Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Domrid plyonka bilan qoplangan planshetlar 10 mg № 30
Domrid plyonka bilan qoplangan planshetlar 10 mg № 30
Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare
Yaroqlilik muddati: 4 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari domrid plyonka bilan qoplangan planshetlar 10 mg № 30
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    10 mg
  • Yaroqlilik muddati
    4 yil
  • Qadoqdagi soni
    30 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    faol modda: domperidon maleat 1 tabletkada domperidon maleati domperidonga ekvivalent 10 mg yordamchi moddalari: mikrokristallik sellyuloza, natriy kroskarmelloza, kremniy dioksid kolloid suvdan holi, magniy stearat, Opadry II 31 G 58920 oq*. Opadry II 31 G 58920 oq: gipromelloza, laktosa monogidrat, titana dioksid (E171), polietilenglikol, talk.
  • Qo'llanilishi
    Ko'ngil aynishi va qusish simptomlarini yengillashtirish uchun.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Domrid quyidagilarga qarshi ko'rsatilgan: preparatga yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanligi aniqlangan bemorlarga gipofizning prolaktin-sekretor o'smasi (prolaktinoma) bo'lgan bemorlarga jigar va/yoki buyrak funksiyasining og'ir yoki o'rtacha buzilishlari bo'lgan bemorlarga (qarang bo'lim «Qo'llash xususiyatlari») yurak o'tkazuvchanligi intervalining uzayishi ma'lum bo'lgan bemorlarga, xususan QT^, elektrolitlar muvozanatining sezilarli buzilishlari yoki yurakning fon kasalliklari, masalan, dimlangan yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga (qarang bo'lim «Qo'llash xususiyatlari») jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga agar me'da motorikasini stimulyatsiya qilish xavfli bo'lishi mumkin bo'lsa, masalan, me'da-ichak qon ketishi, mexanik to'siqlik yoki perforatsiya holatida ketokonazol, eritromitsin yoki boshqa kuchli CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari, masalan, flukonazol, eritromitsin, itrakonazol, og'iz orqali qabul qilinadigan ketokonazol, posakonazol, ritonavir, sakvinavir, telaprevir, vorikonazol, klaritromitsin, amiodaron, telitromitsin va boshqalar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas (qarang bo'limlar «Qo'llash xususiyatlari» va «Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri va boshqa o'zaro ta'sir turlari»).
  • Qo'llash usuli
    Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar, tana vazni kamida 35 kg: kuniga 3 marta 1 tabletka (10 mg). Maksimal sutkalik doza - 3 tabletka (30 mg sutkada). Domrid preparatini ovqatdan oldin qabul qilish tavsiya etiladi. Preparatning so‘rilishi biroz sekinlashadi, agar uni ovqatdan keyin qabul qilinsa. Davolash davomiyligi 1 haftadan oshmasligi kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Dozalash va davolash davomiyligi bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilinganda domperidon odatda yaxshi o‘zlashtiriladi va nojo‘ya hodisalar kamdan-kam uchraydi. Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaksiya, anafilaktik shok, gipersensitivlik. Endokrin tizimi tomonidan: prolaktin darajasining oshishi. Psixik buzilishlar: asabiylik, jizzakilik, qo‘zg‘aluvchanlik, depressiya, xavotir, libido pasayishi yoki yo‘qligi. Nerv tizimi tomonidan: ekstrapiramidal buzilishlar, uyqusizlik, bosh aylanishi, chanqoq, tutqanoq, sustlik, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, akatiziya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: shish, yurak urishi, yurak qisqarishlari chastotasi va ritmining buzilishi, QT intervalining uzayishi (tez-tezligi noma’lum), jiddiy qorinchalik aritmiyalar, qorinchalik aritmiya (“torsade de pointes” turi), to‘satdan yurak o‘limi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz qurishi, qisqa muddatli ichak spazmlari, diareya, gastrointestinal buzilishlar, shu jumladan qorin og‘rig‘i, regurgitatsiya, ishtahaning o‘zgarishi, ko‘ngil aynishi, qizish, qabziyat. Ko‘rish organlari tomonidan: okulogir krizlar. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: qichishish, toshma, eshakemi, angionevrotik shish. Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan: galaktoreya, sut bezlarining kattalashuvi / ginekomastiya, sut bezlarining sezgirligi, sut bezlaridan ajralmalar, amenoreya, sut bezlarining shishi, sut bezlari sohasida og‘riq, laktatsiyaning buzilishi, hayz siklining noturg‘unligi. Tayanch-harakat tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: oyoqlarda og‘riq. Siydik ajratish tizimi tomonidan: siydik tutilishi, dizuriya, tez-tez siyish. Umumiy buzilishlar: asteniya. Boshqa: kon’yunktivit, stomatit. Laborator ko‘rsatkichlar o‘zgarishi: jigar funksional testlari ko‘rsatkichlarining normadan chetlanishi, ALT, AST va xolesterin darajasining oshishi, qonda prolaktin darajasining oshishi. Gipofiz gematoensefalik to‘siqdan tashqarida joylashganligi sababli, domperidon prolaktin darajasining oshishiga olib kelishi mumkin. Kamdan-kam hollarda bunday gipyerprolaktinemiya galaktoreya, ginekomastiya va amenoreya kabi neyroendokrin nojo‘ya ta’sirlarga olib kelishi mumkin. Preparatning postmarketing qo‘llanilishi davrida kattalar va bolalarda preparat xavfsizligi profilida farq kuzatilmagan, ekstrapiramidal buzilishlar va boshqa hodisalar, tutqanoqlar va markaziy asab tizimi bilan bog‘liq qo‘zg‘aluvchanlik bundan mustasno, ular asosan bolalarda kuzatilgan.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Domperidon - dopamin antagonisti bo'lib, qusishga qarshi xususiyatlarga ega. Domperidon gematoentsefalik to'siqdan ahamiyatsiz darajada o'tadi. Domperidon qo'llanilishi kamdan-kam hollarda ekstrapiramidal nojo'ya ta'sirlar bilan kechadi, ayniqsa kattalarda, biroq domperidon gipofizdan prolaktin ajralishini stimulyatsiya qiladi. Uning qusishga qarshi ta'siri, ehtimol, periferik (gastrokinetik) ta'sir va gematoentsefalik to'siqdan tashqarida joylashgan kimyoreseptor trigger zonasidagi dopamin retseptorlariga antagonizm bilan bog'liq (area postrema). Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar, shuningdek, miya to'qimalarida aniqlangan past konsentratsiyalar domperidonning asosan periferik dopamin retseptorlariga ta'sir qilishini ko'rsatadi. Odamlarda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, og'iz orqali qabul qilinganda domperidon qizilo'ngachning pastki qismlarida bosimni oshiradi, antroduodenal motorikani yaxshilaydi va me'daning bo'shashini tezlashtiradi. Domperidon me'da sekretsiyasiga ta'sir qilmaydi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Domrid harakat kasalligida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Domridni ehtiyotkorlik bilan keksa yoshdagi bemorlarga yoki yurak kasalliklari mavjud bo‘lgan yoki anamnezida yurak kasalliklari bo‘lgan bemorlarga qo‘llash kerak. Yurak-qon tomir ta’sirlari. Domperidon EKGda QT intervalining uzayishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Postmarketing kuzatuv davrida domperidon qabul qilgan bemorlarda QT intervalining uzayishi va qorinchalarning tebranishi-fibrillyatsiyasi juda kam hollarda kuzatilgan. Ushbu xabarlarda boshqa nojo‘ya xavf omillari, elektrolit buzilishlari va birga olib borilayotgan terapiya haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ular yordamchi omillar bo‘lishi mumkin. Sog‘lom shaxslarda domperidon tavsiya etilgan dozaj rejimida odatdagi terapevtik dozada (10 yoki 20 mg kuniga 4 marta) qo‘llanganda kuzatilgan QT intervalining uzayishi klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan. Ogohlantirish. Domperidonni jigar va/yoki buyrak funksiyasining yengil buzilishlari bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Qorinchalarning aritmiyasi xavfi oshganligi sababli Domrid yurak o‘tkazuvchanligi intervallarining uzayishi, xususan QTc bo‘lgan bemorlarga, elektrolit muvozanatining sezilarli buzilishlari (gipokaliemiya, giperkaliemiya, gipomagniemiya) yoki bradikardiya bo‘lgan bemorlarga, yoki yurak yetishmovchiligi kabi asosiy yurak kasalliklari bo‘lgan bemorlarga tavsiya etilmaydi. Ma’lumki, elektrolit muvozanatining buzilishi (gipokaliemiya, giperkaliemiya, gipomagniemiya) va bradikardiya proaritmogen xavfni oshiruvchi holatlardir. Agar yurak aritmiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan belgilar va simptomlar paydo bo‘lsa, Domrid preparatini qo‘llashni to‘xtatish va bemor darhol shifokorga murojaat qilishi kerak. Buyrak funksiyasining buzilishi. Buyrak