Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Benzilpenitsillin natriy tuzi 1 mln ED
Benzilpenitsillin natriy tuzi 1 mln ED
Ishlab chiqaruvchi: NCPC (70)
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari benzilpenitsillin natriy tuzi 1 mln ed
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Kukun
  • Dozalash
    1 mln birlik
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    faol modda: benzilpenitsillin natriy tuzi – 1000000 ED
  • Qo'llanilishi
    - krupoznaya va o‘chog‘li pnevmoniya, plevra empiyemasi, bronxit - sepsis, septik endokardit (o‘tkir va subo‘tkir) - peritonit - meningit - osteomiyelit - pielonefrit, pielit, tsistit, uretrit, gonoreya, blennoreya, sifilis, tservitsit - xolangit, xoletsistit - jarohat infeksiyasi - roja, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar - difteriya - skarlatina - sibrik yara - aktinomikoz - gaymorit, otit - yiringli kon'yunktivit
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - penitsillinga va boshqa ß-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik - epilepsiyada endolyumbal yuborish.
  • Qo'llash usuli
    Benzilpenitsillin natriy tuzi mushak ichiga yuboriladi. Mushak ichiga yuborilganda bir martalik doza o‘rtacha og‘irlikdagi kasalliklarda (yuqori va pastki nafas yo‘llari infeksiyalari, siydik chiqarish va o‘t chiqarish yo‘llari infeksiyalari, yumshoq to‘qimalar infeksiyalari va boshqalar) 250000 – 500000 ED 4-6 marta sutkada. Og‘ir infeksiyalarda (sepsis, septik endokardit, meningit va boshqalar) – 10-20 mln. ED sutkada; gazli gangrenada – 40-60 mln. ED gacha. Bolalar uchun sutkalik doza: 1 yoshgacha – 50000 – 100000 ED/kg, 1 yoshdan katta – 50000 ED/kg; zaruriyat tug‘ilganda – 200000 – 300000 ED/kg, hayotiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha – 500000 ED/kg gacha oshiriladi. Yuborish soni – 4-6 marta sutkada. Preparatning mushak ichiga yuborish uchun eritmasi bevosita yuborishdan oldin tayyorlanadi, flakon tarkibiga 1-3 ml in'ektsiya uchun suv, 0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki 0,5 % prokain (novokain) eritmasi qo‘shiladi. Benzilpenitsillin prokain eritmasida eritilganda benzilpenitsillin prokain kristallari hosil bo‘lishi natijasida eritma loyqalanishi mumkin, bu preparatni mushak ichiga yuborishga to‘sqinlik qilmaydi. Olingan eritma chuqur mushakka yuboriladi. Davolash davomiyligi kasallik og‘irligiga qarab – 7 dan 10 kungacha.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    - miokard nasos funksiyasining buzilishi, aritmiyalar, yurak to‘xtashi, surunkali yurak yetishmovchiligi (chunki katta dozalarda yuborilganda gipernatriemiya yuzaga kelishi mumkin) - ko‘ngil aynishi, qusish, stomatit, glossit, jigar funksiyasining buzilishi - buyrak funksiyasining buzilishi - anemiya, leykopeiya, trombotsitopeniya - reflektor qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi, meningeal simptomlar, tutqanoq, koma - allergik reaksiyalar: ba'zan – gipertermiya, toshma, teri toshmasi, isitma, sovuq urishi, terlashning oshishi, shilliq qavatlarda toshma, artralgiya, eozinofiliya, angionevrotik shish, interstitsial nefrid, bronxospazm, kamdan-kam – anafilaktik shok - mahalliy reaksiyalar: mushak ichiga yuborilgan joyda og‘riq va zichlashish - disbakterioz, superinfeksiya rivojlanishi (uzoq muddat qo‘llanganda)
  • Farmakologik xususiyatlari
    Biosintetik ("tabiiy") penitsillinlar guruhiga mansub bakteritsid antibiotik. Mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini ingibitsiya qiladi. Gram-musbat qo'zg'atuvchilarga nisbatan faol: stafilokokklar (penitsillinaza hosil qilmaydigan), streptokokklar, pnevmokokklar, difteriya korinebakteriyalari, anaerob sporali tayoqchalar, sibir yara tayoqchalari, Actinomyces spp.; gram-manfiy mikroorganizmlar: kokklar (Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis), shuningdek, spiroxetlarga nisbatan faol. Ko'pgina gram-manfiy bakteriyalarga (jumladan, Pseudomonas aeruginosa), Rickettsia spp., sodda organizmlarga nisbatan faol emas. Preparat ta'siriga Staphylococcus spp., penitsillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlari chidamli.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Benzilpenitsillin birgalikda qo‘llash tavsiya etilmaydi

    Bakteritsid va bakteriostatik antibiotiklarni birga qo‘llamaslik umumiy tamoyiliga asoslanadi.

    Benzilpenitsillin natriy tuzi preparatini bakteriostatik antibiotiklar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

    Aralash inʼektsiyalar yoki infuziyalar: noxush kimyoviy reaksiyalarning oldini olish uchun aralash inʼektsiyalar yoki infuziyalar yoki uglevodlar, masalan, glyukoza saqlovchi eritmalar bilan aralashmalarni qo‘llashdan saqlanish kerak.

    Probenetsid: probenetsid kiritilishi benzilpenitsillinning kanalchali sekretsiyasini inhibitsiyalashga olib keladi, bu esa zardobdagi konsentratsiyaning oshishiga va yarim chiqarilish davrining uzayishiga olib keladi. Bundan tashqari, probenetsid penitsillinning orqa miya suyuqligidan tashilishini inhibitsiyalaydi, shuning uchun probenetsidni bir vaqtda qabul qilish benzilpenitsillinning miya to‘qimalariga kirib borishini yanada kamaytiradi.

    Yallig‘lanishga qarshi, revmatizmga qarshi va isitmani tushiruvchi vositalar: benzilpenitsillin yallig‘lanishga qarshi, revmatizmga qarshi yoki isitmani tushiruvchi vositalar (ayniqsa, indometatsin, fenilbutazon, yuqori dozalarda salitsilatlar) bilan birga qo‘llanganda zardobdagi konsentratsiyaning oshishiga va yarim chiqarilish davrining uzayishiga olib keladi.

    Digoksin: digoksin qabul qilayotgan bemorlarda benzilpenitsillin ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak, chunki o‘zaro taʼsir natijasida bradikardiya xavfi mavjud.

    Metotreksat: benzilpenitsillin bilan birga qabul qilinganda, metotreksatning chiqarilishi kamayadi. Bu metotreksat toksikligining oshishiga olib kelishi mumkin. Metotreksat va penitsillinni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. Agar birga qo‘llash muqarrar bo‘lsa, metotreksat dozasini kamaytirish ko‘rib chiqilishi kerak. Bemor metotreksatning qo‘shimcha nojo‘ya reaksiyalari, jumladan, leykope­niya, trombotsitopeniya va teri yiringlashi yuzasidan kuzatuvda bo‘lishi kerak.

    Peroral antikoagulyantlar: peroral antikoagulyantlar va penitsillin antibiotiklari amaliyotda keng qo‘llanilgan, o‘zaro taʼsirlar kuzatilmagan. Biroq, adabiyotda penitsillin bilan birga atsenokumarol yoki varfarin buyurilgan bemorlarda qon ketish holatlari ko‘paygani haqida xabarlar mavjud. Agar bir vaqtda qabul qilish zarur bo‘lsa, penitsillin birga yoki to‘xtatilganda protrombin vaqti yoki boshqa koagulyatsiya parametrlarini diqqat bilan nazorat qilish kerak. Bundan tashqari, peroral antikoagulyant dozasini tuzatish talab qilinishi mumkin.

    Antibiotiklar o‘rtasida sinergizm:

    Benzilpenitsillin natriy tuzi preparatini boshqa antibiotiklar bilan birga faqat sinergik yoki kamida qo‘shimcha taʼsir kutilganda qo‘llash kerak. Odatda, kombinatsiyaning har bir komponenti to‘liq samarali dozada kiritilishi kerak (istisno: agar sinergizm isbotlangan bo‘lsa, kombinatsiyadagi ko‘proq toksik hamkor dozasini kamaytirish mumkin).

    Benzilpenitsillin natriy tuzi preparatini quyidagi antibiotiklar bilan birga qo‘llash mumkin:

    • beta-laktam antibiotiklar (masalan, flukoksatsillin va boshqa tor spektrli beta-laktamlar);
    • aminopenitsillinlar;
    • aminoglikozidlar.
     
