-
Tarkibi
Bitta kapsula preparat tarkibida:
faol modda: 500 mg azitromitsin;
yordamchi modda: gidroksipropilsellyuloza, magniy stearat.
-
Qo'llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:
nafas yo‘llarining yuqori va pastki bo‘limlari va LOR-organlar infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, o‘rta otit, bronxit, bakterial va atipik pnevmoniyalar);
skarletina;
teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari (roja, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar);
urogenital trakt infeksiyalari (murakkablanmagan uretrit va/yoki servitsit);
Laym kasalligi (borrelioz);
oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklari, Helicobacter pylori bilan bog‘liq.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Makrolid antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Azimakni albatta ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat o‘tgach qabul qilish kerak.
Preparat kuniga 1 marta qabul qilinadi.
Kattalarga nafas yo‘llarining yuqori va pastki bo‘limlari infeksiyalari, teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida 1-kuni 500 mg, keyin 2-5 kunlari 250 mg yoki 3 kun davomida 500 mg/kun (kurs doza 1,5 g) buyuriladi.
Urogenital traktning o‘tkir infeksiyalarida bir martalik 1 g buyuriladi.
Laym kasalligida (borrelioz) birinchi bosqichni (erythema migrans) davolash uchun 1-kuni 1 g va 2-5 kunlari har kuni 500 mg (kurs doza 3 g) buyuriladi.
Bolalarga preparat tana vazniga qarab buyuriladi.
Tana vazni 10 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga: 1-kuni 10 mg/kg tana vazniga; keyingi 4 kun davomida 5 mg/kg. 3 kunlik davolash kursi ham mumkin; bu holda bir martalik doza 10 mg/kg ni tashkil etadi. Kurs doza 30 mg/kg tana vazniga.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam hollarda OVKT buzilishlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og'rig'i, meteorizm, jigar fermentlari faolligining o'tkinchi oshishi; toshma.
Azitromitsin qo'llanilishi davomida juda kam hollarda jigar nekrozi, gepatit, jigar yetishmovchiligi, ba'zi hollarda o'lim bilan yakunlanadigan, pankreatit, pilorik stenoz, soxta membranoz kolit, til rangining o'zgarishi rivojlanishi mumkinligi taxmin qilinadi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Makrolid antibiotiklarining yangi azalidlar kichik guruhining birinchi vakili hisoblanadi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori konsentratsiyalar hosil bo‘lganda bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi.
Azimak gram-musbat (shu jumladan, beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi, stafilokokklar, streptokokklar) va gram-manfiy (enterokokklar, ichak va gemofil tayoqchalari) bakteriyalar, mikoplazmalar, legionellalar, bakteroiddar, xlamidiyalar va boshqalarga nisbatan faol.
Azitromitsin me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, bu uning kislotali muhitda barqarorligi va lipofilligi bilan bog‘liq. Og‘iz orqali 500 mg qabul qilingandan so‘ng Cmax 0,4 mg/l ni tashkil etadi, biroq to‘qimalar va hujayralarda konsentratsiya zardobdagidan 10-50 marta yuqori; shu bilan birga infeksiya o‘choqlarida sog‘lom to‘qimalarga nisbatan yuqoriroq (24-34%) va yallig‘lanish shishining darajasi bilan korrelyatsiyalanadi. Biokiraolishligi 37% ni tashkil etadi. Infeksion yallig‘lanish o‘chog‘ida bakteritsid konsentratsiyalarda so‘nggi doza qabul qilingandan keyin 5-7 kun davomida saqlanadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Azimak va antatsid preparatlarni qabul qilish orasida kamida 2 soat tanaffus tavsiya etiladi. Preparatning teofillin, peroral antikoagulyantlar, karbamazepin, fenitoin, digoksin, siklosporin va ergotamin bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.
Jigar va buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlik zarur. Homiladorlik va laktatsiya davrida Azitromitsin faqat onaga bo‘lgan potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lsa buyuriladi.
Dozalashdan oshib ketish: simptomlari kuchli ko‘ngil aynishi, vaqtincha eshitish yo‘qolishi, qusish, diareya.