-
Tarkibi
1 ml eritma tarkibida:
faol moddalari: arginin gidroxloridi - 42 mg, levokarnitin - 20 mg;
yordamchi modda: inyektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
Ishemik yurak kasalligi, o‘tkir miokard infarkti va o‘tkir miokard infarktini boshdan kechirgan holatlar, stenokardiya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik.
Buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari, giperkhloremik atsidoz, anamnezda allergik reaksiyalar, kaliy tejovchi diuretiklar, shu jumladan spironolakton qo'llanilishi.
-
Qo'llash usuli
Preparat tomir ichiga tomchilab, dastlabki 10-15 daqiqa davomida daqiqasiga 10 tomchi tezlikda yuboriladi, so‘ngra yuborish tezligini daqiqasiga 30 tomchigacha oshirish mumkin.
Kunlik doza - 100 ml.
Bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Umumiy buzilishlar: gipertermiya, issiqlik hissi, badan og‘rig‘i.
Mushak-tayoq tizimi tomonidan: bo‘g‘imlarda og‘riq.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, diareya.
Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan: yuborish joyida o‘zgarishlar, shu jumladan giperemiya, qichishish, terining oqarishi, akrosianozgacha.
Immun tizimi tomonidan: gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan toshma, eshakemi, angionevrotik shish.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosim o‘zgarishi, yurak ritmi o‘zgarishi, yurak sohasida og‘riq.
Asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘rquv hissi, holsizlik, tutqanoq, tremor, ko‘proq yuborish tezligi oshirilganda.
-
Farmakologik xususiyatlari
Levargin faol moddalari sifatida aminokislotalar levokarnitin va arginin gidroxloridni o‘z ichiga oladi.
Arginin (a-amino-b-guanidino valerian kislotasi) – aminokislota bo‘lib, shartli ravishda almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar sinfiga kiradi va organizmning ko‘plab hayotiy muhim funksiyalarining faol va ko‘p qirrali hujayra regulyatori hisoblanadi, organizmning kritik holatida muhim protektorlik effektlarini namoyon qiladi.
Arginin antigipoksik, membranostabilizatsiyalovchi, tsitoprotektor, antioksidant, antiradikal, detoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi, oraliq almashinuv va energiya ta’minoti jarayonlarining faol regulyatori hisoblanadi. Prolin, poliamin, agmatin sintezida ishtirok etadi, fibrinogen lizi, spermatogenez jarayonlariga qo‘shiladi, membrana depolyarizatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Arginin NO-sintaza uchun substrat hisoblanadi – bu ferment epiteliyotsitlarda azot oksidi sintezini katalizlaydi. Aterosklerotik blyashkalar hosil bo‘lishi va rivojlanishini oldini oladi, kuchli vazokonstriktor va qon tomir devorining silliq mioyitlari proliferatsiyasi va migratsiyasi stimulyatori bo‘lgan endotelina-1 sintezini bostiradi. Levokarnitin esa energetik metabolizmda, shuningdek, keton tanachalari metabolizmida ishtirok etuvchi tabiiy modda hisoblanadi. Faqat karinitinning L-izomeri biologik faol hisoblanadi.
Levokarnitin uzun zanjirli yog‘ kislotalarini mitoxondriyaga tashish uchun zarur bo‘lib, ularning keyingi beta-oksidlanishi va energiya hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Yog‘ kislotalari barcha to‘qimalar, bundan tashqari, miya uchun energetik substrat sifatida ishlatiladi. Skelet mushaklari va miokardda yog‘ kislotalari energiya olish uchun asosiy substrat hisoblanadi.
Levokarnitin yurak metabolizmida muhim rol o‘ynaydi, chunki yog‘ kislotalarining oksidlanishi ushbu moddaning yetarli miqdoriga bog‘liq. Levokarnitinning turli induktsiyalangan yurak buzilishlarida ijobiy ta’siri aniqlangan: o‘tkir va surunkali ishemiya, yurak faoliyatining dekompensatsiyasi, miokardit natijasida yurak yetishmovchiligi, dori vositalari bilan bog‘liq kardiotoksiklik (taksanlar, adriamitsin va boshqalar).
Levokarnitin murakkab tioefirlardan koenzim-A ni ajratib chiqarib, uglevodlarning Krebs siklida oksidlanishini kuchaytiradi, glikolizning asosiy fermenti bo‘lgan piruvat degidrogenaza faolligini stimulyatsiya qiladi, skelet mushaklarida esa tarmoqlangan zanjirli aminokislotalarning oksidlanishini kuchaytiradi. Shunday qilib, levokarnitin to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ko‘plab energetik jarayonlarda ishtirok etadi, uning mavjudligi yog‘ kislotalari, aminokislotalar, uglevodlar va keton tanachalarining oksidlanishi uchun zarurdir.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda infuziya boshlanishidan oldin diurez va qonda kaliy darajasini tekshirish zarur, chunki preparat giperkaliemiyaning rivojlanishiga yordam berishi mumkin.
Preparat endokrin bezlar funksiyasi buzilgan hollarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Preparat insulin va o‘sish gormoni sekretsiyasini stimulyatsiya qilishi mumkin.
Og‘iz qurishi paydo bo‘lsa, qondagi shakar darajasini tekshirish zarur.
Elektrolit almashinuvi buzilishlari, buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Agar preparat qabul qilish fonida asteniya simptomlari kuchaysa, davolashni to‘xtatish zarur.
Levokarnitin glyukozaning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, shuning uchun Levarjin preparatini qandli diabet bilan og‘rigan, qand miqdorini pasaytiruvchi preparatlar qabul qilayotgan bemorlarda qo‘llash gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin.
Bunday hollarda qonda glyukoza darajasini muntazam nazorat qilish vaqti-vaqti bilan terapiyani to‘g‘rilash uchun zarur.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Levarjin preparatini homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas. Preparatning ko‘krak suti orqali ajralishi va homilaga ta’siri haqida ma’lumotlar noma’lum.
Shuning uchun homiladorlik va emizish davrida preparat faqat onaga kutilayotgan foyda homilaga bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lsa, buyuriladi.
Transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ayrim hollarda markaziy asab tizimi tomonidan ayrim nojo‘ya reaksiyalar avtotransport boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Levargin preparatini qo'llashda, preparat spironolakton qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda buyrak yetishmovchiligi fonida yaqqol va barqaror giperkaliemiyani chaqirishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Kaliyni tejovchi diuretiklarni oldindan qo'llash ham qonda kaliy konsentratsiyasi darajasining oshishiga yordam berishi mumkin.
Aminofillin bilan bir vaqtda qo'llanganda qonda insulin darajasining oshishi mumkin.
Glyukokortikoidlarni bir vaqtda qo'llash levokarnitinning organizm to'qimalarida (jigar bundan mustasno) to'planishiga olib keladi.
Boshqa anabolik vositalar preparatning ta'sirini kuchaytiradi.
Mos kelmaslik: preparat tiopental bilan mos kelmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.