-
Tarkibi
Tabletkalar - 1 tab.:
Faol modda: Pankreatin 116,17 mg minimal fermentativ faollik bilan: amilaza 4200 ED. Ph.Eur., lipaza 3500 ED.RI. Eur., proteaza 250 ED.RI.Eur.
Yordamchi modda: laktosa monogidrat, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearat, kolloid kremniy dioksid, natriy karboksimetilkrakhmal.
Qobiq: gipromelloza, makrogol 6000, titan dioksid, atsetatftalattsellyuloza, dietilftalat, azorubin (karmoyzin), oq asalari mumi.
-
Qo'llanilishi
Me'da-ichak trakti kasalliklarida ovqat hazm qilish buzilishi bilan kechadigan oshqozon osti bezining ferment (ekzokrin) funksiyasi buzilishi.
Me'da-ichak trakti funksiyasi normal bo'lgan bemorlarda ovqatlanishda xatoliklar bo'lsa, ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
o‘tkir pankreatit yoki surunkali pankreatitning zo‘rayishi. Biroq, ovqat hazm qilish buzilishi belgilari bo‘lsa, ratsion kengaytirilganda sustlashayotgan zo‘rayish bosqichida qo‘llash mumkin;
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun);
Laktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi (preparat tarkibida laktoza monogidrat mavjud).
-
Qo'llash usuli
Enzistal®-P preparatining dozasini ovqat hazm qilish darajasiga qarab individual tarzda belgilaydi.
Kattalar: ovqatdan oldin 1 - 2 tabletka ichga, chaynalmay va suv bilan ichiladi (Enzistal®-P preparatining samaradorligi chaynalganda kamayishi mumkin va pankreatik fermentlar ajralib chiqqanda og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini tirnashi mumkin).
Zarur bo'lsa, ovqat paytida qo'shimcha ravishda yana 2-4 tabletka qabul qilinadi.
Agar pankreatin yuqori dozasi talab qilinsa, simptomatikaga qarab (masalan, steatoriya, qorin og'rig'ining kamayishi) yuqori doza buyurish uchun shifokor maslahati zarur.
Davolash davomiyligi bir necha kundan (ovqatlanishdagi xatolik tufayli ovqat hazm qilish buzilganda) bir necha oy va hatto yillargacha (doimiy o'rinbosar terapiya zarur bo'lsa) bo'lishi mumkin.
Bolalarda preparat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llaniladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Quyidagi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar uchrashish chastotasining kamayish tartibida keltirilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100, <1/10), kamdan-kam (≥ 1/1000, <1/100), juda kam (≥ 1/10000, <1/1000), juda noyob (<1/10000), chastotasi noma’lum (mavjud ma’lumotlarga ko‘ra baholab bo‘lmaydi).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda noyob - darhol yuzaga keladigan allergik reaksiyalar; chastotasi noma’lum - preparat komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin (qarang «Tarkibi» bo‘limi),
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: juda noyob - ovqat hazm qilish tizimining yuqori sezuvchanligi (masalan, diareya, epigastral noqulaylik, ko‘ngil aynishi).
-
Farmakologik xususiyatlari
Pankreatin cho'chqa oshqozon osti bezidan olingan kukun hisoblanadi. Pankreatik fermentlar (proteaza, amilaza, lipaza) proteolitik, amilolitik va lipolitik ta'sir ko'rsatadi va oqsillar, yog'lar, uglevodlarning parchalanishiga yordam beradi, me'da-ichak trakti (MITr) funksional holatini yaxshilaydi, shu tariqa ovqat hazm qilish jarayonlarini normallashtiradi. Faol tripsin tomonidan yuqori ingichka ichakda oshqozon osti bezi sekretsiyasining teskari aloqa bo'yicha inhibitsiyasi taxmin qilinadi. Ba'zi hollarda ta'riflangan pankreatin preparatlarining analgetik ta'siri ushbu effekt bilan bog'lanadi.
Pankreatik fermentlar me'da-ichak traktida so'rilmaydi, ichak orqali chiqariladi, ularning katta qismi ovqat hazm qilish shiralari ta'sirida denaturatsiyalanadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Enzistal®-P preparati faol fermentlarni o'z ichiga oladi, ular og'iz bo'shlig'ida, masalan, chaynalganda, ajralib chiqqanda og'iz bo'shlig'i shilliq qavatiga zarar yetkazishi mumkin (hatto yara paydo bo'lishigacha). Shuning uchun tabletkani butun holda yutish kerak. Enzistal®-P preparati transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz ta'sir ko'rsatadi. Homiladorlik va emizish davrida preparat faqat onaga kutilayotgan foyda homila yoki bolaga bo'lgan potentsial xavfdan yuqori bo'lsa buyuriladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Folat kislotasining so'rilishi kamayishi mumkin, bu pankreatin bilan bir vaqtda qo'llanganda qo'shimcha qabul qilishni talab qilishi mumkin. Og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik vositalar (akarboza, miglitol) ta'siri, uglevodlarni parchalovchi ovqat hazm qilish fermentlarini o'z ichiga olgan preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanganda kamayishi mumkin (masalan, amilaza).