-
Tavsif
Oq, yassi, dumaloq tabletkalar, ajratish chizig'i va "D" gravirovkasi bilan.
-
Tarkibi
1 tabletkada quyidagilar mavjud: faol modda: klomifen (tsitrat shaklida) - 50 mg; yordamchi moddalari: limon kislotasi, makkajo'xori kraxmali, metanol, krosprovidon, saxaroza, magniy stearati, kremniy dioksid kolloid.
-
Qo'llanilishi
anovulyatorli bepushtlik (ovulyatsiyani induktsiya qilish); amenoreya (disgonadotrop shakli); ikkilamchi amenoreya; postkontratseptiv amenoreya; Shteyn-Levental sindromi (yichaklarning polikistoz sindromi); oligomenoreya; galaktoreya (gipofiz o'smasi fonida); Kiari-Frommel sindromi (uzoq davom etuvchi tug'ruqdan keyingi amenoreya-galaktoreya sindromi); androgen yetishmovchiligi; erkaklarda: oligospermiya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; tuxumdon kistasi (polikistoz tuxumdonlar sindromidan tashqari); gipofiz o'smasi yoki gipofunksiyasi; qalqonsimon bez faoliyati buzilishi; buyrak usti bezlari faoliyati buzilishi; noma'lum etiologiyali metroragiya; uzoq davom etuvchi yoki yaqinda rivojlangan ko'rish buzilishlari; jinsiy a'zolar neoplazmalari; endometrioz; gipyerprolaktinemiya fonida tuxumdonlar faoliyati yetishmovchiligi; homiladorlik; laktatsiya; galaktozani o'zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza malabsorbsiyasi; preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Bepushtlikda doza va davolash kursining davomiyligi tuxumdonlarning sezuvchanligiga (preparatga reaksiyasiga) bog'liq. Muntazam hayz ko'radigan bemorlarga davolashni siklning 5-kunidan (yoki erta ovulyatsiya yoki follikulyar fazaning davomiyligi 12 kundan kam bo'lsa, siklning 3-kunidan) boshlash tavsiya etiladi. Amenoreyada davolashni istalgan kunda boshlash mumkin. 1-sxema: 50 mg/kun 5 kun davomida tuxumdonlarning reaksiyasini klinik va laborator tekshiruvlar yordamida nazorat qilish bilan birga. Ovulyatsiya odatda siklning 11-15 kunlari orasida yuz beradi. Agar bunday davolash ovulyatsiyaga olib kelmasa, II-sxemani qo'llash kerak. II-sxema: keyingi siklning 5-kunidan boshlab 100 mg/kun 5 kun davomida buyuriladi. Agar bu vaqtda ovulyatsiya kuzatilmasa, xuddi shu sxemani (100 mg/kun) yana bir marta takrorlash kerak. Davom etayotgan anovulyatsiya holatida preparat qabulini 3 oyga to'xtatish, so'ngra 3 oy davomida davolashni takrorlash kerak. Ikkinchi kurs samarasiz bo'lsa, keyingi davolash ham samarasiz bo'ladi. Har bir kurs davomida qabul qilinadigan preparatning maksimal umumiy doza 150 mg ni tashkil etadi. Polikistoz tuxumdonlar sindromida, giperstimulyatsiyaga moyillik tufayli, boshlang'ich doza 50 mg/kun ni tashkil etadi. Postkontratseptiv amenoreyada preparatni 50 mg/kun har kuni buyurish kerak. Odatda, I-sxema bo'yicha besh kunlik davolash kursi muvaffaqiyatli bo'ladi. Erkaklarga ko'rsatmalarga muvofiq preparat 50 mg 1-2 marta/kun 6 hafta davomida spermogramma tizimli nazorati ostida buyuriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya ta'sirlar tez-tezligi aniqlanishi: tez-tez>1%; kamdan-kam
-
Farmakologik xususiyatlari