  • Maxsus ko'rsatmalar
     
    Tsefalosporinlarga gipersensitivlik holatlarida o‘zaro anafilaktoid yoki anafilaktik reaksiya yuzaga kelishi mumkin (adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra: 5-10%).

    Qo‘llashdan oldin gipersensitivlik testi o‘tkazilishi zarur.

    Bemorlarni gipersensitivlik reaksiyasi yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabardor qilish kerak. Allergik diatez yoki bronxial astma bo‘lgan bemorlarda alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Preparat qo‘llangandan so‘ng bemorlar 30 daqiqa davomida kuzatuv ostida bo‘lishi kerak, va zarurat tug‘ilganda adrenalin eritmasi in'ektsiya uchun tayyor bo‘lishi lozim. Agar allergik reaksiya yuzaga kelsa, preparat yuborilishini to‘xtatish va zarur bo‘lsa, simptomatik davolash tayinlash kerak.

    Quyidagi holatlarda bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak:

    • allergik diatez (to‘shma yoki pichan isitmasi) yoki astma (gipersensitivlik reaksiyalari xavfi yuqori);
    • yurakning og‘ir kasalliklari yoki boshqa kelib chiqishga ega bo‘lgan elektrolit muvozanatining jiddiy buzilishlari (bu bemorlar guruhida elektrolitlarni, ayniqsa, kaliy qabulini qo‘llashga e’tibor qaratish kerak);
    • buyrak yetishmovchiligi (dozani tuzatish zarur);
    • og‘ir jigar yetishmovchiligi (dozani tuzatish zarur);
    • epilepsiya, miya shishi yoki meningit (Benzilpenitsillin natriy tuzi preparatini yuqori dozalarda yuborishda, ayniqsa, tutqanoq rivojlanish xavfi yuqori);
    • mononukleoz (terida toshma paydo bo‘lish xavfi yuqori);
    • o‘tkir limfoleykozli bemorlarda hamroh infeksiyalarni davolashda (terida reaksiyalar rivojlanish xavfi yuqori);
    • dermatomikozlar (parallergik reaksiyalar mumkin, chunki penitsillinlar va dermatofitlar metabolitlari o‘rtasida umumiy antigenlik bo‘lishi mumkin.

    Penitsillinlarni qabul qilayotgan bemorlarda kamdan-kam hollarda protrombin vaqti uzayishi kuzatiladi. Antikoagulyantlar bilan birga qo‘llanganda, tegishli nazorat o‘tkazilishi kerak. Antikoagulyantning peroral dozasi kerakli terapevtik antikoagulyatsiya effektiga erishish uchun tuzatish talab etiladi.

    Benzilpenitsillinning mushak ichiga yuborilishida qandli diabetli bemorlarda so‘rilishi kamayadi.

    Venerik kasalliklarda terapiya boshlanishidan oldin tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak (masalan, bemorda sifilisga shubha bo‘lsa). Monitoring maqsadida serologik testlar kamida 4 oy davomida o‘tkazilishi kerak.

    Uzoq muddatli terapiyada rezistent organizmlarning haddan tashqari ko‘payishi ehtimoli tufayli hushyorlik talab etiladi. Ikkilamchi infeksiyalar yuzaga kelsa, tegishli choralar ko‘rilishi kerak.

    Agar og‘ir, doimiy diareya yuzaga kelsa, antibiotiklar bilan bog‘liq psödomembranoz kolit (shilliq-qonli kolit, suvli diareya, kolika, to‘g‘ri ichak og‘rig‘i, isitma, ba’zan tenesmlar) rivojlanishi ehtimolini hisobga olish kerak, bu hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda benzilpenitsillin qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak. Ichak peristaltikasini susaytiruvchi preparatlar kontrendikatsiya qilingan.

    Laym borreliozi yoki sifilisni davolashda Yaris-Gerkshaymer reaksiyasi penitsillinning patogenlarga bakteritsid ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin, bu isitma, titroq, umumiy simptomlar va o‘choqli simptomlar bilan xarakterlanadi (odatda boshlang‘ich doza yuborilgandan 2-12 soat o‘tib). Bemorlarni bu antibakterial terapiyaning odatiy va vaqtinchalik oqibati ekanligi haqida xabardor qilish kerak.

    Yaris-Gerkshaymer reaksiyasini bostirish yoki yengillashtirish uchun mos terapiya tayinlanishi kerak.

