Dorilarning o'zaro ta'siri
Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari haqida davolovchi shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Bisakodilni yurak ritmi buzilishi (aritmiya) torsades de pointes turini rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi: antiaritmik preparatlar (amiodaron, bretiliy, dizopiramid, xinin, sotalol); - boshqa dori vositalari, masalan: astemizol, bepridil, eritromitsin (vena ichiga yuborish uchun), galofantrin, pentamidin, sultoprid, terfenadin, vinkamin.
Torsades de pointes turidagi yurak ritmi buzilishi rivojlanishining xavf omillari gipokaliemiya, bradikardiya va QT intervalining uzayishi hisoblanadi.
Diqqat bilan qo‘llashni talab qiladigan dori kombinatsiyalari:
Yurak glikozidlari. Gipokaliemiya naparstyan dori vositalarining toksik ta’sirini oshiradi. Qon zardobida kaliy darajasini monitoring qilish va zarur bo‘lsa, EKG nazorati talab etiladi.
Kaliy chiqarilishini kuchaytiruvchi boshqa dori vositalari: kaliyuretik diuretiklar (alohida yoki kombinatsiyada), amfoteritsin V (vena ichiga yuborish uchun), kortikosteroidlar, tetrakozaktid. Qon zardobida kaliy darajasini nazorat qilish va zarurat tug‘ilganda tuzatish talab etiladi.
Bisakodilni yuqori ovqat hazm qilish yo‘llarida kislotalilikni pasaytiruvchi dori vositalari, masalan, antatsidlar (maaloks, fosfalyugel, almagel, gastal, renni, rutatsid va boshqalar) yoki proton nasosi ingibitorlari (omeprazol, ezomeprazol, pantoprazol, lansoprazol, rabeprazol, dekslansoprazol, tenatoprazol va boshqalar) bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu ichakda eriydigan qobiqning erta erib ketishiga olib kelishi mumkin.
Oziq-ovqat va ichimliklar bilan o‘zaro ta’siri
Dori vositasini yuqori ovqat hazm qilish yo‘llarida kislotalilikni pasaytiruvchi mahsulotlar, masalan, sut bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu ichakda eriydigan qobiqning erta erib ketishiga olib kelishi mumkin.