Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv 1000 ml gacha.
Qo'llanilishi
Degidratatsiya, giperkaliemiya, intoksikatsiyalar degidratatsiya fonida (xolera, o‘tkir dizenteriya, oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi).
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Buyrak va yurak yetishmovchiligi.
Preparatni gipokaliemiyada ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Qo'llash usuli
Tomir ichiga (tez va tomchilab), laborator ko‘rsatkichlar nazorati ostida (elektrolitlar Na+, K+, SG, qonni kislota-ishqor holati). Kiritilgan suyuqlik va diurez nisbati har 6 soatda aniqlanadi. 1 soat davomida tez yuboriladi, so‘ngra tez yuborish tomchilab yuborish bilan almashtiriladi, 24-48 soat davomida, tezligi 40-120 tomchi/min. Yuborishdan oldin eritma 36-38 °S gacha isitiladi. Eritma najas, qusindi, siydik, ter bilan yo‘qotilgan suyuqlik hajmini tiklash uchun zarur bo‘lgan miqdorda yuboriladi.
Nojo´ya ta´sirlar
Oteklar, taxikardiya. Ba'zi hollarda ozonob paydo bo'lishi mumkin.
Farmakologik xususiyatlari
Disol – kombinasiyalangan tuzli eritma bo‘lib, detoksikatsion, plazmani almashtiruvchi, rehidratatsion, diuretik, qarshi shok, antiagregant ta’sir ko‘rsatadi. Gipovolemiyani kamaytiradi, qonni quyuqlashishini va metabolik atsidoz rivojlanishini oldini oladi, diurezni oshiradi, mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi. Suv-elektrolit muvozanati va KOSni tiklashga yordam beradi. Giperkaliemiyani va uning suv-tuz buzilishlari terapiyasidagi oqibatlarini kamaytiradi.
Natriy xlorid – elektrolit, rehidratatsion va detoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlari yetishmovchiligini bartaraf etadi. Gomeostazni saqlash uchun eng muhim element hisoblanadi. Xlorid hujayra tashqarisidagi eng muhim anion bo‘lib, membrana potensialiga javob beradi, natriy almashinuvi bilan chambarchas bog‘liq. Organizmning kislota-ishqor muvozanati o‘zgarishi xloridlar konsentratsiyasi o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Maxsus ko'rsatmalar
Buyrak chiqaruv funksiyasi buzilgan, gipokaliemiya bo‘lgan bemorlarda preparatning katta hajmlarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!