Farmakologik xususiyatlari
Elfunat erkin radikal jarayonlar ingibitori, membranoprotektor, antigipoksik, stressoprotektor, nootrop, antikonvulsant va anksiolitik ta’sir ko‘rsatadi. Preparat organizmning turli zararli omillarga, kislorodga bog‘liq patologik holatlarga (shok, gipoksiya va ishemiya, miya qon aylanishining buzilishi, alkogol va antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) bilan intoksikatsiya) nisbatan rezistentligini oshiradi.
Preparat miya metabolizmini va bosh miya qon ta’minotini, mikrosirkulyatsiyani va qonni reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombotsitlarning agregatsiyasini kamaytiradi. Qon hujayralari (eritrotsitlar va trombotsitlar) membrana tuzilmalarini gemolizda barqarorlashtiradi. Gipoipidemik ta’sir ko‘rsatadi, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteidlar (PZLP) miqdorini kamaytiradi. O‘tkir pankreatitda fermentativ toksemiya va endogen intoksikatsiyani kamaytiradi.
Preparatning ta’sir mexanizmi uning antioksidant va membranoprotektor ta’siri bilan bog‘liq. U lipidlarning peroksid oksidlanishini ingibitsiya qiladi, superoksiddismutaza faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, membrana yopishqoqligini kamaytiradi, uning suyuqligini oshiradi. Membranaga bog‘langan fermentlar (kalsiyga bog‘liq bo‘lmagan fosfodiesteraza, adenilattsiklaza, atsetilxolinesteraza), retseptor komplekslari (benzodiazepin, gamma-aminomoy kislota (GAMK), atsetilxolin) faolligini modulyatsiya qiladi, bu ularning ligandlar bilan bog‘lanish qobiliyatini kuchaytiradi, biomembranalarning strukturaviy-funksional tashkilotini saqlashga, neyromediatorlar transporti va sinaptik uzatishni yaxshilashga yordam beradi. Elfunat bosh miya dofamin miqdorini oshiradi. Gipoksiya sharoitida kompensator aerob glikoliz faollashuvini kuchaytiradi va Krebs siklida oksidlovchi jarayonlar tormozlanish darajasini kamaytiradi, adenozin trifosfat (ATF) va kreatinfosfat miqdorini oshiradi, mitoxondriyalarning energiya sintezlovchi funksiyalarini faollashtiradi, hujayra membranalarini barqarorlashtiradi.
Elfunat ishemiyalangan miokardda metabolik jarayonlarni normallashtiradi, nekroz zonasini kamaytiradi, yurakning elektr faolligi va qisqaruvchanligini tiklaydi va yaxshilaydi, shuningdek, ishemiya zonasida koronar qon oqimini oshiradi, o‘tkir koronar yetishmovchilikda reperfuziya sindromi oqibatlarini kamaytiradi. Nitropreparatlarning antianginal faolligini oshiradi. Elfunat surunkali ishemiya va gipoksiya natijasida yuzaga keladigan progressiv neyropatiyada to‘r pardadagi ganglioz hujayralar va ko‘ruv nervi tolalarini saqlab qolishga yordam beradi. To‘r parda va ko‘ruv nervining funksional faolligini yaxshilaydi, ko‘rish o‘tkirligini oshiradi.