-
Tarkibi
Faol modda: ambroksol gidroxlorid - 3 mg.
Yordamchi modda: sorbitol (suyuq sorbitol), metilparagidroksibenzoat (metilparaben, nipagin), propilparagidroksibenzoat (propilparaben, nipazol), propilenglikol, natriy saxarinat digidrat, povidon (kollidon 90 F, plasdon-K90), malinali aromatizator, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
Balg‘amning quyuqlashuvi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari:
- o‘tkir va surunkali bronxit;
- pnevmoniya;
- balg‘am ajralishi qiyin bo‘lgan bronxial astma;
- bronxoektatik kasallik;
- XOBL.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- Homiladorlikning I trimestri;
- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (faqat tabletkalar uchun). 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga Bronxorus buyuriladi
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Laktozani o'zlashtira olmaslik (glyukoza/galaktoza so'rilishi buzilishi sindromi yoki saxaraza/izomaltaza yetishmovchiligi) holatida, tabletkalar tarkibida laktoza borligini hisobga olish kerak.
Irsi fruktozani o'zlashtira olmaslik bo'lgan bemorlar preparatni sirop shaklida qabul qilmasliklari kerak (chunki preparat tarkibida sorbitol mavjud).
Jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, homiladorlikning II va III trimestrlari, laktatsiya (emizish) davrida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
-
Qo'llash usuli
Tabletkalar
Og‘iz orqali, ovqatdan keyin, ko‘p miqdorda suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga – 1 tabletkadan (30 mg) kuniga 3 marta. Zarur bo‘lsa, terapevtik ta’sirni kuchaytirish uchun 2 tabletkadan (60 mg) kuniga 2 marta buyurish mumkin. Kasallik og‘ir kechgan hollarda butun davolash kursi davomida doza kamaytirilmaydi.
Shifokor bilan maslahatlashmasdan preparatni 5 kundan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Sirop
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Bronxoros sirop shaklida buyuriladi.
1 choy qoshiq (5 ml) sirop tarkibida 15 mg ambroksol gidroxloridi mavjud.
Og‘iz orqali, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin, yetarli miqdorda suyuqlik (yarim stakan suv, choy yoki sharbat) bilan qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga – dastlabki 2-3 kun davomida 10 ml siropdan (2 choy qoshiq) kuniga 3 marta, so‘ngra – 10 ml siropdan (2 choy qoshiq) kuniga 2 marta yoki 5 ml siropdan (1 choy qoshiq) kuniga 3 marta. Kasallik og‘ir kechgan hollarda butun davolash kursi davomida doza kamaytirilmaydi – 10 ml siropdan (2 choy qoshiq) kuniga 3 marta.
5-12 yoshli bolalarga 5 ml siropdan (1 choy qoshiq) kuniga 2-3 marta; 2-5 yoshli bolalarga – 2,5 ml siropdan (1/2 choy qoshiq) kuniga 3 marta; tug‘ilganidan 2 yoshgacha – 2,5 ml siropdan (1/2 choy qoshiq) kuniga 2 marta buyuriladi.
Shifokor bilan maslahatlashmasdan preparatni 4-5 kundan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolash faqat shifokor nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.
Preparatni qo‘llash davrida ko‘p suyuqlik ichish tavsiya etiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - diareya, og'iz qurishi, qabziyat; uzoq muddat yuqori dozalarda qo'llanganda - gastralgiya, ko'ngil aynishi, qusish.
Nafas olish tizimi tomonidan: nafas yo'llari shilliq qavatlarining qurishi, rinoreya.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish; ayrim hollarda - allergik dermatit, anafilaktik shok.
Boshqalar: kamdan-kam hollarda - umumiy holsizlik, bosh og'rig'i, ekzantema, dizuriya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi preparat. Sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega.
Ambroksol bronxlar shilliq qavati kiprikli epiteliyining harakat faolligini rag‘batlantiradi (mukokinetik yoki sekretomotor ta’sir).
Bronx epiteliyining kiprikli (tsiliyar) hujayralari spiral peristaltik qisqarishlari balg‘amni bronxial daraxtdan chiqaradi (mukotsiliar transport yoki mukotsiliar klirens). Ambroksol mukotsiliar transportni sezilarli darajada yaxshilaydi.
Ambroksol bronxlar shilliq qavati bezlarining seroz hujayralarini rag‘batlantiradi, balg‘amning shilliq komponenti miqdorini oshiradi va balg‘amning seroz va shilliq komponentlari buzilgan nisbatini normallashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va Klara hujayralaridan lizosomalar ajralishini kuchaytirib, balg‘amning yopishqoqligi va uning adgeziv xususiyatlarini kamaytiradi (mukolitik yoki sekretolitik ta’sir).
Ambroksol alveolalar va bronxlarda sirt faol modda (surfaktant) sintezi va sekretsiyasini oshiradi.
Ushbu mexanizmlar natijasida balg‘amning yopishqoqligi sezilarli darajada kamayadi va uning ko‘chishi yaxshilanadi.
Og‘iz orqali qabul qilinganda preparatning ta’siri 30 daqiqadan so‘ng boshlanadi va 6-12 soat davom etadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Balg‘amni chiqarishni qiyinlashtiradigan yo‘talga qarshi dori vositalari bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Sirop shaklidagi preparat tarkibida shakar yo‘q. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga sirop buyurilishi mumkin: 5 ml sirop tarkibida sorbitol va saxarin 0,18 XE ga mos miqdorda mavjud.
Sirop shaklidagi preparat ich ketishini chaqirishi mumkin, chunki kunlik doza tarkibidagi sorbitol miqdori 10 mg dan oshishi mumkin (1 ml siropda 600 mg sorbitol mavjud, kunlik doza esa 30 ml gacha yetishi mumkin, bu esa 18 g sorbitolga to‘g‘ri keladi).
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Davolanish davrida avtotransport boshqarishda va yuqori diqqat-e’tibor va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.
Davolash: sun’iy qusdirish, preparat qabul qilingandan keyin 1-2 soat ichida oshqozonni yuvish; yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan ovqat qabul qilish.