabul qilishga va aksincha o‘tganda sutkalik doza o‘zgartirilishi shart emas.
Infuzion eritma quyidagi erituvchilar bilan mos keladi: 20% glyukoza eritmasi, Ringer eritmasi, Hartman eritmasi, glyukozadagi kaliy xlorid eritmasi, aminofozin, izotonik natriy xlorid eritmasi. Flukosol infuziyalarini yuqorida sanab o‘tilgan suyuqliklardan birini ishlatgan holda oddiy transfuziya to‘plamlari yordamida o‘tkazish mumkin.
Dori vositasining optimal dozasini davolovchi shifokor belgilaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, diareya, meteorizm, qorin og'rig'i, ta'm sezishning o'zgarishi, qusish, kamdan-kam hollarda - jigar funksiyasining buzilishi (sariqlik, gipierbilirubinemiya, aminotransferazalar va shilali fosfataza faolligining oshishi, gepatit, gepatosellyulyar nekroz), shu jumladan o'lim bilan yakunlanishi mumkin. Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, kamdan-kam hollarda - tutqanoq. Qon yaratuvchi organlar tomonidan: kamdan-kam hollarda - leyopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulositoz. Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, kamdan-kam hollarda - ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaksiyalar (shu jumladan angionevrotik shish, yuz shishi, eshakemi, teri qichishishi). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: Q-T intervalining uzayishi, qorinchalarning fibrillyatsiyasi/titrashi. Boshqalar: kamdan-kam hollarda - buyrak funksiyasining buzilishi, alopesiya, giperxolesterinemiya, gipertigliseridemiya, gipokaliemiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Flukosol - triazol sinfiga mansub zamburug'larga qarshi vosita bo'lib, zamburug' hujayrasida sterollar sintezining selektiv ingibitori hisoblanadi.
Dori Candida spp., Cryptococcus neoformans, Microsporum spp., Trichophyton spp., Blastomyces dermatidis, Coccidioides immitis va Histoplasma capsulatum tomonidan chaqirilgan mikozlarda faol.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Immunodepressiyali bemorlarda teri toshmalari paydo bo'lsa, diqqat bilan kuzatish zarur, agar teri reaksiyasi kuchaysa, davolashni to'xtatish kerak (Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi rivojlanish xavfi).
Dorini bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Antikoagulyantlar: Flukosol va kumarinli antikoagulyantlarni qabul qilayotgan bemorlarda protrombin vaqti diqqat bilan nazorat qilinishi kerak, chunki u oshishi mumkin.
Peroral gipoglikemik vositalar (sulfonilmochevina hosilalari): Flukosol sulfonilmochevina hosilalarining yarim chiqarilish davrini uzaytirishi mumkin, shuning uchun ularni birga qo‘llashda gipoglikemiya rivojlanish ehtimoli hisobga olinishi kerak.
Fenitoin: Flukosol va fenitoinni bir vaqtda qo‘llash fenitoin konsentratsiyasining klinik ahamiyatli darajada oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa uning dozasini kamaytirishni talab qiladi.
Rifampitsin: Rifampitsin va Flukosolni birga qabul qilganda, Flukosolning maksimal konsentratsiyasi va yarim chiqarilish davri kamayadi, shuning uchun birga qo‘llash zarur bo‘lsa, Flukosol dozasini oshirish kerak.
Rifabutin: Flukosol va rifabutinni birga qo‘llashda rifabutinning zardobdagi darajasi oshadi, uveit rivojlanishi mumkin.
Siklosporin: Flukosol va siklosporinni birga qo‘llashda, siklosporinning qon zardobidagi konsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi, chunki u oshishi mumkin.
Terfenadin va astemizol: Azol guruhiga mansub zamburug‘ga qarshi vositalarni terfenadin yoki astemizol bilan birga qabul qilgan bemorlarda hayot uchun xavfli og‘ir aritmiyalar kuzatilganligi sababli, ularni birga qabul qilish mumkin emas.
Cisaprid: Flukosol va cisapridni birga qabul qilganda yurak tomonidan nojo‘ya reaksiyalar, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi paroksizmlari holatlari qayd etilgan. Birga qabul qilish mumkin emas.
Zidovudin: Birga qo‘llashda zidovudinning plazmadagi konsentratsiyasi oshishi mumkin. Bunday kombinatsiyani qabul qilayotgan bemorlarni zidovudin nojo‘ya ta’sirlarini aniqlash uchun kuzatish kerak.
Teofillin: Flukosol qabul qilish teofillinning plazmadan klirensining o‘rtacha tezligini kamaytiradi, natijada teofillinning toksik ta’siri va dozani oshirib yuborish xavfi oshadi.
Garchi farmatsevtik nomutanosiblikning aniq ko‘rinishlari tavsiflanmagan bo‘lsa-da, Flukosol eritmasini boshqa preparatlar eritmalari bilan infuziya oldidan aralashtirish tavsiya etilmaydi. Flukosolni sitoxrom R450 tizimi orqali metabolizatsiyalanadigan boshqa preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
-
Saqlash shartlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, +10 dan +25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Muzlatishga yo‘l qo‘yilmasin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: gallyutsinatsiyalar, paranoidal xatti-harakatlar. Preparatning dozasi oshib ketganda simptomatik davolash yetarli bo‘lishi mumkin. Flukosol asosan buyraklar orqali chiqariladi: majburiy diurez, ehtimol, preparatning organizmdan chiqarilishini tezlashtirishi mumkin. Uch soatlik gemodializdan so‘ng Flukosolning qon plazmasidagi konsentratsiyasi taxminan 50% ga kamayadi.