-
Tarkibi
faol modda: dimetilsul'fooksid;
1 flakon dimetilsul'fooksid 50 ml ni o‘z ichiga oladi.
-
Qo'llanilishi
Tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish kasalliklarining kompleks terapiyasida: revmatoid artrit, Bekhterev kasalligi, deformatsiyalovchi osteoartroz (periartrikulyar to‘qimalar zararlanganda; artropatiya, paylarning cho‘zilishi, lat yeyish, travmatik infiltratlar, o‘tkir va surunkali osteomiyelitlar, streptodermiya, yiringli yaralar, abstsesslar).
Shuningdek, teri-plastik jarrohlikda, ko‘chirib o‘tkazilgan teri auto- va gomotransplantantlarini tutib qolish uchun, shuningdek, teri gomotransplantantlarini saqlash uchun qo‘llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi, yaqqol ateroskleroz, stenokardiya, buyrak yoki jigar funksiyasining buzilishi, insult, miokard infarkti, komatoz holatlar, glaukoma, katarakta.
-
Qo'llash usuli
Suvli eritmalar (30–50% konsentratsiyada) ko‘rinishida kompresslar, tamponlar uchun qo‘llanadi.
Dimexid eritmasi bilan namlangan doka salfetkalar zararlangan joylarga, atrofidagi sog‘lom teri qismlarini ham qamrab olgan holda, kuniga 1 marta 20–30 daqiqa davomida qo‘yiladi. Salfetka ustiga polietilen plyonka va paxta yoki zig‘ir mato qo‘yiladi.
Diffuz streptodermiyalarda Dimexid® preparatining 40–90% eritmasi bilan kompresslar tavsiya etiladi.
Yiringli teri kasalliklarida 40% eritma qo‘llaniladi.
Teri-plastik jarrohlikda operatsiyadan so‘ng va operatsiyadan keyingi kunlarda transplantat to‘liq tutib qolguncha ko‘chirib o‘tkazilgan teri auto- va gomotransplantantlariga preparatning 10–20% eritmasi bilan bog‘lamlar qo‘llaniladi.
Teri gomotransplantantlarini saqlash uchun konservant sifatida Ringer eritmasida Dimexid® 5% eritmasi qo‘llaniladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Dimetilsul'fooksid odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, biroq ba'zi bemorlarda quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan dermatitlar, teri toshmasi, angionevrotik shish, qichishish, kuydirish, terining giperemiyasi, eritema, terining qurishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, adinamiya.
Nafas olish organlari tomonidan: bronxospazm
-
Farmakologik xususiyatlari
Dimetilsulfoksid biologik membranalar, shu jumladan teri to'siqlari orqali o'tish xususiyatiga ega bo'lib, shu tarzda o'ziga xos ta'sirlarini namoyon qiladi, ularga yallig'lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi, og'riqni kamaytiruvchi, antiseptik, o'rtacha fibrinolitik ta'sirlar kiradi. Preparat dori vositalarining butun teri va shilliq qavatlar orqali o'tishini kuchaytiradi (transport qilish qobiliyati).
-
Maxsus ko'rsatmalar
Shikastlangan teriga va allergiya belgilari bo‘lgan teriga surtilmasin. Yuz terisiga surtilmasin.
Dimexid® qo‘llashdan oldin sezuvchanlikka sinov o‘tkazish zarur. Buning uchun Dimexid® paxta tamponi yordamida, Dimexid® bilan namlangan holda teriga surtiladi. Dimexid® surtilgandan so‘ng terining keskin qizarishi va qichishishi preparatga individual yuqori sezuvchanlikni ko‘rsatadi.
Keksalar preparatni shifokor bilan oldindan maslahatlashgandan so‘ng qo‘llashlari kerak.
Preparatning shilliq qavatlarga va ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Preparat tasodifan ko‘zga tushsa, ularni darhol oqayotgan suv bilan yuvish kerak.
18 °S va undan past haroratda dimetilsul'fooksid kristallanishi mumkin, bu preparat sifatiga ta'sir qilmaydi. Kristallarni eritish uchun preparat flakonini suv hammomida (suv harorati taxminan 60 °S) ehtiyotkorlik bilan isitish kerak.
Dori vositasini qo‘llash qoidalarini buzmaslik kerak, bu sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Dimetilsulfoksid etanol (alkogol Dimexid preparatini chiqarilishini sekinlashtiradi) va insulin, atsetilsalisil kislotasi, butadion, naparstyanika preparatlari, xininidin, nitroglitserin, antibiotiklar (streptomitsin, monomitsin), xloramfenikol, rifampitsin, grizeofulvin ta'sirini kuchaytiradi, organizmni narkoz vositalariga sezgir qiladi. Preparat tomonidan dori vositalarining ham o'ziga xos faolligi, ham toksikligi kuchayishini hisobga olish kerak. Deformatsiyalovchi osteoartroz va revmatoid artritni kompleks davolashda nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar bilan birga qo'llash mumkin, mahalliy ta'sir qiluvchi antimikrob vositalar (sintomitsin linimenti) bilan kombinatsiyada - streptodermiyani davolash uchun.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshib ketganda allergik reaksiyalar (toshma, shish) va nojo'ya reaksiyalarining kuchayishi mumkin.
Davolash. Dimexid preparatini bekor qilish, simptomatik terapiya.