-
Qo'llanilishi
penisillinga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan infeksion kasalliklarni davolash (ayniqsa, qonda uzoq muddatli terapevtik kontsentratsiyani yaratish zarur bo‘lgan hollarda);
sifilis;
frambesiya;
streptokokk infeksiyalari (o‘tkir tonzillit, skarlatina, yara infeksiyalari, ro‘ja), B guruhi streptokokklari chaqirgan infeksiyalardan tashqari;
revmatizm profilaktikasi;
leyshmanioz.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
– penisillinlar va prokain (novokain) ga yuqori sezuvchanlik;
– bronxial astma;
– pichan isitmasi;
– boshqa allergik kasalliklar.
-
Qo'llash usuli
Bitsillin-3 yuqori tashqi sonning to'rtinchi kvadrantiga chuqur yuboriladi, doza 1,2 mln ED dan oshmasligi kerak. Zarur bo'lsa, 2 in'ektsiya har xil sonlarga qilinadi. Takroriy in'ektsiyalar oldingi in'ektsiyadan 4 kun o'tgach amalga oshiriladi.
Preparat 600 000 ED dozada har 6 kunda 1 marta yuboriladi.
Birlamchi va ikkilamchi sifilisni davolashda preparatning bir martalik dozasi 1,8 mln ED ni tashkil qiladi. Davolash kursi - 7 in'ektsiya. Birinchi in'ektsiya 300 000 ED dozada, ikkinchi in'ektsiya 1 sutkadan so'ng to'liq dozada (1,8 mln ED) qilinadi. Keyingi in'ektsiyalar haftasiga 2 marta o'tkaziladi.
Ikkilamchi retsidivli va yashirin erta sifilisni davolashda birinchi in'ektsiya uchun 300 000 ED doza, keyingi in'ektsiyalar uchun 1,8 mln ED doza ishlatiladi. In'ektsiyalar haftasiga 2 marta o'tkaziladi. Davolash kursi - 14 in'ektsiya.
Preparatni veno ichiga yuborish taqiqlanadi.
Eritmani tayyorlash va yuborish qoidalari
Bitsillin-3 suspenziyasi bevosita ishlatishdan oldin tayyorlanadi. Preparatli flakon ichiga 2-3 ml steril in'ektsiya uchun suv yoki natriy xlorid izotonik eritmasi kiritiladi. Flakondagi aralashma 30 soniya davomida (uzunlamas o'q bo'ylab) silkitiladi, bir hil suspenziya (yoki suyuqlik) hosil bo'lguncha, va u yuqori tashqi sonning to'rtinchi kvadrantiga chuqur mushak ichiga yuboriladi. In'ektsiyadan so'ng sonni uqalash tavsiya etilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar: toshma, angionevrotik shish, ko'p shaklli eritema, anafilaktik shok, artralgiyalar, isitma, ekssfoliativ shish.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: stomatit, glossit.
Qon ivish tizimi tomonidan: anemiya, trombotsitopeniya, leykopeiya, gipokoagulyatsiya.
Boshqalar: uzoq muddat qo'llanganda - superinfeksiya, mikozlar.
-
Farmakologik xususiyatlari
Uzoq ta'sir qiluvchi, penisillinazaga chidamli penisillinlar guruhiga mansub kombinatsiyalangan antibakterial preparat. Ta'sir mexanizmining asosi peptidoglikan – hujayra qobig‘ining mukopeptid sintezining buzilishi bo‘lib, bu mikroorganizmlar hujayra devori sintezining inhibatsiyasiga, bakteriyalarning o‘sishi va ko‘payishini to‘xtatishga olib keladi.
Quyidagi gram-musbat bakteriyalarga nisbatan faol: Staphylococcus spp. (penisillinaza hosil qilmaydigan), Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus pneumoniae), Corynebacterium diphtheriae, Bacillus anthracis; gram-manfiy bakteriyalar: Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Actinomyces israelii.
Preparat shuningdek Treponema spp., anaerob sporali tayoqchalar, leyshmaniyalarga nisbatan ham faol.
Preparatga Staphylococcus spp., penisillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlari chidamli.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Allergik reaksiyalar rivojlanganda davolashni darhol to‘xtatish kerak.
Anafilaktik shok rivojlanganda qarshi shok terapiyasi o‘tkaziladi (norepinefrin, GKSlari yuboriladi, sun'iy nafas oldirish amalga oshiriladi).
Vena ichiga va endolumbal yuborish mumkin emas, chunki Uanye sindromi (tushkunlik, xavotir, paresteziya, ko‘rish buzilishi) rivojlanishi mumkin.
Venerik kasalliklarni davolashda, sifilisga gumon qilinganda, terapiya boshlanishidan oldin va keyin 4 oy davomida mikroskopik va serologik tekshiruvlar o‘tkazish zarur.
Qo‘ziqorinli zararlanishlar rivojlanishi mumkinligi sababli, zamburug‘larga qarshi preparatlar (nistatin, levorin), shuningdek askorbin kislotasi va V guruhi vitaminlarini buyurish maqsadga muvofiq.
Preparatni yetarli bo‘lmagan dozada qo‘llash yoki davolashni erta to‘xtatish patogenlarning rezistent shtammlarining paydo bo‘lishiga olib kelishini hisobga olish zarur.