-
Tarkibi
bir flakon uchun: 600000 ED, 1200000 ED Faol moddalari: benzatin benzilpenitsillin 200000 ED 400000 ED benzilpenitsillin natriy (benzilpenitsillin natriy tuzi) yoki benzilpenitsillin kaliy (benzilpenitsillin kaliy tuzi) 200000 ED 400000 ED benzilpenitsillin prokain (benzilpenitsillin novokain tuzi) 200000 ED 400000 ED
-
Qo'llanilishi
Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalar (kattalarda): sifilis va boshqa rangsiz treponemalar chaqirgan kasalliklar (frambesiya), streptokokk infeksiyalari (B guruhi streptokokklari chaqirgan infeksiyalardan tashqari) – o‘tkir tonzillit, skarlatina, yara infeksiyalari, qizilcha yallig‘lanishi; revmatizm (profilaktika).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Penitsillin guruhi preparatlariga va boshqa beta-laktam antibiotiklarga, prokainga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktatsiya davri, buyrak yetishmovchiligi, allergik kasalliklar, shu jumladan bronxial astma, pollinoz (shu jumladan anamnezda), soxta membranoz kolit.
-
Qo'llash usuli
Preparatni chuqur muskul ichiga, dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga, 300 ming ED dozasida yuboriladi. Zarurat tug‘ilganda 2 ta in'ektsiya har xil dumbalarga qilinadi. Takroriy in'ektsiyalar oldingi in'ektsiyadan 4 kun o‘tib amalga oshiriladi. 600 ming ED dozasida preparat 6 kunda 1 marta yuboriladi. Birlamchi va ikkilamchi sifilisni davolashda preparatning bir martalik dozasi 1,8 mln ED ni tashkil etadi. Davolash kursi 7 ta in'ektsiyadan iborat. Birinchi in'ektsiya 300 ming ED dozasida, ikkinchi in'ektsiya 1 kundan so‘ng to‘liq dozada, keyingi in'ektsiyalar haftasiga 2 marta qilinadi. Ikkilamchi retsidivli va yashirin erta sifilisni davolashda birinchi in'ektsiya uchun 300 ming ED doza, keyingi in'ektsiyalar uchun 1,8 mln ED doza ishlatiladi. In'ektsiyalar haftasiga 2 marta qilinadi. Davolash kursi – 14 ta in'ektsiya. Suspenziya tayyorlash uchun steril in'ektsiya uchun suv, natriy xloridning izotonik eritmasi yoki 0,25-0,5 % novokain eritmasi (5-6 ml) ishlatiladi, ех tеmpore tayyorlanadi. Erituvchi flakonga sekin, 5 ml ni 20-25 soniyada yuboriladi. Flakon aralashmasi ehtiyotkorlik bilan uning uzun o‘qi bo‘ylab bir hil suspenziya (yoki suyuqlik) hosil bo‘lguncha chayqatiladi. Flakon devorlari bo‘ylab suspenziya yuzasida pufakchalar bo‘lishi mumkin. Suspenziya darhol chuqur dumba yuqori tashqi kvadrantiga yuboriladi. In'ektsiyadan so‘ng dumbani uqalash tavsiya etilmaydi. Preparat uzoq vaqt suv yoki yuqorida ko‘rsatilgan boshqa eritmalar bilan aloqada bo‘lsa, uning fizik va kolloid xususiyatlari o‘zgaradi, natijada suspenziya notekis bo‘lib, shprits ignasi orqali o‘tishi qiyinlashadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar: eshakemi, angionevrotik shish, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, kamdan-kam hollarda anafilaktik shok. Artralgiya, isitma, eksfoliativ dermatit; stomatit, glossit; anemiya, trombotsitopeniya, leykopeiya, gipokoagulyatsiya. Uzoq muddatli davolashda - barqaror mikroorganizmlar va zamburug‘lar bilan superinfeksiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
3 ta benzilpenitsillin tuzidan iborat kombinatsiyalangan bakteritsid preparat: dibenzil-etilendiamin, prokain, natriy yoki kaliy tuzi, uzoq muddatli ta'sirga ega. Mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini bostiradi. Gram-musbat mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus spp. (penitsillinaza hosil qilmaydigan), Streptococcus spp., shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Corynebacterium diphtheriae; anaerob sporali tayoqchalar: Bacillus anthracis, Clostridium spp., Actinomyces israelii; gram-manfiy mikroorganizmlar: Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Treponema spp. Preparatga Staphylococcus spp. penitsillinaza hosil qiluvchi shtammlari chidamli.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Har qanday allergik reaksiya paydo bo‘lsa, davolashni darhol to‘xtatish zarur. Teriga, tomir ichiga, endolyumbal, shuningdek, tana bo‘shliqlariga yuborish mumkin emas. Tasodifiy tomir ichiga yuborilganda o‘tkinchi tormozlanish, xavotir va ko‘rish buzilishi (Uanye sindromi) kuzatilishi mumkin. Preparatni tomir ichiga yuborilishini oldini olish uchun mushak ichiga in'ektsiya qilishdan oldin ignaning tomirga tushishini aniqlash maqsadida aspiratsiya tavsiya etiladi. Venerik kasalliklarni davolashda, agar sifilisga gumon bo‘lsa, terapiya boshlanishidan oldin va keyin 4 oy davomida mikroskopik va serologik tekshiruvlar o‘tkazish zarur. Zamburug‘li zararlanishlar rivojlanishi mumkinligi sababli B guruhi vitaminlari va askorbin kislotasi, zarurat tug‘ilganda nistatin va levorin, infeksiya umumlashuvi belgilari bo‘lsa flukonazol buyurish maqsadga muvofiq. Preparatni yetarli dozada qo‘llamaslik yoki davolashni juda erta to‘xtatish ko‘pincha patogenlarning rezistent shtammlari paydo bo‘lishiga olib kelishini hisobga olish zarur. Kam hollarda anafilaktik shok rivojlanishi mumkin. Anafilaktik shokning dastlabki belgilari paydo bo‘lishi bilan bemorni bu holatdan chiqarish uchun zudlik bilan choralar ko‘rish zarur: norepinefrin, glyukokortikosteroidlar yuborish, zarurat bo‘lsa sun'iy nafas oldirish o‘tkazish. Homiladorlikda qo‘llash faqat onaga kutilayotgan foyda homilaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa mumkin. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.