Farmakologik xususiyatlari
Azitromitsin keng spektrli antibakterial ta'sirga ega, makrolid antibiotiklarining yangi kichik guruhi - azalidlar vakili.
Azitromitsin mikroblarning to'qimalardagi oqsil sintezini 50S-ribosoma subbirligi bilan bog'lanib, ingibitsiya qiladi.
Gram-musbat aerob mikroorganizmlarga faol: S, F va G guruhi streptokokklari, Streptococcus pneumoniae (penitsillinga sezgir), Streptococcus pyogenes, Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir).
Gram-manfiy aerob mikroorganizmlar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Moraxella catarrhalis, Legionella pneumophila, Neisseria gonorrhoeae, Pasteurella multocida, Gardnerella vaginalis, Campylobacter jejuni.
Anaerob bakteriyalar: Prevotella shtammlari, Clostridium perfringens, Fusobacterium turlari, Porphyriomonas turlari; shuningdek, Chlamydia trachomatis, Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Borrelia burgdorferi.
Azitromitsinga rezistentlik rivojlantirishi mumkin bo'lgan mikroorganizmlar: gram-musbat aeroblar (Streptococcus pneumoniae). Dastlab rezistent mikroorganizmlar: gram-musbat aeroblar (Enterococcus faecalis, Staphylococcus turlari (metitsillinga rezistent stafilokokklar makrolidlarga juda yuqori darajada rezistentlik namoyon qiladi)), Azitromitsin eritromitsinga chidamli gram-musbat bakteriyalarga nisbatan faol emas.