Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
100 ml eritma tarkibida Faol moddalari: benzalkoniya xlorid 50% eritmasi 985 mg, bu benzalkoniya xloridiga 500 mg ga to‘g‘ri keladi, xlorgeksidin diglyukonat 20% eritmasi 1065 mg, bu xlorgeksidin diglyukonatga 200 mg ga to‘g‘ri keladi Yordamchi moddalari: alkildimetilbetain 30% eritmasi, etilen oksidi va propilen oksidi sopolimeri, gidroksietilsellyuloza, limon kislotasi monogidrat, natriy sitrat, tozalangan suv
Qo'llanilishi
Teri va shilliq qavatlarning infeksiyalangan shikastlanishlarini davolash; teri va shilliq qavatlarning infeksiyalanishini oldini olish.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ko'z shilliq qavati va eshitish yo'lini yuvish uchun ishlatish mumkin emas.
Qo'llash usuli
Tashqi, mahalliy. Eritma suyultirilmagan yoki suyultirilgan holda kuniga 1-2 marta qo'llaniladi. Teri yuzasini ishlov berishda suyultirilmagan eritma ishlatiladi. Shilliq qavatlarni mahalliy ishlov berishda eritma suv bilan 1/10 nisbatda suyultiriladi. Suyultirilgan eritma bevosita qo'llashdan oldin tayyorlanadi va saqlanmasligi kerak. Eritma teri yoki shilliq qavat yuzasiga surtiladi va bir tekisda taqsimlanadi, so'ngra ko'p miqdorda suv bilan yuvib tashlanadi.
Nojo´ya ta´sirlar
Teri va shilliq qavatlarning qurishi, bu eritmani suv bilan yaxshilab yuvib tashlashda kamayadi; terining tirnash xususiyati; kontakt ekzema.
Farmakologik xususiyatlari
Benzalkoniya xlorid va xlorgeksidin keng ta'sir doirasiga ega antiseptiklar bo‘lib, gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi, patogen zamburug‘larga, jumladan Candida albicans turiga oid drojye-simon zamburug‘larga fungitsid ta'sirga ega. Antiseptik ta'siri 1 daqiqa davomida namoyon bo‘ladi. Preparat faolligining yallig‘lanish sekreti mavjudligida pasayishi ahamiyatsiz. Dermobakter® terini tozalaydi va dezinfeksiya qiladi, teri butunligini buzmaydi, deyarli teri yuzasidan so‘rilmaydi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Boshqa mahalliy antiseptiklar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas (nomuvofiqlik yoki samarasizlik xavfi). Agar oldindan sovun ishlatilsa, u ehtiyotkorlik bilan yuvib tashlanishi kerak.
Maxsus ko'rsatmalar
Eritma bilan terining katta yuzasini ishlov berishda, eritmani germetik bog‘lam ostida, shikastlangan, xususan, kuygan terida, muddatidan oldin tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq yoki go‘dak terisida qo‘llanganda eritmaning faol moddalari tizimli ta’sir ko‘rsatish xavfi mavjud. Jarrohlik asboblari va uskunalarini dezinfeksiya qilish uchun qo‘llanilmaydi. Foydalanilgandan so‘ng flakonni albatta qopqog‘i bilan yopish zarur. Flakon ochilgandan so‘ng eritmani 15 sutkadan ortiq saqlamaslik kerak. Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari Ta’sir qilmaydi. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash tavsiya etilmaydi va bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash kerak. Homiladorlik va laktatsiya davri Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash bilan bog‘liq biron-bir zararli ta’sir aniqlanmadi, faol moddalarning teratogen xususiyatlari ekspertizasi salbiy natija berdi; eritmani ko‘krak bezi terisini ishlov berish uchun emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!