Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Bivoxa 0,5% 5 ml ko'z tomchilari
Bivoxa 0,5% 5 ml ko'z tomchilari
Ishlab chiqaruvchi: World Medicine
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
59 049 so'm 72 900 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari bivoxa 0,5% 5 ml ko'z tomchilari
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Ko'z tomchilari
  • ATX kodi
    S01AE07
  • Dozalash
    0,50%
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    5 ml
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ml preparat tarkibida faol modda moksifloksatsin (moksifloksatsin gidroxlorid shaklida) 5,0 mg, yordamchi moddalar natriy xlorid, bor kislotasi, xlorid kislotasi va/yoki natriy gidroksid, tozalangan suv mavjud. Faol modda Moxifloxacin
  • Qo'llanilishi
    Dori vositasi moksofloksasinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan bakterial kon'yunktivitlarni davolash uchun ko'rsatilgan.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat komponentlariga yoki ftorxinolonlar guruhidagi boshqa dori vositalariga yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli
    Faqat mahalliy qo‘llash uchun. Kattalar va 1 yoshdan oshgan bolalarga Bivoksa preparati zararlangan ko‘zga kuniga 3 marta 1 tomchidan tomiziladi. Odatda holat yaxshilanishi 5 kundan so‘ng kuzatiladi, davolashni keyingi 2-3 kun davomida ham davom ettirish kerak. Agar 5 kun davomida holat yaxshilanishi kuzatilmasa, tashxis va/yoki davolash qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligiga, shuningdek klinik va bakteriologik kechishiga bog‘liq.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ko‘z organidan: tez-tez – ko‘z og‘rig‘i, ko‘zning qichishi, ko‘zning quruqligi, kon'yunktival gipermiya; kamdan-kam – shaffof qavatning shikastlanishi, shaffof qavatning ranglanishi, kon'yunktivitlar, ko‘z shishi, ko‘rish keskinligining pasayishi. Boshqalar: kamdan-kam – bosh og‘rig‘i, paresteziya, burun noqulayligi, gemoglobin darajasining pasayishi, alanin aminotransferazasi va gamma-glutamiltransferazasi darajasining oshishi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Sistemali xinolon qatori preparatlarini qo‘llagan bemorlarda og‘ir gipersezuvchanlik reaksiyalari (anafilaksiya) kuzatilgan, ba’zan birinchi doza qabul qilingandan so‘ng darhol. Bivoksga allergik reaksiya paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Antibiotikning uzoq muddat qo‘llanilishi sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar, shu jumladan zamburug‘larning ortiqcha o‘sishiga olib kelishi mumkin. Superinfeksiya yuzaga kelganda preparatni bekor qilish va adekvat terapiya tayinlash zarur. Flakon va uning tarkibini ifloslanishidan saqlash uchun tomizgich uchini hech qanday sirtga tekkizmaslik kerak. Pediatriyada qo‘llanilishi Moksifloksatsin ko‘z tomchilarini 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas. Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparatni qo‘llaganidan so‘ng vaqtincha ko‘rish ravshanligi yo‘qolgan bemorlar yuqori e’tibor va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlaridan saqlanishlari kerak. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatmaslik kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida Bivoks preparatini faqat onaga kutilayotgan foyda homila yoki bolaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
     
    Moksifloksasin - IV avlod ftorxinolon antibakterial preparati, bakteritsid ta’sirga ega. Keng doiradagi gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlar, anaeroblar, kislota-barqaror va atipik bakteriyalarga nisbatan faollik ko‘rsatadi.

    Ta’sir mexanizmi topoizomeraza II (DNK-giraza) va topoizomeraza IV ni inhibitsiyalash bilan bog‘liq. DNK-giraza - bakteriyalarning DNK replikatsiyasi, transkripsiyasi va reparatsiyasida ishtirok etuvchi ferment.

    Topoizomeraza IV - bakterial hujayra bo‘linishi vaqtida xromosomal DNK ni ajratishda ishtirok etuvchi ferment. 

  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Kon'yunktival bo'shliqning kichik sig'imi tufayli, dori vositalarini instillyatsiya shaklida qo'llashda mahalliy dozani oshirib yuborish ehtimoli deyarli yo'q. Preparat tarkibidagi moksifloksatsinning umumiy miqdori flakon tarkibini tasodifan yutib yuborilganda gipersensitivlik rivojlanishi uchun yetarli emas.

    Preparatning ko'p miqdori ko'zga tushib qolsa, ko'zni iliq suv bilan yuvish tavsiya etiladi. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Качественный продукт, доставка была быстрой и без проблем.
    05 August 2024
    0
    0
  • Shahzod
    ico ico ico ico ico
    Отличные глазные капли, помогли справиться с воспалением глаз.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico