Nojo´ya ta´sirlar
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan kamroq 2% - arterial gipotenziya, ortostatik gipotenziya, hushdan ketish, ayrim hollarda – miokard infarkti, insult, ko'krak sohasida og'riq, yurak urishining tezlashuvi, yurak ritmining buzilishi, stenokardiya, Reyno sindromi. Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan eng ko'p uchraydigan – bosh aylanishi, bosh og'rig'i, 2–3% hollarda – charchoqlik, asteniya, ayrim hollarda – depressiya, ongning chalkashligi, uyquchanlik, uyqusizlik, qo'zg'aluvchanlik, paresteziya, quloqda shovqin, ko'rishning noaniqligi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan kamroq 2% – ko'ngil aynishi, diareya, ayrim hollarda – ichak tutilishi, pankreatit, jigar yetishmovchiligi, gepatit (gepatotsellyulyar yoki xolestatik), sariq kasalligi, qorin sohasida og'riq, qusish, dispepsiya, qabziyat, anoreksiya, stomatit, ta'm bilishning buzilishi, glossit, jigar transaminazalari faolligining va plazmadagi bilirubin kontsentratsiyasining oshishi (odatda qaytuvchan xarakterga ega). Nafas olish tizimi tomonidan kamroq 2% – yo'tal, ayrim hollarda – o'pka infiltratlari, bronxospazm, bronxial astma, nafas qisishi, rinoreya, tomoqda og'riq, ovozning xirillashi. Siydik ajratish tizimi tomonidan kamdan-kam – buyrak funksiyasining buzilishi, buyrak yetishmovchiligi, oliguriya, siydikda mochevina va kreatin miqdorining oshishi (odatda qaytuvchan xarakterga ega). Allergik reaksiyalar kamroq 2% – teri toshmasi, kamdan-kam – angionevrotik shish (yuz, qo'l-oyoq, lab, til, ovoz yorig'i va/yoki hiqildoq), ayrim hollarda – ko'p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, toshma. Murakkab simptomokompleks rivojlanishi mumkin: isitma, serozit, vaskulit, mialgiya/miosit, artralgiya/artrit, antinuklear antitellarga ijobiy test, SOE oshishi, eozinofiliya va leykotsitoz. Qon yaratish tizimi tomonidan gemoglobin va gematokrit darajasining pasayishi mumkin, ayrim hollarda – neyropeniya, trombotsitopeniya, agranulositoz. Dermatologik reaksiyalar ayrim hollarda – terlashning kuchayishi, pemfigus, qichishish, toshma, alopesiya, fotosensibilizatsiya, yuz terisining qizarishi. Laborator ko'rsatkichlar tomonidan giperqaliemiya va giponatriemiya rivojlanishi mumkin. Boshqalar kamroq 2% – mushaklarda tutqanoq, ayrim hollarda – impotensiya. Umuman olganda, enalapril yaxshi o'zlashtiriladi. Nojo'ya ta'sirlar umumiy tez-tezligi platsebo buyurilgandagi darajadan oshmaydi. Ko'p hollarda nojo'ya ta'sirlar ahamiyatsiz, vaqtinchalik va davolashni to'xtatishni talab qilmaydi.
