Farmakologik xususiyatlari
Emfetal - homilador va emizikli ayollar uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan preparat. Preparatning ta’siri uning tarkibiga kiruvchi vitaminlar va mineral moddalarning effektlari bilan bog‘liq. Vitaminlar moddalar almashinuvida katalizator va biokimyoviy hamda fiziologik jarayonlarning regulyatori sifatida ishtirok etadi. Mineral moddalar inson organizmidagi almashinuv jarayonlari uchun hayotiy zarur elementlardir. Ular hujayra va to‘qimalar tuzilishida, ferment tizimlari faoliyatida ishtirok etadi. Vitamin A oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, oqsillar sintezi regulyatsiyasida ishtirok etadi, normal moddalar almashinuviga, hujayra va subhujayra membranalari funksiyasiga yordam beradi; yangi hujayralar o‘sishi uchun zarur, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Vitamin B1 hujayra energetigi bo‘lib, organizm o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, detoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, asab to‘qimalarining metabolizmini yaxshilaydi. Tiamin bir qator fermentlarning kofermentlarini qurishda ishtirok etadi, ular uglevod va energiya almashinuvining muhim rol o‘ynovchi fermentlaridir, ayniqsa asab va mushak to‘qimalarida. Tiamin yetishmovchiligi beri-beri sindromi (spetsifik polinevrit) va Vernike sindromi (polinevritik psixoz) rivojlanishiga olib keladi. Vitamin B2 hujayra nafas olishi va ko‘rish qobiliyati jarayonlarining eng muhim katalizatoridir. Riboflavin oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini regulyatsiya qilib, oqsil, yog‘ va uglevod almashinuvda ishtirok etadi, DNK shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, to‘qimalar (shu jumladan, teri hujayralari) regeneratsiyasi jarayonlariga, hujayralardagi trofik buzilishlarni tuzatishga yordam beradi. Vitamin B5 koferment A tarkibiga kiradi (oqsilsiz tabiatli organik birikma, fermentlar faolligi uchun zarur). Asetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Uglevod va yog‘ almashinuvda, asetilxolin sintezida ishtirok etadi. Vitamin B6 aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qonda glyukoza darajasini regulyatsiya qiladi, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar faoliyatini normallashtiradi, miya to‘qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, asab tizimini mustahkamlaydi, antidepressant hisoblanadi. Vitamin B9 o‘sish, rivojlanish va to‘qimalar proliferatsiyasi jarayonlarining normal kechishi uchun zarur, xususan, gemopoez va embriogenez uchun, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, oshqozonda xlorid kislotasi ishlab chiqarilishini stimulyatsiya qiladi. Vitamin B12 immunomodulyatsion, antiallergik, antiaterosklerotik ta’sirga ega, arterial bosimni normallashtiradi, asab to‘qimalari tuzilishini tiklaydi, reproduktiv funksiyani yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. Vitamin B12 turli aminokislotalar sintezida ishtirok etadi, jigar, asab tizimi funksiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qon ivish jarayonlarini, uglevod va lipid almashinuvini faollashtiradi. Vitamin C kuchli qaytaruvchi xossalarga ega, xususan, atrof-muhitning toksik moddalari zararsizlantiriladigan fermentlarni tiklaydi. Kollagen (tomirlar, paylar, boylamlar va suyaklarning strukturaviy komponentlaridan biri) sintezi uchun, xolesterinni safro kislotalariga aylantirish uchun zarur, ular yog‘larni hazm qilish uchun xizmat qiladi va peristaltikani kuchaytiradi. Vitamin D3 ingichka ichakda kalsiy so‘rilishini oshiradi, kalsiy-bog‘lovchi oqsillar sintezini stimulyatsiya qiladi, buyrak