Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Kombinatsiyalangan preparat
S-100 miya-spetsifik oqsiliga qarshi antitanalar antioksidant, antigipoksant, neyroprotektor, anksiolitik ta'sir ko'rsatadi. S-100 oqsilining funksional faolligini modifikatsiya qiladi, u miya ichida informatsion va metabolik jarayonlarning bog'lanishini amalga oshiradi. Membranotrop ta'sirga ega bo'lib, harakat potensialining amplitudasini pasaytiradi va generatsiyasini bostiradi; miya limbik tuzilmalarida, gippokampda, retikulyar formattsiyada sinaptik plastiklikni modulyatsiya qiladi; markaziy asab tizimida GABAning tormozlovchi ta'sirini kuchaytirishga yordam beradi. In vitro sharoitida sigma 1 retseptor agonisti xususiyatlarini namoyon qiladi.
Lipidlarning peroksidlanish oksidlanish jarayonlarini ingibitsiya qiladi. Miya integrativ faoliyatiga normallashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi, bu esa keng qamrovli muvozanatli psixofarmakologik effektlar: antidepressant, anksiolitik, neyroprotektor, antiastenik, antiamnestik ta'sirlar bilan namoyon bo'ladi.
Endotelial NO-sintazaga qarshi antitanalar endotelial NO-sintaza fermenti faolligini oshiradi, endoteliy tomonidan azot oksidi (NO) ishlab chiqarilishini tiklaydi, endoteliy disfunktsiyasini bartaraf etadi, endoteliyoprotektor ta'sir ko'rsatadi, NO-ga bog'liq vazodilatatsiyaga ta'sir qiladi. Eksperimental tarzda Divaza preparatining miya ishemik shikastlanish o'choqlarida reparativ jarayonlarga rag'batlantiruvchi ta'siri ko'rsatilgan.
Preparat komponentlarining birgalikda qo'llanilishi S-100 oqsiliga qarshi antitanalarning neyroprotektor faolligini kuchaytiradi, vegeto-stabilizatsion effektni kuchaytiradi, vegetativ statusni normallashtiradi, har ikki komponentning neyronal plastiklikka sinergik ta'sirini ta'minlaydi va natijada miya toksik ta'sirlarga chidamliligini oshiradi; integrativ faoliyatni yaxshilaydi va bosh miya yarim sharlararo aloqalarni tiklaydi, kognitiv buzilishlarni bartaraf etishga yordam beradi, reparativ jarayonlarni rag'batlantiradi va markaziy asab tizimi funksiyalarini tiklanishini tezlashtiradi, aqliy ish qobiliyatini oshiradi, o'qish va xotira jarayonlarini tiklaydi, somatovegetativ namoyonlarni normallashtiradi, miya qon aylanishini oshiradi.
Divaza va uning tarkibiy qismlari sedativ va miorelaksant ta'sirga ega emas, qaramlik va odatlanishni keltirib chiqarmaydi.
Farmakokinetikasi
Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi biologik suyuqliklar, organlar va to'qimalarda antitanalarning juda kichik dozalarini aniqlash imkonini bermaydi, bu esa Divaza preparatining farmakokinetikasini o'rganishni texnik jihatdan imkonsiz qiladi.