funksiyasining og‘ir buzilishi bo‘lganida domperidonning yarim chiqarilish davri uzayadi. Uzoq muddatli qo‘llashda domperidon dozasi qabul qilish chastotasini buzilish darajasiga qarab kuniga bir yoki ikki martagacha kamaytirish kerak. Dozani kamaytirish ham talab qilinishi mumkin. Antasid yoki antisecretor preparatlarni Domrid bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki ular domperidonning peroral biologik o‘zlashtirilishini kamaytiradi (qarang bo‘lim «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va boshqa o‘zaro ta’sir turlari»). Birga qo‘llanganda Domrid ovqatdan oldin, antasid yoki antisecretor preparatlar esa ovqatdan keyin qabul qilinishi kerak. Ketokonazol bilan qo‘llash. Ketokonazolning peroral shakli bilan o‘zaro ta’sir tadqiqotlarida QT intervalining uzayishi qayd etilgan. Ushbu tadqiqot natijasining ahamiyati aniq belgilanmagan bo‘lsa-da, agar ketokonazol bilan zamburug‘larga qarshi terapiya ko‘rsatilgan bo‘lsa, muqobil davolash usulini tanlash kerak (qarang bo‘lim «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va boshqa o‘zaro ta’sir turlari»). Domperidon saqlovchi dori vositalari bilan bog‘liq yurak-qon tomir kasalliklari asoratlari rivojlanish xavfi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni hisobga olish kerak. Ba’zi epidemiologik tadqiqotlar domperidon og‘ir qorinchaviy aritmiyalar yoki to‘satdan yurak o‘limi xavfini oshirishi mumkinligini ko‘rsatgan. Og‘ir qorinchaviy aritmiyalar yoki to‘satdan yurak o‘limi xavfi 60 yoshdan oshgan bemorlarda yoki preparatning kunlik 30 mg dan ortiq peroral dozalarini qabul qilganda yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Domridni keksa yoshdagi bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. 60 yoshdan oshgan bemorlar Domrid qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Domperidon kattalar va bolalarga eng past samarali dozada buyurilishi kerak. Domperidon qo‘llashning xavf va foyda nisbati ijobiyligicha qolmoqda. Agar sizda ba’zi shakarlarni o‘zlashtira olmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu preparat tarkibida laktoza mavjudligi sababli uni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash. Homilador ayollarda domperidonning postmarketing qo‘llanilishi bo‘yicha ma’lumotlar cheklangan. Shuning uchun Domrid homiladorlik davrida faqat shifokor fikriga ko‘ra, ona uchun kutilayotgan ijobiy ta’sir homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lsa, buyurilishi kerak. Domperidonning ona suti orqali chaqaloq organizmiga o‘tishi mumkin bo‘lgan miqdori nihoyatda past. Chaqaloqlar uchun maksimal nisbiy doza (%) ona uchun tana vazniga moslashtirilgan dozadan taxminan 0,1% deb baholanadi. Uning chaqaloqqa zarar yetkazishi noma’lum, shuning uchun Domrid qabul qilayotgan onalar emizishdan voz kechishlari kerak. Emizilayotgan bolalarda QTc intervalining uzayishi xavf omillari mavjud bo‘lsa, ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak. Preparat ona suti orqali o‘tishi natijasida ekspozitsiyadan so‘ng nojo‘ya ta’sirlar, xususan kardiologik ta’sirlar paydo bo‘lishi istisno qilinmaydi. Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar hisobga olinganda, bemorlar avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda ehtiyot bo‘lishlari kerak.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Doza oshib ketishining simptomlari ajitatsiya, ongning buzilishi, tutqanoq, uyquchanlik, dezorientatsiya va ekstrapiramidal reaksiyalar bo‘lishi mumkin, ayniqsa bolalarda. Davolash. Domperidon uchun maxsus antidot yo‘q, lekin preparatni qabul qilgandan so‘ng 1 soat ichida oshqozonni yuvish va faollashtirilgan ko‘mir qo‘llash, shuningdek, bemorni diqqat bilan kuzatish va yordamchi terapiya tavsiya etiladi. Antixolinergik preparatlar, Parkinson kasalligini davolash vositalari ekstrapiramidal reaksiyalarni nazorat qilishda samarali bo‘lishi mumkin.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Домрид таблетки работают эффективно и быстро. Очень довольна покупкой от интернет-магазина Оксимед.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Отличные таблетки! Быстрая доставка и удобный сервис от интернет-магазина Оксимед.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico