1 sashe (=1,5g) Magniy sitrat (magniy manbai) 450 mg Vitamin B6 2 mg
Probiotik bakteriyalar 8 turi
(Bifidobacterium bifidum RKMUz-175, Bifidobacterium adolescentis RKMUz-109,
Bifidobacterium bifidum RKMUz-108, Lactobacillus plantarum RKMUz-174a, Lactobacillus acidophilus RKMUz-212, Lactobacillus bulgaricus RKMUz-210,
Propionibacterium avidum RKMUz-261, Streptococcus thermophilus RKMUz-237) > 10 milliard KOYe
*Yordamchi moddalari Fruktooligosaxaridlar (FOS) maltodekstrin, fruktoza, glyukoza; Mikrokristallik tsellyuloza va boshqalar TS bo'yicha.
Qo'llanilishi
bolalarda qo'zg'algan va tarang emotsional holatda, shu jumladan giperaktivlikda taranglikni, qo'zg'aluvchanlikni kamaytirish va maksimal emotsional va jismoniy bo'shashishga erishish uchun;
charchoq, stress, uyqusizlikda, asab tizimini himoya qilish, bo'shashish, uyquga ketishni yengillashtirish uchun;
homilador ayollarda bachadon gipertonusida homiladorlikni to'xtatib qo'yish xavfini oldini olish, bachadon va homila qon ta'minotini yaxshilash, homilada yurak-qon tomir, asab tizimining to'g'ri shakllanishi uchun; premenstrual sindromning salbiy namoyonlarida spazmlarni kamaytirish uchun;
og'iz orqali kontratseptivlar qabul qilganda magnij darajasining pasayishini to'ldirish uchun;
metabolik buzilishlarda (qandli diabet, semizlik);
gipomagniemiya bilan kechadigan endokrin buzilishlarda (qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari va boshqalar kasalliklari);
yurak mushaklarining qo'zg'aluvchanligida tomirlar tonusini kamaytirish, yurak ritmi va arterial bosimni normallashtirish uchun.
Qo'llash usuli
6 oygacha bo'lgan bolalarga kuniga yarim sashe.
6 oydan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 1 sashe.
4 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 1-2 sashe.
7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 2 sashe.
12 yoshdan boshlab bolalar va kattalarga kuniga 2-3 sashe. Ovqatdan 1 soat o'tgach qo'llaniladi.
Qabul qilishdan oldin 20-50 ml sovutilgan suyuqlik, masalan, qaynatilgan suv, sut, bolalar ovqatiga (harorat >40 °C bo'lsa bakteriyalar nobud bo'lishi mumkin) aralashtiriladi. Olingan aralashma yaxshilab aralashtiriladi va bir martada qabul qilinadi (bolaga beriladi). Tayyor aralashmani keyingi foydalanish uchun qoldirmang.
Suyuqlikda kukunning to'liq erimasligi mumkin, bu uning tarkibidagi tabiiy komponentlar xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan tabiiy va normal jarayondir. Qabul qilish muddati 10-20 kunni tashkil etadi.