    Og‘ir pnevmoniya, empiyema, sepsis, meningit yoki peritonit kabi holatlarda, qonda penitsillin yuqori dozalarda qo‘llanilishini talab qilganda, benzilpenitsillinning suvda eriydigan ishqoriy tuzi bilan davolash o‘tkazilishi kerak.

    Agar tug‘ma sifilisli bemorlarda nevrologik shikastlanish istisno qilinmasa, orqa miya suyuqligida yuqori darajaga erishadigan penitsillin shakllari qo‘llanilishi kerak.

    Bola yoshidagi bemorlarda mushak ichiga qo‘llashda og‘ir mahalliy reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin. Imkon qadar, vena ichiga terapiya tayinlanishi kerak.

    Bola yoshidagi bemorlarda mushak ichiga yuborishda og‘ir mahalliy reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin. Bolalarda vena ichiga terapiya o‘tkazilishi kerak.

    Juda yuqori dozalarda (kuniga 10000000 dan ortiq) vena ichiga yuborishda, superinfeksiya va tromboflebitning oldini olish uchun yuborish joyini har kuni almashtirish kerak.

    Elektrolit muvozanati buzilishi ehtimoli tufayli, Benzilpenitsillin natriy tuzi preparatini 10000000 ED dan ortiq infuziyalarda sekin yuborish kerak, chunki yuborishda tutqanoq reaksiyalari yuzaga kelishi mumkin.

    Uzoq muddatli (5 kundan ortiq) yuqori dozalarda benzilpenitsillin bilan davolashda elektrolit muvozanatini, qon va buyrak funksiyasi testlarini monitoring qilish tavsiya etiladi.

    Diagnostik laboratoriya protseduralariga ta’siri:

    Kuniga 10000000 ED yoki undan ko‘p benzilpenitsillin qabul qilayotgan bemorlarda ko‘pincha (≥ 1% dan <10% gacha) to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kumbs testi ijobiy bo‘ladi. Penitsillin qabul qilish to‘xtatilgandan so‘ng, antiglobulin bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri test 6-8 hafta davomida ijobiy bo‘lib qolishi mumkin.

    Sulfosalisil kislotasi, trixloruksus kislotasi yordamida cho‘ktirish usullari, Folin-Chokalteu-Louri usuli yoki Biuret usuli yordamida siydikda oqsil aniqlash soxta ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, benzilpenitsillin qabul qilayotgan bemorlarda bunday test natijalarini talqin qilishda ehtiyotkorlik zarur. Test-poloskalar yordamida oqsil aniqlashga ta’sir qilmaydi.

    Xuddi shuningdek, ninhidrin usuli yordamida siydikda aminokislotalarni aniqlash soxta ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.

    Penitsillinlar albumin bilan bog‘lanadi. Shuning uchun, albuminni aniqlash uchun elektroforez usullarida psevdobisalbuminemiya modellashtirilishi mumkin.

    Benzilpenitsillin bilan terapiya vaqtida siydikda glyukozani nofermentativ aniqlash va urobilinogenni aniqlash soxta ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin. Benzilpenitsillin bilan davolanayotgan bemorlarda siydikda glyukozani fermentativ tahlillar yordamida aniqlash kerak, chunki bu o‘zaro ta’sir ularga ta’sir qilmaydi.

    Siydikda 17-ketosteroidlarni aniqlashda (Zimmerman reaksiyasi yordamida) benzilpenitsillin bilan terapiya vaqtida yuqori qiymatlar kuzatilishi mumkin. 

  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Sintomlar: benzilpenitsillin juda katta dozalarda qo'llanilganda, ayniqsa endolyumbal yuborilganda, neyrotoksik hodisalar (ko'ngil aynishi, qusish, reflektor qo'zg'aluvchanlikning oshishi, tutqanoq, koma) kuzatilishi mumkin. Endolyumbal in'ektsiyalar juda ehtiyotkorlik bilan o'tkazilishi kerak.

    Davolash: oshqozonni yuvish, tuzli ich ketkazuvchilar, suv-elektrolit muvozanatini saqlash uchun preparatlar va simptomatik davolash.

    Qonda benzilpenitsillin natriyning ortiqcha miqdori gemodializ yo'li bilan chiqarilishi mumkin. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Diyora
    ico ico ico ico ico
    Быстро помог при боли в горле, рекомендую этот магазин.
    05 August 2024
    0
    0
  • Anvar
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка, спасибо Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico