Nojo´ya ta´sirlar
Dozalash va davolash davomiyligi bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilinganda domperidon odatda yaxshi o‘zlashtiriladi va nojo‘ya hodisalar kamdan-kam uchraydi.
Immun tizimi tomonidan allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaksiya; anafilaktik shok; angionevrotik shish; toshma; gipersensitivlik.
Endokrin tizimi tomonidan prolaktin darajasining oshishi.
Ruhiy buzilishlar asabiylik, jizzakilik, ajitatsiya, depressiya, xavotir, libido pasayishi yoki yo‘qligi.
Nerv tizimi tomonidan og‘iz qurishi, uyqusizlik, bosh aylanishi, chanqoq, tutqanoq, loqaydlik, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, akatiziya, ekstrapiramidal buzilishlar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan shish, yurak urishini sezish, yurak qisqarishlari chastotasi va ritmining buzilishi, QT intervalining uzayishi, jiddiy qorinchali aritmiyalar, to‘satdan yurak o‘limi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan gastrointestinal buzilishlar, shu jumladan qorin og‘rig‘i; regurgitatsiya, ishtahaning o‘zgarishi, ko‘ngil aynishi; qizish; qabziyat; qisqa muddatli ichak spazmlari; diareya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan qichishish, toshmalar.
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan galaktoreya, ginekomastiya, amenoreya, sut bezlarining kattalashishi, sut bezlarining sezgirligi, sut bezlari sohasida og‘riq, laktatsiyaning buzilishi, hayz siklining noturg‘unligi.
Harakat-tayanch tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan oyoqlarda og‘riq, asteniya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan siydik tutilishi, dizuriya, tez-tez siyish.
Boshqa kon’yunktivit, stomatit.
Laborator ko‘rsatkichlar o‘zgarishi ALT, AST va xolesterin darajasining oshishi.
Gipofiz gematoensefalik to‘siqdan tashqarida joylashganligi sababli, domperidon prolaktin darajasining oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday gipyerprolaktinemiya neyroendokrin nojo‘ya ta’sirlarga, masalan, galaktoreya, ginekomastiya va amenoreyaga olib kelishi mumkin.
Ekstrapiramidal nojo‘ya hodisalar faqat kattalarda uchraydi. Ushbu nojo‘ya reaksiyalar davolash to‘xtatilgandan so‘ng o‘z-o‘zidan va to‘liq yo‘qoladi.