Qo'llanilishi
Teri va yumshoq to‘qimalarning yiringli bakterial va zamburug‘li kasalliklari, mikroblar ekzema, yumshoq to‘qimalarning yiringli-yallig‘lanishli shikastlanishlari (absesslar, karbunkullar, flegmonalar, furunkullar, yiringli yaralar, panaritsiylar); stomatologik kasalliklar (stomatitlar, yarali-nekrotik gingivit, distrofik-yallig‘lanishli parodontozning I - II darajasi zo‘rayish bosqichida). Shuningdek, o‘pka absessi, bronxoektatik kasallik, o‘pkaning kistoz gipoplaziyasi, asoratli yiringlanish, surunkali bronxitning zo‘rayish bosqichida, surunkali tonzillit, angina, stafilokokk va difteriya tayoqchasi tashuvchiligida, yarali kolit, paraprokritda qo‘llaniladi. Ginekologik amaliyotda – qin shilliq qavatining kandidozi, mikroblar kelib chiqishli jinsiy a’zolar yallig‘lanish kasalliklari, tug‘ruq yo‘llarini tug‘ruqdan oldin sanitariya qilish, tug‘ruqdan keyingi endometritni davolash uchun. Tibbiyot xodimlarining qo‘llari terisini va rezina qo‘lqoplarni bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish va tibbiy manipulyatsiyalar hamda kichik jarrohlik aralashuvlari vaqtida gigiyenik dezinfeksiya qilish, tibbiy asboblar va metall, rezina, polimer materiallar va shishadan tayyorlangan diagnostik uskunalarni sterilizatsiyadan oldin dezinfeksiya qilish uchun.