Nojo´ya ta´sirlar
Azitromitsin kamdan-kam hollarda nojo‘ya reaksiyalar keltirib chiqaradi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas — Kvinke shishi, gipersensitivlik; noma’lum — anafilaktik reaksiyalar.
Psixika tomonidan buzilishlar: tez-tez emas — nevroz; kamdan-kam — bezovtalik; noma’lum — tajovuzkorlik, xavotir.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez — bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziya, ta’m buzilishi; tez-tez emas — gipesteziya, uyquchanlik, uyqusizlik; noma’lum — hushdan ketish, tutqanoq, psixomotor giperkativlik, ta’m va hid sezishning yo‘qolishi, uyqu buzilishi, miasteniya gravis.
Ko‘rish organi tomonidan buzilishlar: tez-tez — ko‘rish buzilishi.
Eshitish organi va labirint buzilishlari: tez-tez — karsoqlik; tez-tez emas — eshitish buzilishi, quloqda shovqin; kamdan-kam — bosh aylanishi.
Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez emas — yurak urishining tezlashuvi, aritmiya, shu jumladan ventrikulyar taxikardiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez — diareya, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, meteorizm; tez-tez — qusish, dispepsiya; tez-tez emas — gastrit, qabziyat; noma’lum — pankreatit, til rangining o‘zgarishi.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas — gepatit; kamdan-kam — jigar faoliyati buzilishi; noma’lum — jigar yetishmovchiligi, jigar nekrozi, xolestatik sariqlik.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez — toshma, qichishish; tez-tez emas — Stivens-Djonson sindromi, fotosensitivlik, toshma (urtikariya); noma’lum — toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema,
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar: tez-tez — artralgiya. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: noma’lum — o‘tkir buyrak yallig‘lanishi, interstitsial nefrid.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez — charchoq; tez-tez emas — ko‘krakda og‘riq, shish, holsizlik, asteniya.