Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi, tomirlarni toraytiruvchi, zamburug‘larga qarshi va antibakterial ta’sir ko‘rsatadi.
Betametazon - GKS, mahalliy qo‘llanganda tomirlarni toraytiradi, qichishishni bartaraf etadi, yallig‘lanish mediatorlari, IL-1 va IL-2, γ-interferon (limfotsitlar va makrofaglardan) ajralishini kamaytiradi, gialuronidaza faolligini susaytiradi va tomir devorining o‘tkazuvchanligini pasaytiradi. Sitoplazmadagi maxsus retseptorlar bilan o‘zaro ta’sir qiladi, oqsillar, jumladan, lipokortin hosil bo‘lishini induktsiyalovchi mRNK sintezini rag‘batlantiradi. Lipokortin fosfolipaza A2 faolligini susaytiradi, araxidon kislota ajralishini va PG, LT biosintezini bloklaydi (yallig‘lanish, allergiya va boshqa patologik jarayonlarning rivojlanishiga yordam beruvchi).
Gentamitsin - aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta’sir doirasiga ega antibiotik, bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Grammanfiy mikroorganizmlar yuqori sezuvchan: Proteus spp. (indolmusbat va indolmanfiy), Escherichia coli, Klebsiella spp., Salmonella spp., Shigella spp., Campylobacter spp., Staphylococcus spp. (metitsillinrezistent). Sezuvchan: Enterococcus faecalis, Serratia spp., Pseudomonas spp., Acinetobacter spp., Citrobacter spp. Rezistent: Neisseria meningitidis, Treponema pallidum, anaerob mikroblar: Streptococcus spp. (Streptococcus Pneumoniae dan tashqari), Enterococcus faecalis; Providencia rettgeri.
Klotrimazol - imidazol hosilalari guruhiga mansub mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vosita. Ta’siri ergosterol sintezi buzilishi hisobiga yuzaga keladi, u zamburug‘ hujayra membranasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Keng ta’sir doirasiga ega. Dermatofitlar, mog‘or zamburug‘lari, Candida turi zamburug‘lari, Malassezia furfur, Corynebacterium minutissimum, Streptococcus spp., Staphylococcus spp., Trichomonas vaginalis ga nisbatan samarali.