Maxsus ko'rsatmalar
Enalaprilni chap qorincha yurakdan qon chiqishi qiyin bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Enalapril bilan davolash vaqtida yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qon bosimi va buyrak funksiyasini tizimli nazorat qilish zarur. Diuretiklar qabul qilayotgan bemorlarda, imkon qadar, enalapril bilan davolashni boshlashdan oldin diuretiklar dozasini kamaytirish kerak. Enalaprilning birinchi dozasini qabul qilgandan keyin arterial gipotenziya rivojlanishi preparatni qabul qilishni to‘xtatish zarurligini anglatmaydi. Davolash davrida qonda kaliy miqdorini ham nazorat qilish kerak. Arterial gipotenziya ko‘proq gipovolemiya fonida rivojlanadi, masalan, diuretiklar bilan davolash, tuz iste’molini cheklash, gemodializda bo‘lgan bemorlarda, shuningdek diareya yoki qusish natijasida. Xuddi shunday, yurak ishemik kasalligi va miya tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarni ham kuzatib borish kerak, chunki qon bosimining keskin pasayishi miokard infarkti yoki insultga olib kelishi mumkin. Agar gipotenziya doimiy tus olsa, diuretik va/yoki enalapril dozasini kamaytirish va/yoki davolashni to‘xtatish kerak. Ba’zi bemorlarda enalapril bilan davolash boshlanganidan keyin rivojlangan arterial gipotenziya buyrak funksiyasining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Ba’zi bemorlarda ikki tomonlama buyrak arteriyasi stenozida yoki yagona buyrak arteriyasi stenozida qonda mochevina va kreatinin miqdori oshgan. O‘zgarishlar qaytar bo‘lgan va davolash to‘xtatilgandan so‘ng ko‘rsatkichlar normaga qaytgan. Bunday o‘zgarishlar, asosan, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtimol. APF ingibitorlari, jumladan enalapril buyurilganda, yuz, qo‘l-oyoq, lab, til, ovoz yoriqlari va/yoki hiqildoqning angionevrotik shishi davolashning turli davrlarida kamdan-kam hollarda kuzatilgan. Bunday hollarda enalapril bilan davolashni darhol to‘xtatish va bemorni simptomlar to‘liq yo‘qolguncha doimiy kuzatib borish kerak. Agar shish faqat yuz va lab sohasida bo‘lsa, odatda maxsus davolash talab qilinmaydi, antigistamin preparatlar bemorning ahvolini yaxshilaydi. Agar shish til, ovoz yorig‘i yoki hiqildoq sohasida joylashgan bo‘lsa va nafas yo‘llarining obstruksiyasiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, tezda davolashni boshlash kerak, bu p/k epinefrin (adrenalin) eritmasi 0,1% (0,3 – 0,5 ml) in’ektsiyasi va/yoki nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash choralarini o‘z ichiga oladi. Negroid irqiga mansub bemorlarda APF ingibitorlarini qabul qilganda angionevrotik shish boshqa irqlarga qaraganda ko‘proq kuzatilgan. Kamdan-kam hollarda APF ingibitorlarini qabul qilayotgan bemorlarda membranali qanotli hasharotlar zaharidan allergen bilan giposensibilizatsiya o‘tkazishda hayot uchun xavfli og‘ir anafilaktoid reaksiyalar rivojlangan. Yuqori o‘tkazuvchanlikka ega membranalar (masalan, AN69) yordamida dializ qilinayotgan va bir vaqtning o‘zida APF ingibitorini qabul qilayotgan bemorlarda ba’zi hollarda anafilaktoid reaksiyalar rivojlangan. Shuning uchun bunday bemorlarga boshqa turdagi dializ membranalarini yoki boshqa sinfdagi antigipertenziv preparatlarni qo‘llash tavsiya etiladi. APF ingibitorlari bilan davolashda yo‘tal paydo bo‘lishi haqida xabarlar mavjud. Odatda yo‘tal no‘produktli, doimiy bo‘ladi va preparat bekor qilingandan so‘ng to‘xtaydi. Katta jarrohlik amaliyotlari yoki arterial gipotenziya chaqiruvchi birikmalar bilan anesteziya vaqtida enalapril kuchli arterial gipotenziyani chaqirishi mumkin, buni yuborilayotgan suyuqlik hajmini oshirish orqali tuzatish kerak. Arterial gipertenziyasi bo‘lgan va 48 hafta davomida enalapril qabul qilgan bemorlarda qonda kaliy konsentratsiyasi 0,02 mEkV/l ga oshgan. Enalapril bilan davolashda qonda kaliy miqdorini nazorat qilish kerak.