Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Azitromitsin 250 mg № 6
Azitromitsin 250 mg № 6
Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari azitromitsin 250 mg № 6
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    250 mg
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    6 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Faol modda: azitromitsin digidrat - 265,3 mg, faol modda (azitromitsin) hisobida - 250,0 mg. Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza - 104,7 mg, makkajo'xori kraxmali - 28,0 mg, past molekulyar povidon - 6,0 mg, magniy stearat - 6,0 mg.
  • Qo'llanilishi
    Azitromitsinga sezgir mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: yuqori nafas yo‘llari va LOR-organlar infeksiyalari: faringit, tonzillit, sinusit, o‘rta otit; quyi nafas yo‘llari infeksiyalari: o‘tkir bronxit, surunkali bronxitning zo‘rayishi, pnevmoniya, shu jumladan atipik qo‘zg‘atuvchilar sababli; teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari: o‘rtacha og‘irlikdagi oddiy akne, ro‘ja, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar; Laym kasalligining boshlang‘ich bosqichi (borrelioz) - migratsiyalanuvchi eritema (erythema migrans); siydik-jinsiy yo‘llar infeksiyalari (uretrit va/yoki servitsit), Chlamydia trachomatis sababli.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Azitromitsin, eritromitsin, makrolidlar yoki ketolidlar guruhi antibiotiklariga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; jigar faoliyatining og‘ir darajada buzilishi; 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va tana vazni 45 kg dan kam (ushbu dori shakli uchun); ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qabul qilish. Ehtiyotkorlik bilan: Miyasteniya; jigar faoliyatining yengil va o‘rta darajada buzilishi; terminal buyrak yetishmovchiligi, GFR (glomerulyar filtrlash tezligi) 10 ml/min dan kam; proaritmogen omillarga ega (ayniqsa, keksalarda) bemorlarda: tug‘ma yoki orttirilgan QT intervalining uzayishi, IA sinf (xinidin, prokainamid), III sinf (dofetilid, amiodaron va sotalol) antiaritmik preparatlar, tsizaprid, terfenadin, antipsixotik preparatlar (pimozid), antidepressantlar (tsitalopram), ftorxinolonlar (moksifloksatsin va levofloksatsin), suv-elektrolit muvozanati buzilishi, ayniqsa gipokaliemiya yoki gipomagniemiya holatida, klinik ahamiyatli bradikardiya, yurak aritmiyasi yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi; digoksin, varfarin, siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llash.
  • Qo'llash usuli
    Og‘iz orqali, chaynalmay, kamida ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat o‘tib, kuniga 1 marta. Kattalar va tana vazni 45 kg dan ortiq bo‘lgan 12 yoshdan katta bolalar Yuqori va quyi nafas yo‘llari, LOR-organlar, teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida: 500 mg (1 kapsula) kuniga 1 marta 3 kun davomida (kurs doza - 1,5 g). O‘rtacha og‘irlikdagi oddiy akneda: 500 mg (1 kapsula) kuniga 1 marta 3 kun davomida. So‘ngra 500 mg (1 kapsula) haftasiga 1 marta 9 hafta davomida. Kurs doza 6 g. Birinchi haftalik kapsulani birinchi kunlik dozani qabul qilganidan 7 kun o‘tib (davolash boshlanganidan 8-kun), keyingi 8 haftalik kapsulani 7 kunlik interval bilan qabul qilish kerak. Laym kasalligida (borreliozning boshlang‘ich bosqichi) - migratsiyalanuvchi eritemada: birinchi kuni bir vaqtda 1 g (2 kapsula 500 mg dan), so‘ng 2-kundan 5-kungacha 500 mg (1 kapsula) har kuni. Kurs doza 3 g. Chlamydia trachomatis sababli siydik-jinsiy yo‘llar infeksiyalarida (uretrit, servitsit): asoratsiz uretrit/servitsit - 1 g (2 kapsula 500 mg dan) bir marta. Buyrak funksiyasi buzilganda: GFR 10-80 ml/min bo‘lgan bemorlarda doza tuzatish talab qilinmaydi. Jigar funksiyasi buzilganda: yengil va o‘rtacha darajadagi jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda doza tuzatish talab qilinmaydi. Qariyalar: doza tuzatish talab qilinmaydi. Qariyalarda proaritmogen holatlar bo‘lishi mumkinligi sababli, azitromitsin qo‘llanganda yurak aritmiyalari, shu jumladan "piruet" tipidagi aritmiya rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgani uchun ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Nojo'ya ta'sirlar chastotasi JSST tavsiyalariga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez - kamida 10%; tez-tez - kamida 1%, lekin 10% dan kam; kamdan-kam - kamida 0,1%, lekin 1% dan kam; kam - kamida 0,01%, lekin 0,1% dan kam, juda kam - 0,01% dan kam, noma'lum chastota - mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi. Infeksion kasalliklar: kamdan-kam - kandidoz, shu jumladan og'iz bo'shlig'i shilliq qavati, vaginal infeksiya, pnevmoniya, zamburug'li infeksiya, bakterial infeksiya, faringit, gastroenterit, nafas yo'llari kasalliklari, rinit; noma'lum chastota - soxta membranoz kolit. Qon va limfa tizimi tomonidan: kamdan-kam - neyropeniya, eozinofiliya, leykopeiya; juda kam - trombotsitopeniya, gemolitik anemiya. Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: kamdan-kam - anoreksiya. Allergik reaksiyalar: kamdan-kam - angionevrotik shish, gipersensitivlik reaksiyasi; noma'lum chastota - anafilaktik reaksiya. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i; kamdan-kam - bosh aylanishi, ta'm sezish buzilishi, paresteziya, uyquchanlik, asabiylik, uyqusizlik; kam - ajitatsiya; noma'lum chastota - gipesteziya, xavotir, tajovuzkorlik, hushdan ketish, tutqanoq, psixomotor giperkativlik, hid sezishning yo'qolishi, buzilgan hid sezish, ta'm sezishning yo'qolishi, bred, gallyutsinatsiyalar, miasteniya. Ko'rish organi tomonidan: kamdan-kam - ko'rish buzilishi. Eshitish organi va labirint buzilishlari tomonidan: kamdan-kam - eshitish buzilishi, vertigo; noma'lum chastota - eshitish buzilishi, shu jumladan kar va/yoki quloqda shovqin. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam - yurak urishini sezish, yuzga "qon yugurishi"; noma'lum chastota - arterial bosimning pasayishi, elektrokardiogrammada QT intervalining uzayishi, "piruet" tipidagi aritmiya, qorinchalar taxikardiyasi. Nafas tizimi tomonidan: kamdan-kam - nafas qisishi, burundan qon ketishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda tez-tez - diareya; tez-tez - ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'i; kamdan-kam - meteorizm, dispepsiya, qabziyat, gastrit, disfagiya, qorin shishishi, og'iz bo'shlig'i shilliq qavati qurishi, qaltirash, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida yaralar, so'lak bezlari sekretsiyasining oshishi; juda kam - til rangining o'zgarishi, pankreatit. Jigar va o't yo'llari tomonidan: kamdan-kam - gepatit; kam - jigar funksiyasi buzilishi, xolestatik sariqlik; noma'lum chastota - jigar yetishmovchiligi (kam hollarda - o'lim bilan, asosan og'ir jigar funksiyasi buzilishi fonida), jigar nekrozi, fulminant gepatit. Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: kamdan-kam - qichishish, teri toshmasi, eshakemi, dermatit, terlash, teri qurishi; kam - fotosensibilizatsiya reaksiyasi; noma'lum chastota - multiform eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eozinofiliya va tizimli namoyonlar bilan dori toshmasi (DRESS-sindrom). Mushak-skelet tizimi tomonidan: kamdan-kam - osteoartrit, mialgiya, bo'yin og'rig'i, bel og'rig'i; noma'lum chastota - artralgiya. Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan: kamdan-kam - dizuriya, buyrak sohasida og'riq; noma'lum chastota - interstitsial nefrid, o'tkir buyrak yetishmovchiligi. Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan: kamdan-kam - metroragiya, moyaklar funksiyasi buzilishi. Boshqa: kamdan-kam - asteniya, shishlar, charchoq hissi, holsizlik, yuz shishi, periferik shishlar, isitma, ko'krak og'rig'i. Laborator ma'lumotlar: tez-tez - limfotsitlar sonining kamayishi, eozinofillar sonining oshishi, bazofillar sonining oshishi, monotsitlar sonining oshishi, neyrofillar sonining oshishi, qon plazmasida bikarbonatlar konsentratsiyasining kamayishi; kamdan-kam - aspartataminotransferaza, alaninaminotransferaza faolligining oshishi, qon plazmasida bilirubin konsentratsiyasining oshishi, qon plazmasida mochevina konsentratsiyasining oshishi, qon plazmasida kreatinin konsentratsiyasining oshishi, qon plazmasida kaliy miqdorining o'zgarishi, qon plazmasida ishqoriy fosfataza faolligining