-
Tarkibi
1 ml eritmada quyidagilar mavjud:
faol modda: flukonazol – 2 mg;
yordamchi modda: natriy xlorid – 9 mg, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.
-
Qo'llanilishi
Tizimli zamburug‘li infeksiyalar.
Tizimli kandidoz: kandemiya, dissemine kandidoz (endokard, qorin bo‘shlig‘i organlari, nafas olish organlari, siydik-jinsiy tizim, ko‘zlar mikozlari). Cryptococcus zamburug‘lari keltirib chiqargan tizimli zararlanishlar, masalan, nafas olish organlari va tashqi qoplamalar (teri va shilliq qavatlar zararlanishi), shuningdek, kriptokokkli meningit.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va emizish davrlari.
-
Qo'llash usuli
Flukonazolning sutkalik dozasi infeksiya xarakteri va og‘irligiga bog‘liq.
Davolashni erta to‘xtatish relapslarga olib keladi. OIV bilan kasallangan bemorlarda kriptokokkli meningit, shuningdek, qaytalanadigan orofaringeal kandidoz, odatda, uzoq muddatli davolashni talab qiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Flukanol-SEEM odatda yaxshi ko‘tariladi. Biroq, nojo‘ya ta’sirlar orasida eng ko‘p bosh og‘rig‘i, qorin og‘rig‘i, diareya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qusish, jigar toksik shikastlanishi (laborator ko‘rsatkichlar o‘zgarishi – ishqoriy fosfataza, bilirubin, aminotransferazalar darajasining oshishi) va gepatit rivojlanishi kuzatilishi mumkin. Shuningdek, bosh aylanishi, tutqanoq; alopesiya, eksfoliativ teri reaksiyalari; leykotsitlar sonining o‘zgarishi (neytropeniya, agranulositoz), qon trombotsitlari, allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, yuzning shishishi, anafilaksiya), xolesterin, triglitseridlar, qondagi kaliy darajasining oshishi; ta’m sezgilarining o‘zgarishi ham kuzatilishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Flukanol-SEEM – bu umumiy ta'sirga ega bo‘lgan bis-triazol turidagi zamburug‘larga qarshi preparat. Preparatning zamburug‘larga qarshi ta'sir mexanizmi zamburug‘ hujayra membranasini qurish uchun zarur bo‘lgan ergosterol biosintezini aniq tormozlashdan iborat.
Preparat Candida va Cryptococcus neoformans turidagi zamburug‘lar keltirib chiqargan tizimli infeksiyalarda samarali. Gematoentsefalik to‘siqdan o‘tadi, shuning uchun zamburug‘li meningitda muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin. Histoplasma capsulatum, Blastomyces derntatitidis, Coccidioides immitis (shu jumladan bosh ichidagi infeksiyalarda) qo‘zg‘atuvchilari keltirib chiqargan infeksiyalarda, shuningdek, Microsporia va Trichophyton turidagi zamburug‘lar keltirib chiqargan infeksiyalarda samarali.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolashni ekish natijalari yoki boshqa laborator ko‘rsatkichlar bo‘lmasa ham boshlash mumkin, biroq ular mavjud bo‘lsa, fungitsid terapiyani mos ravishda tuzatish tavsiya etiladi. Ba'zan anafilaktik reaksiya yuzaga kelishi mumkin. Flukonazol bilan davolash vaqtida jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari oshgan bemorlar jigar kasalligini aniqlash uchun shifokor tomonidan sinchkov tekshiruvdan o‘tishi kerak. Og‘ir gepatotoksik reaksiyalar kamdan-kam uchragan va ularning flukonazol bilan davolashga bog‘liqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, jigar kasalligiga ishora qiluvchi simptomlar paydo bo‘lsa, flukanazol qabul qilishni to‘xtatish kerak. Flukonazolning gepatotoksik ta'siri odatda qaytar; simptomlar davolash tugagandan so‘ng yo‘qoladi.
Agar immunodspressiv holatdagi bemorlarda flukonazol bilan davolash davomida terida toshma paydo bo‘lsa, sinchkov tekshiruv o‘tkazish va teri reaksiyasi yomonlashganda flukonazol bilan davolashni to‘xtatish kerak (Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, pufakli o‘zgarishlar, polimorf eritema yuzaga kelishi mumkinligi sababli).