Qo'llash usuli
Preparat ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat o‘tib, kuniga 1 marta qabul qilinadi.
Kattalarga yuqori va pastki nafas yo‘llari infeksiyalari, infeksiyalarda kuniga 500 mg 3 kun davomida buyuriladi (kurs doza - 1,5 g.)
Murakkablanmagan uretrit va/yoki servitsitda bir martalik 1 g buyuriladi;
Teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida: 1-kuni 1 g/kun bir marta, keyin 2-5 kunlarda kuniga 500 mg/kun buyuriladi. Kurs doza – 3 g.
Murakkab, uzoq davom etuvchi uretrit: Chlomydia trachomotis chaqirgan servitsitda 1 g 3 marta, 7 kunlik interval bilan (preparat 1-7-14 kunlarda qabul qilinadi). Kurs doza – 3 g.
Laym kasalligi (borrelioz) boshlang‘ich bosqichini (erythema migrans) davolash uchun 1-kuni 1 g va 2-5 kunlarda har kuni 500 mg buyuriladi. Kurs doza – 3 g.
Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklari, Heticobacter Pylori bilan bog‘liq bo‘lsa, kuniga 1 g 3 kun davomida, kombinatsiyalangan antihelikobakter terapiya tarkibida buyuriladi.
3 yoshdan katta va/yoki tana vazni 25 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarda yuqori va pastki nafas yo‘llari, teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida tana vazniga 10 mg/kg hisobida kuniga 1 marta 3 kun davomida (kurs doza-30 mg/kg), yoki 1-kuni 10 mg/kg, keyin 4 kun davomida 5-10 mg/kg/kun.
Laym kasalligi (borrelioz) boshlang‘ich bosqichini (erythema migrans) davolashda preparat 1-kuni 20 mg/kg, keyin 2-5 kunlarda 10 mg/kg buyuriladi.