naychalarida kalsiy reabsorbtsiyasini oshiradi. Vitamin D3 suyak to‘qimasining qayta tuzilish jarayonlarini I tip kollagen va matritsa oqsillari sintezini oshirish orqali, osteoblastlar sintezini faollashtirish orqali faollashtiradi. Qalqonsimon, paratiroid va jinsiy bezlarning funksional holatiga ta’sir qiladi, skelet suyaklarining kalsifikatsiyasini ta’minlaydi. Vitamin E antioksidant modda bo‘lib, hujayralarni shikastlanish va qarishdan himoya qiladi, erkin radikallar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, mushak faoliyati va jinsiy bezlar funksiyasini stimulyatsiya qiladi. Hujayralararo modda, biriktiruvchi to‘qima tolalari, tomirlarning silliq mushaklari, ovqat hazm qilish trakti shakllanishida ishtirok etadi. Vitamin PP hujayra nafas olishi va oqsil almashinuvda ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi, yuqori asab faoliyati va ovqat hazm qilish organlari funksiyalarini regulyatsiya qiladi. Vitamin N aminokislotalar va yog‘ kislotalari almashinuvini regulyatsiya qiluvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Kalsiy suyak to‘qimasining asosini tashkil etadi, bir qator muhim fermentlar faoliyatini faollashtiradi, organizmda ion muvozanatini saqlashda ishtirok etadi, asab-mushak va yurak-qon tomir tizimlarida kechadigan jarayonlarga ta’sir qiladi. Magniy oqsil va uglevod almashinuvini nazorat qiladi, tomirlarni kengaytiruvchi xossalarga ega (spazmlarni bartaraf etadi), safro ajralishini yaxshilaydi, shuningdek, asabiylikni kamaytiradi. DNK va RNK sintezida ishtirok etadi, tomir devorida moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Magniy kalsiy, fosfor, kaliy, B guruhi vitaminlari, C, E vitaminlari, asab va mushaklar faoliyati, qondagi shakarni energiyaga aylantirishda yordam beradi. Temir - eritropoezni stimulyatsiya qiluvchi mikroelement. Gemoglobin, mioglobin, turli fermentlar tarkibiga kiradi; kislorodni qaytar bog‘laydi va bir qator oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi; gemopoez jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Temir tuzlari ko‘rinishida qo‘llanganda, organizmdagi uning yetishmovchiligi tezda to‘ldiriladi. Sink inson organizmida 80 dan ortiq fermentlarning tarkibiy qismi bo‘lib, eritrotsitlar va boshqa shaklli qon elementlari hosil bo‘lishi uchun zarur. Ko‘rish jarayonining fotokimyoviy reaksiyalarida, ichki sekretsiya bezlari faoliyatida ishtirok etadi. Marganes yog‘ning normal metabolizmi, suyak va biriktiruvchi to‘qimalar tuzilishi, xolesterin va nukleotidlar (DNK) sintezi uchun zarur. Mis organizmdagi anabolik jarayonlarga yordam beradi, ayrim fermentlar (sitoxromoksidaza, tirozinaza va boshqalar) faoliyatida, teri, soch va ko‘z pigmentlari, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, ichki sekretsiya bezlari funksiyalariga ta’sir qiladi. Yod qalqonsimon bez gormoni - tiroksin hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Qalqonsimon bez gormonlari organizmning energetik jarayonlarini - issiqlik hosil bo‘lishi, o‘sish va rivojlanishni regulyatsiya qiladi. Molibden moddalar almashinuvini stimulyatsiya qiladi, jigar temir almashinuviga yordam beradi va organizmda kechadigan bir qator fermentativ reaksiyalarda zarur kofaktor hisoblanadi. Moddalar almashinuvini tezlashtiradi va siydik kislotasining organizmdan chiqarilishini tezlashtiradi. Selen qarish jarayonlarini sekinlashtiradi, immunitetni mustahkamlaydi. Tabiiy antioksidant hisoblanadi - hujayralarni saratondan himoya qiladi. Vitamin E o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Xrom shakarlar va boshqa uglevodlar, insulin almashinuvini nazorat qiladi.