-
Tarkibi
Faol modda - diklofenak natriy.
-
Qo'llanilishi
Tayanch-harakat tizimi kasalliklarining simptomatik davolash (revmatoyid artrit, psoriazik, ankilozlovchi spondiloartrit; podagrik artrit, revmatik yumshoq to‘qimalar shikastlanishi, periferik bo‘g‘imlar va umurtqa osteoartrozi, shu jumladan radikulyar sindrom bilan, tendovaginit, bursit). Og‘riq sindromi yengil yoki o‘rtacha darajada nevralgiya, mialgiya, lumboshalgiya, travmadan keyingi yallig‘lanish bilan kechuvchi og‘riq sindromi, operatsiyadan keyingi og‘riq, bosh og‘rig‘i, migren, algodisminoreya, adneksit, proktit, tish og‘rig‘i. Quloq, tomoq, burun infeksion-yallig‘lanish kasalliklarining og‘riq sindromi bilan kechuvchi kompleks davolash tarkibida (faringit, tonzillit, otit).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Aortokoronar shuntlashdan keyingi davr; III trimestr homiladorlik, emizish davri; Kompensatsiyalanmagan yurak yetishmovchiligi; Faol modda yoki yordamchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik; Anamnezda bronxoobstruktsiya xuruji, rinit, eshakemi asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa YOKVQ qabul qilgandan keyin (asetilsalitsil kislotasiga to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan intolerantlik sindromi – rinosinusit, eshakemi, burun shilliq qavatining poliplari, astma); Oshqozon yoki 12 barmoqli ichak shilliq qavatining eroziya-yarali o‘zgarishlari, faol me’da-ichak qon ketishi; Ichakning yallig‘lanish kasalliklari (nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi); Serebrovaskulyar qon ketishi yoki boshqa qon ketishlar va gemostaz buzilishlari; Og‘ir jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi; Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam), buyrak kasalliklarining progresiv kechishi, shu jumladan tasdiqlangan giperqaliemiya; Bolalar yoshi (100 mg li suppozitoriylar uchun 18 yoshgacha, 50 mg li suppozitoriylar uchun 15 yoshgacha); To‘g‘ri ichakdan qon ketishi, gemorroy, to‘g‘ri ichak jarohati yoki yallig‘lanishi.
-
Qo'llash usuli
Rektal tarzda, kattalar uchun boshlang‘ich doza 100 mg/kun, 2 qabulga bo‘linadi; yengil hollarda va uzoq muddatli davolashda – 50 mg/kun; og‘iz orqali qabul qilishga qo‘shimcha tarzda umumiy sutkalik doza (rektal va peroral) 150 mg dan oshmasligi kerak. Algodismenoreyada (birinchi simptomlar paydo bo‘lishida) boshlang‘ich doza 50 - 100 mg/kun, zarurat tug‘ilganda bir necha hayz sikllari davomida 150 mg gacha oshiriladi. Migren xurujida – xurujning birinchi belgilarida 100 mg. Zarurat tug‘ilganda – takroran 100 mg. Davolashni keyingi kunlarda davom ettirish zarur bo‘lsa, sutkalik doza bir necha qabulga bo‘linib 150 mg dan oshmasligi kerak. 15 yoshdan katta o‘smirlar uchun – 1 ta supozitoriydan ko‘p emas.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez – epigastral og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, meteorizm, anoreksiya, aminotransferazlar faolligining oshishi; kamdan-kam – gastrit, proktit, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi (qonli qusish, melena, qonga aralash diareya), me’da-ichak yaralari (qon ketishi yoki perforatsiyasiz yoki ular bilan), gepatit, sariq kasallik, jigar funksiyasining buzilishi; juda kam – stomatit, glossit, qizilo‘ngach shikastlanishi, diafragmasimon ichak strikturalari (nospetsifik gemorragik kolit, yarali kolit yoki Kron kasalligining zo‘rayishi), qabziyat, pankreatit, chaqmoq tezligida gepatit, gemorroy zo‘rayishi. Nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; kamdan-kam – uyquchanlik; juda kam – sezuvchanlikning buzilishi, jumladan paresteziya, xotira buzilishi, tremor, tutqanoq, xavotir, serebrovaskulyar buzilishlar, aseptik meningit, dezorientatsiya, depressiya, uyqusizlik, tungi “vahimalar”, asabiylik, psixik buzilishlar. Sezgi organlari tomonidan tez-tez – vertigo; juda kam – ko‘rish buzilishi (ko‘rishning xiralashuvi, diplopiya), eshitish buzilishi, quloq shovqini, ta’m sezish buzilishi. Siydik ajratish tizimi tomonidan juda kam – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, proteinuriya, interstitsial nefrite, nefrotik sindrom, papillyar nekroz. Qon hosil qiluvchi organlar tomonidan juda kam – trombotsitopeniya, leykopeiya, gemolitik va aplastik anemiya, agranulotsitoz. Allergik reaksiyalar – anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, jumladan arterial bosimning keskin pasayishi va shok; juda kam – angionevrotik shish (jumladan yuzda). