Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
teri zamburug‘li infeksiyalari, dermatofitlar tomonidan chaqirilgan, masalan Trichophyton (masalan, T.rubrum, T.mentagrophytes, T.verrucosum, T.violaceum, T.interdigitale, T.tonsurans, T.gipseum), Microsporum canis va Epidermophyton floccosum;
tanasi Candida turiga mansub (masalan, Candida albicans) zamburug‘lar tomonidan chaqirilgan teri drojli infeksiyalari;
rangli temiratki (Pityriasis versicolor), Pityrosporum orbiculare (shuningdek, Malassezia furfur nomi bilan ham tanilgan) tomonidan chaqirilgan.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Terbinafinga yoki Binafin tarkibiga kiruvchi boshqa har qanday komponentga yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
Tashqi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga Binafin teriga kuniga 1 yoki 2 marta surtilishi mumkin. Kremni surtishdan oldin zararlangan joylarni tozalab quritish kerak. Krem yupqa qatlamda zararlangan teriga va unga tutash joylarga surtiladi va yengil ishqalab yuboriladi.
Teri osti to‘qimalari bilan kechuvchi infeksiyalarda (ko‘krak ostida, barmoqlar orasida, orqa sohasida, qov sohasida) krem surtilgan joylarni, ayniqsa tunda, doka bilan yopish mumkin.
Davolashning o‘rtacha davomiyligi: tana, boldir va oyoq terisining dermatomikozida — 1 hafta, kuniga 1 marta; teri kandidozida — 1–2 hafta, kuniga 1 yoki 2 marta; rangli temiratkida — 2 hafta, kuniga 1 yoki 2 marta.
Klinik belgilarning kamayishi odatda davolashning dastlabki kunlarida kuzatiladi. Davolash tartibsiz yoki muddatidan oldin to‘xtatilsa, infeksiya qaytalanish xavfi mavjud. Agar 2 haftalik davolashdan so‘ng yaxshilanish belgilari bo‘lmasa, tashxisni aniqlashtirish kerak.
Keksa yoshdagi shaxslarda preparatni qo‘llash. Keksa yoshdagi shaxslarda preparat dozasini o‘zgartirish yoki ularda yosh bemorlardan farqli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi uchun asos yo‘q.
Bolalarda preparatni qo‘llash. Ushbu preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam hollarda dori qo'llaniladigan joyda qizish, qichish yoki kuyish hissi kuzatilgan, ammo bu hodisalar davolashni to'xtatishga olib kelmagan. Yuqorida keltirilgan simptomlarni kamdan-kam paydo bo'ladigan allergik reaktsiyalardan (masalan, urtikarni) ajratish kerak, ammo ularning paydo bo'lishida davolashni to'xtatish zarur.
Farmakologik xususiyatlari
Terbinafin - bu teri, soch va tirnoqlarda kasallik chaqiruvchi zamburug‘larga, jumladan, dermatofitlarga, masalan Trichophyton (masalan T.rubrum, T.mentagrophytes, T.tonsurans, T.verrucosum, T.violaceum), Microsporum (masalan M. canis), Epidermophyton floccosum, shuningdek, Candida (masalan Candida albicans) va Pityrosporum turidagi drojyeo‘xshash zamburug‘larga qarshi keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan allilamin hisoblanadi. Past konsentratsiyalarda terbinafin dermatofitlar, mog‘or zamburug‘lari va ayrim dimorf zamburug‘larga nisbatan fungitsid ta’sir ko‘rsatadi. Drojyeo‘xshash zamburug‘larga nisbatan faolligi ularning turiga qarab fungitsid yoki fungistatik bo‘lishi mumkin.
Terbinafin zamburug‘ hujayrasida sterinlar biosintezining erta bosqichini aniq ravishda susaytiradi. Bu ergosterin yetishmovchiligiga va hujayra ichida skvalen to‘planishiga olib keladi, natijada zamburug‘ hujayrasining o‘limiga sabab bo‘ladi. Terbinafin ta’siri zamburug‘ hujayra membranasidagi skvalenepoksidaza fermentini ingibitsiyalash orqali amalga oshiriladi. Ushbu ferment sitoxrom P450 tizimiga kirmaydi. Terbinafin gormonlar yoki boshqa dori vositalarining metabolizmiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Binafin ichga qabul qilinganda teri, soch va tirnoqlarda preparatning fungitsid ta’sirini ta’minlaydigan konsentratsiyalari hosil bo‘ladi.
Maxsus ko'rsatmalar
Faqat tashqi foydalanish uchun mo'ljallangan. Preparatning ko'zlarga tushishidan qochish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Preparat homiladorlik davrida faqat juda qat'iy ko'rsatmalar bo'yicha va onaga kutilayotgan foyda bola va bolaga potentsial xavfdan oshganda qo'llanilishi kerak.
Agar emizish davrida preparatni qo'llash zarur bo'lsa, ona sut berishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak.
Avtomobil boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Boshqa dori-darmonlar bilan o'zaro ta'siri
Terbinafin gormonlar yoki boshqa dori-darmonlarning metabolizmi ustiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, qusish, epigastral sohada og'riq.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!