oshishi, qon plazmasida xloridlar miqdorining oshishi, qonda glyukoza konsentratsiyasining oshishi, trombotsitlar sonining oshishi, gematokritning kamayishi, qon plazmasida bikarbonatlar konsentratsiyasining oshishi, qon plazmasida natriy miqdorining o'zgarishi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Agar antibiotik qabul qilish o'tkazib yuborilsa, o'tkazib yuborilgan doza imkon qadar tezroq qabul qilinishi kerak, keyingi dozalar esa 24 soatlik interval bilan qabul qilinadi. Preparatni, kamida, antasid preparatlarni qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 2 soat o'tgach qabul qilish kerak. Preparatni jigar faoliyati yengil va o'rtacha darajada buzilgan bemorlarda fulminant gepatit va og'ir jigar yetishmovchiligi rivojlanish ehtimoli tufayli ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Jigar faoliyati buzilishi belgilari, masalan, tez kuchayuvchi asteniya, sariqlik, siydikning qorayishi, qon ketishga moyillik, jigar ensefalopatiyasi mavjud bo'lsa, azitromitsin bilan davolashni to'xtatish va jigar funksional holatini tekshirish kerak. Buyrak faoliyati buzilishida: GFR 10-80 ml/min bo'lgan bemorlarda doza tuzatish talab qilinmaydi, Azitromitsin preparati bilan davolash buyrak faoliyati nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan o'tkazilishi kerak. Preparatni ko'rsatilganidan uzoqroq muddatlarda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki azitromitsinning farmakokinetik xususiyatlari qisqa va oddiy dozani tavsiya qilish imkonini beradi. Boshqa antibakterial preparatlar kabi, azitromitsin bilan davolashda bemorlarni muntazam ravishda dori ta'siriga chidamli mikroorganizmlar va superinfeksiya, shu jumladan zamburug'li infeksiyalar rivojlanishi belgilari bor-yo'qligiga tekshirish kerak. Azitromitsin va ergotamin hamda digidroergotamin hosilalari o'rtasida mumkin bo'lgan o'zaro ta'sir haqida ma'lumot yo'q, biroq makrolidlarni ergotamin va digidroergotamin hosilalari bilan birga qo'llashda ergotizm rivojlanishi sababli ushbu kombinatsiya kontraindikatsiyalangan. Azitromitsin uzoq muddat qabul qilinganda Clostridium difficile sababli soxta parda koliti rivojlanishi mumkin, bu yengil diareyadan og'ir kolitgacha bo'lishi mumkin. Preparatni qabul qilish fonida yoki davolash tugaganidan 2 oy o'tgach antibiotik bilan bog'liq diareya rivojlanganida klostridial soxta parda koliti istisno qilinishi kerak. Ichak peristaltikasini sekinlashtiruvchi preparatlarni qo'llash mumkin emas. Makrolidlar, shu jumladan azitromitsin bilan davolashda yurak repolyarizatsiyasi va QT intervali uzayishi, bu esa yurak aritmiyalari, shu jumladan "piruet" tipidagi aritmiya rivojlanish xavfini oshirishi kuzatilgan. Azitromitsin preparatini proaritmogen omillarga ega (ayniqsa, keksalarda) bemorlarda, shu jumladan tug'ma yoki orttirilgan QT intervali uzayishi, IA (xinidin, prokainamid), III (dofetilid, amiodaron, sotalol) sinf antiaritmik preparatlarni, tsizaprid, terfenadin, antipsixotik preparatlar (pimozid), antidepressantlar (tsitalopram), ftorxinolonlar (moksifloksatsin va levofloksatsin) qabul qilayotgan, suv-elektrolit muvozanati buzilgan, ayniqsa gipokaliemiya yoki gipomagniemiya holatida, klinik ahamiyatli bradikardiya, yurak aritmiyasi yoki og'ir yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Preparatni qo'llash miastenik sindrom rivojlanishiga yoki miasteniya kuchayishiga olib kelishi mumkin. Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Preparat bilan davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda, asab tizimi va ko'rish organi tomonidan nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi mumkinligi sababli ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Simptomlar: vaqtinchalik eshitish yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Davolash: simptomatik.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nodira
    ico ico ico ico ico
    Азитромицин помог мне быстро поправиться. Рекомендую этот препарат от Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
  • Diana
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка. Спасибо Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico