Qo'llash usuli
Tabletkalar og'iz bo'shlig'ida so'rilishi uchun mo'ljallangan.
Tabletkalarni asta-sekin, chaynalmay so'rish kerak. Davolash kursining davomiyligini shifokor individual ravishda belgilaydi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun har 2 soatda 1 tadan tabletka buyuriladi, yallig'lanish simptomlari kamaygandan so'ng – har 4 soatda 1 tadan tabletka.
4 yoshdan katta bolalar uchun – har 3 soatda 1 tadan tabletka, yallig'lanish simptomlari kamaygandan so'ng – har 4 soatda 1 tadan tabletka.
Sprey og'iz bo'shlig'i va tomoqda purkash uchun mo'ljallangan.
Purkaluvchi aplikator uchini og'iz bo'shlig'iga kiritib, bosish kerak. Flakonni tik tutish lozim. Preparatning tavsiya etilgan sutkalik doza – 3-6 marta qo'llash, har safar 2 martadan purkash (bir purkash 0,1 ml preparatga to'g'ri keladi). Maksimal sutkalik doza 12 purkashni tashkil etadi.
Agar 3-4 kunlik davolash davomida yaxshilanish bo'lmasa, shifokorga murojaat qilish zarur.