Antiestrogen preparat, nosteroid tuzilishga ega. Ta'sir mexanizmi tuxumdon va gipofizdagi estrogen retseptorlari bilan o'ziga xos bog'lanishi bilan bog'liq. Organizmda estrogen miqdori past bo'lsa, o'rtacha estrogen ta'sirini ko'rsatadi, yuqori miqdorda esa antiestrogen ta'sir ko'rsatadi. Kichik dozalarda gonadotropinlar (prolaktin, FSG va LG) sekretsiyasini kuchaytiradi, ovulyatsiyani stimulyatsiya qiladi; yuqori dozalarda gonadotropinlar sekretsiyasini susaytiradi. Gestagen va androgen faollikka ega emas. Farmakokinetika So'rilishi Preparat og'iz orqali qabul qilinganda klomifen me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Metabolizm Klomifen jigarda metabolizmga uchraydi. Ichak-jigar retsirkulyatsiyasiga uchraydi. Chiqarilishi Klomifenning T1/2 5-7 kunni tashkil etadi. Asosan o‘t bilan chiqariladi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar: ko'ngil aynishi, qusish, vazomotor reaksiyalar, yuzga qon quyilishi hissi, ko'rish buzilishlari (ko'rish o'tkirligining pasayishi, chaqnashlar, skotoma), tuxumdonlarning kattalashishi va tos a'zolari hamda qorin sohasida og'riq. Davolash: klomifenni organizmdan chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlar; qo'llab-quvvatlovchi terapiya o'tkazish. Klomifenni dializ yordamida chiqarish imkoniyati haqida ma'lumot yo'q.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni qabul qilishdan oldin jigar funksiyasini tekshirish tavsiya etiladi. Davolashni boshlashdan oldin puxta ginekologik tekshiruv o'tkazish kerak. Davolashni, siydikdagi umumiy gonadotropin miqdori normal yoki normaning pastki chegarasidan past bo'lsa, tuxumdonlarning palpasiyada holati normal bo'lsa, qalqonsimon bez va buyrak usti bezlari funksiyalari normal bo'lsa boshlash kerak. Ovulyatsiya yo'qligida preparatni qo'llashdan oldin bepushtlikning boshqa mumkin bo'lgan shakllarini istisno qilish yoki davolash kerak. Preparatni qabul qilish fonida tuxumdonlarning kattalashuvi yoki kistoz o'zgarishlar yuzaga kelsa, tuxumdonlar o'lchami normaga qaytmaguncha davolashni to'xtatish kerak. Keyinchalik qabulni davom ettirish mumkin, biroq preparat dozasini yoki davolash davomiyligini kamaytirish lozim. Davolash jarayonida doimiy ginekolog kuzatuvi, tuxumdonlar funksiyasini nazorat qilish, qin tekshiruvlari o'tkazish, "ko'z qorachig'i" fenomenini kuzatish zarur. Davolash kursi davomida ovulyatsiya vaqtini aniqlash ko'pincha qiyin, shuningdek, sariq tanacha yetishmovchiligi tez-tez kuzatiladi. Shuning uchun homiladorlikdan so'ng progesteron bilan profilaktik davolash tavsiya etiladi. Homiladorlik va laktatsiya davriQo'llash mumkin emas. Ko'plik homiladorlik rivojlanish ehtimolini oshiradi. Preparat galaktozani o'zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozani malabsorbsiyasi bo'lgan bemorlarga mumkin emas, chunki har bir tabletkada 100 mg laktoza mavjud. Jigar funksiyasi buzilishida qo'llanishiJigar yetishmovchiligida mumkin emas. Buyrak funksiyasi buzilishida qo'llanishiBuyrak yetishmovchiligida mumkin emas. Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siriPreparat ko'rish buzilishlarini chaqirishi mumkinligi sababli, davolash davrida bemorlar avtotransport boshqarishda va yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Gonadotrop gormonlar preparatlari bilan mos keladi.