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan juda kam – yurak urishining tezlashuvi, ko‘krakda og‘riq, arterial bosimning oshishi, vaskulit, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti. Nafas olish tizimi tomonidan kamdan-kam – bronxial astma (jumladan nafas qisishi); juda kam – pnevmonit. Terining holati tomonidan tez-tez – teri toshmasi; kamdan-kam – eshakemi; juda kam – pufakli toshmalar, ekzema, jumladan ko‘p shaklli va Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, eksfoliativ dermatit, qichishish, soch to‘kilishi, fotosensibilizatsiya, purpura, jumladan allergik. Rektal qo‘llashda mahalliy reaksiyalar – to‘g‘ri ichak shilliq qavatining tirnash xususiyati, qonga aralash shilliq ajralmalar, defekatsiya paytida og‘riq, rektal qon ketishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita. Prostaglandinlar biosintezini ingibitsiya qiladi. Prostaglandinlar yallig‘lanishning asosiy simptomlarining (shish, harorat, og‘riq) rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Revmatik kasalliklarda yallig‘lanishga qarshi va analgezik xususiyatlari dam olish va harakat paytidagi og‘riq, ertalabki qattiqlik, bo‘g‘imlarning shishishi kabi simptomlarning kamayishiga olib keladi. Revmatik bo‘lmagan o‘rtacha va kuchli og‘riqlarda aniq analgezik ta’sir ko‘rsatadi. Operatsiyalardan va jarohatlardan keyin yuzaga keladigan yallig‘lanish jarayonlarida ham spontan og‘riqni, ham harakat paytidagi og‘riqni tezda yengillashtiradi, yara joyidagi yallig‘lanishli shishni kamaytiradi. Birlamchi dismenoreyada og‘riqni yengillashtiradi va qon ketishini kamaytiradi. Trombositlar agregatsiyasini bostiradi. Uzoq muddat qo‘llanganda desensibilizatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Oftalmologiyada - miozni bartaraf etadi, katarakta bo‘yicha operatsiyalar vaqtida kistoid makulyar shish rivojlanish ehtimolini kamaytiradi. Absorbsiya - tez va to‘liq, ovqat absorbsiya tezligini sekinlashtiradi. Plazmadagi maksimal konsentratsiyaga 1-2 soatda erishiladi. Faol moddaning sekin chiqarilishi natijasida, diklofenakning uzaytirilgan ta’sir shakli plazmadagi maksimal konsentratsiyasi qisqa ta’sir shakliga nisbatan past bo‘ladi. Mushak ichiga yuborilganda plazmadagi maksimal konsentratsiyaga 10-20 daqiqada, rektal qo‘llanganda 30 daqiqada erishiladi. Biomavjudlik - 50%. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi - 99% dan yuqori. Mahalliy qo‘llanganda faol modda qisman teri orqali so‘riladi. Ko‘zga tomizilganda, rogovitsa va kon’yunktivadagi maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti - 30 daqiqa, ko‘zning old kamerasi ichiga o‘tadi, tizimli qon aylanishiga terapevtik ahamiyatli konsentratsiyalarda o‘tmaydi. Kumulatsiyalanmaydi. Metabolitlar ko‘rinishida buyraklar va o‘t orqali chiqariladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Ehtiyotkorlik bilan Anemiya, bronxial astma, serebrovaskulyar kasalliklar, ishemik yurak kasalligi, turg‘un yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, periferik arteriyalar kasalliklari, shish sindromi, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, chekish, ichakning yallig‘lanish kasalliklari, keng jarrohlik aralashuvlardan keyingi holat, induktsiyalangan porfiriya, keksalik yoshi, divertikulit, biriktiruvchi to‘qima tizimli kasalliklari, kreatinin klirensi 60 ml/min dan kam, homiladorlik (I-II trimestr). Anamnezda me’da-ichak trakti yara kasalligining rivojlanishi, Helicobacter pylori infeksiyasi mavjudligi, uzoq muddatli NPVP qabul qilish, tez-tez spirtli ichimliklar iste’mol qilish, og‘ir somatik kasalliklar. Bir vaqtda antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), peroral glyukokortikosteroidlar (masalan, prednizolon), selektiv serotonin qayta qabul qilish ingibitorlari (masalan, tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) bilan davolash. Prostaglandinlarning buyrak qon oqimini saqlab turishdagi muhim roli tufayli yurak yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga, shuningdek, diuretiklar qabul qilayotgan keksalar va har qanday sababga ko‘ra aylanayotgan qon hajmi kamaygan bemorlarga (masalan, katta jarrohlik aralashuvdan keyin) dori buyurishda alohida ehtiyotkorlik ko‘rsatish lozim. Bunday hollarda diklofenak buyurilsa, ehtiyot chorasi sifatida buyrak funksiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (surunkali gepatit, kompensatsiyalangan jigar sirrozi) kinetika va metabolizm jigar funksiyasi normal bo‘lgan bemorlarnikidan farq qilmaydi. Uzoq muddatli davolashda jigar funksiyasi, periferik qon manzarasi, najasda yashirin qon tahlilini nazorat qilish zarur. Davolash davrida ruhiy va harakat reaksiyalari tezligi pasayishi mumkin, shuning uchun avtotransport boshqarish va yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan tiyilish lozim.