Farmakologik xususiyatlari
Engilen - bu tarkibida quyidagi quruq ekstraktlar mavjud bo‘lgan dietik qo‘shimcha: artishok barglari (Cynara scolymus L.), silliq mariyano o‘simligi mevalari (Silybum marianum), uzun zerdecho‘p rizomasi (Curcuma longa L.).
Artishok barglari ekstrakti (Cynara scolymus L.) o‘t haydovchi va diuretik xususiyatlarga ega. O‘t ajralishining kuchayishi ovqat hazm qilish buzilishining simptomlarini yengillashtiradi, yog‘larning hazm bo‘lishiga yordam beradi va kislotalarga sezgir ichak shilliq qavatini himoya qiladi. O‘n ikki barmoqli ichakka tushadigan o‘t kislotalari ichak peristaltikasini rag‘batlantiradi, ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi. Ushbu ta’sir flavonoidlar, tsinarin, xlorogen kislotasi, kofeilxin kislotasi, jigar ajratish funksiyasini rag‘batlantiruvchi moddalar, shuningdek, achchiqliklar va seskviterpen laktonlar bilan bog‘liq deb hisoblanadi.
Artishok ekstrakti qabul qilinishi natijasida qonda triglitseridlar va xolesterin darajasi pasayadi, bunda past zichlikdagi lipoproteinlar fraksiyasi darajasi tezroq pasayadi.
Artishok ekstrakti komponentlari xolesterin eliminatsiyasini kuchaytirishi mumkin, bir tomondan o‘t ajralishini rag‘batlantirib, boshqa tomondan xolesterin sintezini bostiradi. Makro- va mikroelementlar (kalsiy, kaliy, magniy, temir), vitaminlar (askorbin kislotasi, karotin, B1 va B2 vitaminlari), inulin, artishok barglari ekstrakti tarkibiga kiruvchi, almashinuv jarayonlarini normallashtirishga yordam beradi.
Silliq mariyano o‘simligi mevalarida (Silybum marianum) mavjud bo‘lgan biologik faol moddalar – flavonoid silimarin va uning asosiy izomeri silibinin – gepatoprotektor, o‘t haydovchi, xoleretik va membranani barqarorlashtiruvchi xususiyatlarga ega, ya’ni: jigar almashinuv jarayonlarini normallashtiradi, gepatotsitlarning atrof-muhitning salbiy omillariga chidamliligini oshiradi, jigar parenximasi va uning fiziologik funksiyalarining tezroq tiklanishiga yordam beradi, shuningdek, o‘t hosil bo‘lishi va ajralishini, me’da-ichak trakti sekretor va harakat funksiyalarini kuchaytiradi.
Uzun zerdecho‘p rizomasi ekstrakti (Curcuma longa L.), tarkibida kurkumin mavjud bo‘lib, u o‘t haydovchi (xoleretik va xolekinetik) va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega, o‘tning xolesterin bilan to‘yinganligini kamaytiradi.