-
Qo'llanilishi
Shish va og'riqni kamaytiradi, cho'zilish, bel og'rig'i, bo'g'im va mushaklardagi og'riqlarda.
Quyidagi og'riq va yallig'lanish bilan kechuvchi tayanch-harakat tizimi kasalliklarida qo'llaniladi:
bo'g'imlardagi yumshoq to'qimalarning travmadan keyingi yallig'lanishi (cho'zilish, zo'riqish va lat yeyish, sport jarohatlari natijasida);
yumshoq to'qimalarning revmatik kasalliklari (tendovaginit, bursit, periartikulyar to'qimalarning shikastlanishi va boshqalar);
mushak va bo'g'im kasalliklari bilan bog'liq og'riq sindromi va shish (revmatoid artrit, osteoartroz, radikulit, lumbago, ishiatik va boshqalar);
Dyupley sindromi va orqa umurtqa diskining tushib ketishi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
terining yaxlitligi buzilishi;
III trimestr homiladorlik;
laktatsiya davri;
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi;
aspirin bilan qo‘zg‘atilgan astmatik holat;
preparat komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa YOKVQlarga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Dolеks gel faqat tashqi qo'llash uchun.
Zararlangan joylarga kuniga 3-4 marta surib, gel yo'qolguncha ishqalash kerak.
Qo'llash maydoniga qarab optimal miqdorni qabul qilish va ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Doleks gel kamdan-kam hollarda nojo‘ya reaksiyalarni keltirib chiqaradi.
Ba'zan gel surtilgan sohada qizarish, qichishish yoki kuygandek his, papulalar, vezikulalar, terining qobiq tashlashi paydo bo‘lishi mumkin.
Ayrim bemorlarda fotosensibilizatsiya kuzatilishi mumkin.
Juda kam hollarda gipersensitivlik reaksiyalari (to‘shma, eshakemi, bronxial astma, angionevrotik shish) qayd etiladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita tashqi qo‘llash uchun.
Diklofenak aniq yallig‘lanishga qarshi va analgezik ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’sir mexanizmi COX-1 va COX-2 ni neselektiv tormozlashi, araxidon kislotasi almashinuvining buzilishi va yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandinlar biosintezining bostirilishi bilan bog‘liq.
Doleks gelini yallig‘lanish jarayonida qo‘llash og‘riq sindromi va to‘qimalar shishining kamayishiga yoki yo‘qolishiga olib keladi.
Zig‘ir yog‘ining asosiy komponenti alfa-linolen kislotasi (to‘yinmagan yog‘ kislotasining etil efiri) bo‘lib, u yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
Diklofenak va metilsalisilat mahalliy qo‘llanilganda tez so‘riladi va teri osti yog‘ qavati, mushak to‘qimasi, bo‘g‘im kapsulasi va bevosita bo‘g‘im bo‘shlig‘iga kirib, bo‘g‘imlardagi og‘riq va yallig‘lanishni bartaraf etadi, bo‘g‘imlarning qattiqligi va shishini kamaytiradi, harakat hajmining oshishiga yordam beradi.
Mentol teriga surtilganda qon tomirlarini kengaytiradi, sovuqlik va og‘riqsizlantiruvchi his uyg‘otadi, shuningdek, kuchsiz antiseptik xususiyatlarga ega.
Farmakokinetika
Doleks gelining teri orqali so‘riladigan miqdori surtilgan maydonga proporsional, shuningdek, preparatning umumiy dozasiga va terining gidratatsiya darajasiga bog‘liq. Tashqi qo‘llashda diklofenakning 6% dan ko‘pi so‘rilmaydi.
Metabolizm asosan gidroksillanish yo‘li bilan amalga oshadi, bir nechta hosilalar hosil bo‘ladi, ulardan ikkitasi farmakologik faol, lekin diklofenakka nisbatan ancha past darajada. Diklofenak va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Qon plazmasida diklofenakning umumiy tizimli klirensi o‘rtacha 263-56 ml/min, yakuniy yarim chiqarilish davri 1-3 soat.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
O'zaro ta'sirlar ehtimoli ahamiyatsiz, chunki Dolеks gelining tashqi qo'llanilishida tizimli so'rilishi nihoyatda past.
Preparatni boshqa NPVPlar bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Dolеks gel fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Dolеks gelni mahalliy kosmetik vositalar bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Dolеks gel faqat butun teriga surtilishi kerak, ochiq yaralarga tushishidan saqlanish lozim. Surtilgandan so'ng o'ramli bog'lam qo'yish tavsiya etilmaydi. Preparatning ko'zga va shilliq qavatlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak.
Dolеks gel jigar porfiriyasi (kuchayish bosqichida), me'da-ichak yo'llarining eroziya-yara shikastlanishlari, jigar va buyrak faoliyatining og'ir buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalar uchun ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Dolеks gel homiladorlikning III trimestrida qo'llash mumkin emas. 1 va 2 trimestrda faqat onaga foydasi homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lsa qo'llash mumkin.
Diklofenak va uning metabolitlari ona sutiga o'tadi, shuning uchun preparat emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Bolalar
Preparat 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborish ehtimoli past, chunki diklofenakning tashqi qo'llanilishida tizimli so'rilishi nihoyatda past. Tasodifan og'iz orqali qabul qilinganda preparat diklofenakning peroral shakllariga xos nojo'ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin. Tizimli nojo'ya ta'sirlar yuzaga kelganda me'dani yuvish va adsorbent qabul qilish tavsiya etiladi.
Davolash: simptomatik.